Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə304/427
tarix20.09.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#145448
1   ...   300   301   302   303   304   305   306   307   ...   427
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
272
Uchinchidan, uyidan chiqsa, unga Allohning rahmati tushadi. 
To‘rtinchidan, olimning oldiga o‘tirganlarga rahmat tushadi, demak, unga ham shu 
rahmatdan nasiba yetadi. 
Beshinchidan, modomiki, eshitib turar ekan, unga ham yaxshilik yoziladi. 
Oltinchidan, maloikalar olimlardan rozi bo‘lib, ularni qanotlari bilan o‘rab turadilar. 
Tabiiy, ushbu majlisda o‘tirgan ilmsiz kishi ham bundan nasiba oladi. 
Yettinchidan, har bir qo‘ygan va ko‘targan qadami gunohlari uchun kafforat bo‘ladi, 
darajasini yuksaltiradi va yaxshiliklarini ziyoda etadi. So‘ngra uni Alloh taolo boshqa olti 
narsa bilan ikrom qiladi: 
– olimlar majlisida qatnashishni yaxshi ko‘rish ne’mati bilan mukarram etadi
– olimga ergashgan har bir kishining savobidan kamaytirilmasdan unga ham beriladi; 
– agar ulardan birortasining gunohi kechirilsa, u boshqalarga shafoatchi bo‘ladi; 
– qalbi fosiqlar majlisidan soviydi
– solihlar va ta’lim oluvchilar yo‘liga kiradi; 
– Alloh taoloning amrini bajaradi. Chunki Alloh taolo: 
“Allohning kitobini odamlarga ta’lim berib va o‘zingiz o‘qib o‘rganib, yolg‘iz 
Parvardigorga ibodat qiladigan kishilar bo‘linglar”
(Oli Imron, 79-oyat), deb 
aytgan. Ya’ni, bandalarini olim va faqih bo‘lishga chaqirgan. 
Bu oyat hech narsa o‘qimagan va yodlamagan kishilar uchun, yodlab o‘rgangan zotlar 
esa, ilmlariga yana ilm qo‘shishlari lozim». 
Hakimlardan bittasi aytadi: “Alloh taoloning dunyoda ham jannati bordir. Kim shu 
jannatga kirsa, yashash tarzi go‘zal bo‘ladi. U jannat zikr majlislaridir. 
684. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar “Salohiyatli majlis mo‘minning mingta yomon 
majlisiga kafforat bo‘ladi” 
Umar ibn Xattob (r.a.) aytadilar: “Agar bir kishi uyidan chiqayotganida gunohi Tuhoma 
tog‘idek bo‘lsa, so‘ng ilm eshitib, qo‘rqib gunoh qilishdan to‘xtasa, uyiga qaytganida, 
unda gunoh qolmaydi. Ulamolarning majlisidan ajramanglar. Chunki Alloh taolo 
olimlarning majlisidan ko‘ra hurmatliroq joyni yer yuzida yaratmagandir”. 
685. Anas ibn Molik (r.a.) rivoyat qiladilar: “Bir kishi Payg‘ambarning (s.a.v.) oldlariga 
kelib: “Qiyomat qachon bo‘ladi?”deb so‘radi. Nabiy (s.a.v.) u kishiga: “Unga nima 
tayyorlading?” dedilar. “Namoz va ro‘zalarim ko‘p emas. Ammo men Allohni va 
Payg‘ambarini yaxshi ko‘raman”, dedi haligi kishi. Nabiy (s.a.v.) aytdilar: “Kishi yaxshi 
ko‘rgani bilan birga bo‘ladi, sen xam yaxshi ko‘rganing bilan bo‘lasan”. O‘shanda 
musulmonlar qattiq xursand bo‘lishdi, ularning boshqa biron narsadan bunchalik xursand 
bo‘lganlarini ko‘rmagan edim”.
Ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: “Uch narsani haqiqat bilaman: Alloh taolo bandasiga bu 
dunyoda bir narsasini bermagan bo‘lsa, qiyomat kuni boshqasi bilan nasibador etadi; 


Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   300   301   302   303   304   305   306   307   ...   427




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin