www.ziyouz.com kutubxonasi
275
qo‘shnidan panoh tilayman”.
Muoviya ibn Abu Sufyondan (r.a.) rivoyat qilinishicha, u kishi suhbatdoshlaridan: “Sizlar
uchun dunyoning yaxshiligi nimada?” deb so‘radilar. Ularning har biri fikrini aytishdi.
Shunda Muoviya dedilar: “Ofiyat kishi uchun uch narsadadir: boshpana bo‘larlik uy,
qoniqtirarlik yashash sharoiti, rozi qiladigan xotin. Bizlar ularni bilmaymiz”. O‘sha paytda
u zot xalifa edilar.
Sufyoni Savriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. U kishi deydilar: “Alloh taolo sizni ikki ne’mat
bilan rizqlantirgan – sultonning va tabibning eshigiga borishdan saqlagan bo‘lsa, Unga
hamd ayting va shukr qiling”.
Bakr ibn Abdulloh Mazaniy aytadilar: “Kim musulmon bo‘lib, badani ham sog‘lom bo‘lsa,
unda dunyo va oxirat ne’matlarining kattasi jamlanibdi. Chunki dunyo ne’matlarining
sayyidi – salomatlik, oxirat ne’matlarining sayyidi – Islom”.
691. Ibn Abbos (r.a.) Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladilar: “Ikki ne’mat bor.
Ko‘p odam ularning qadriga yetmaydi. Bu ikki ne’mat salomatlik va bo‘sh vaqtdir”.
Ba’zi tobe’inlardan (r.a.) rivoyat qilinadi: “Kimda ne’matlar ko‘rinish berib ko‘paysa,
Allohga hamd va zikrni ko‘paytirsin. Kimning g‘amlari ko‘paysa, istig‘forni ko‘paytirsin.
Kimga kambag‘allik yopishsa, “la-a havla va la-a quvvata illa-a billahil ‘aliyyil ‘aziym”ni
ko‘p aytsin”.
692. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytdilarki: “Agar taomda to‘rt narsa bo‘lsa, mukammal
bo‘ladi: haloldan bo‘lsa, yeyilayotganida Alloh nomi zikr qilinsa, shu taomdan yeydigan
qo‘llar ko‘p bo‘lsa, yeyilgandan so‘ng Allohga hamd aytilsa”.
693. Hasan Basriy Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladilar. U zot aytdilar: “Alloh
bandaga xoh kichik, xoh katta bo‘lsin, bir ne’mat bersa va banda Allohga hamd aytsa,
batahqiq, unga olganidan ham afzalroq narsa berilibdi”.
694. Rasululloh (s.a.v.) aytadilar: “Mo‘minning ishi ajoyib. Uning hamma ishi o‘ziga
foyda. Agar bir yaxshilik yetsa, unga shukr qiladi va u uchun yaxshi bo‘ladi. Agar
yomonlik yetib, sabr qilsa, bu ham yaxshilik bo‘ladi”.
Makhuldan (r.a.) Alloh taoloning: