Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu
Lays as-Samarqandiy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
276
xasratga chaqiradi”. Keyin yana aytdilar: “Agar sizlar mening hamsuhbatlarim,
sahobalarim bo‘lsangizlar, nafslaringizga dushmanlik qilish va dunyodan g‘azablanishda
qattiq turinglar. Agar sizlar bu ishlarni bajarmasanglar, mening sahobalarim va
birodarlarim emassizlar.
Ey Bani Isroil, masjidlarni uyingiz kabi saqlang. Qabrlarga
doimo borib turing. Mehmon qancha izzatlanishi lozim bo‘lsa, shuncha izzatlang.
Ko‘rmaysizlarmi osmondagi qushlarni, ular ekmaydilar ham, o‘rmaydilar ham.
Allohga
qasamki, ular osmonda yurib, rizqlarini topadilar. Ey bani Isroil, arpa nondan,
mevasabzavotlardan yeb turinglar. Bilinglarki, sizlar hech qachon o‘sha
narsalarning
shukrini ado qila olmaysizlar. Shunday ekan, bulardan-da, yuqoriroq ne’matlarning
shukrini qanday ado etasizlar!”
Sa’d ibn Jubayr aytadilar: “Birinchi bo‘lib jannatga kiradigan kishilar qiyinchilik paytida
ham, xursandchilik paytida ham Allohga hamd aytadigan kishilardir”.
Faqih aytadilar (Alloh rahmat qilsin): “Bilingki, hamd va shukr avvalgilaru oxirgilarning
ibodatidir.
U maloikalarning ibodati, payg‘ambarlarning ibodati, yer ahlining ibodati,
jannat ahlining ibodati. Payg‘ambarlarning ibodati ekani shuki, Odam (alayhissalom)
aksa urganlarida, “alhamdulillah”, dedilar. Nuhning (alahissalom) qavmi suvga g‘arq
bo‘lib, u kishi bilan bo‘lgan mo‘minlar najot topganidan
keyin Alloh taolo hamd
aytmoqni buyurgan edi:
Dostları ilə paylaş: