Shukr bobi hadislari 688-hadis. Sahih. Muslim, Termiziy, Ahmad rivoyat qilgan.
689-hadis. Isnodi zaif. Ibn Abu Dunyo rivoyat qilgan.
690-hadis. Zaif. Tabaroniy, Ibn Abu Dunyo, Bayhaqiy rivoyat qilgan.
691-hadis. Sahih. Buxoriy, Termiziy rivoyat qilgan.
692-hadis. Juda zaif, marfu’. “Tanzixush-shari’a”ga qarang.
693-hadis. Hasan. Bayhaqiy rivoyat qilgan. “Sahihul-jomi’a”ga qarang.
694-hadis. Sahih. Muslim, Ahmad rivoyat qilgan.
695-hadis. Zaif. Ibn Muborak, Termiziy, Bag‘oviy rivoyat qilgan.
OLTMISH BIRINCHI BOB KASB-HUNAR FAZILATI HAQIDA 696. Faqih Abu Lays Samarqandiy aytadilar: “Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat etilishicha,
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytdilar: “Kimki dunyoni tilanchilikdan saqlangan holda, ahli
uchun harakat qilib, qo‘shnisiga muloyimlik bilan halol talab etsa, Alloh taolo qiyomat
kuni uning yuzini badr kechasidagi (to‘lin) oydek qilib tiriltiradi. Kimki dunyoni halol
yo‘llar bilan ko‘paytirib, (lekin) faxrlanish va riyo qilish uchun talab etsa, qiyomat kuni
Alloh taoloning g‘azabiga yo‘liqadi”.
Ba’zilar aytishadi: “Dovud (alayhissalom) odamlar tanimaydigan suratda chiqib,
mamlakat ahlidan, o‘zlari haqida so‘rar edilar. Bir kuni u kishiga Jabroil (alayhissalom)
odam qiyofasida ko‘rindi. Dovud (alayhissalom) aytdilar: “Ey yigit, Dovud haqida nima
deysan?” “U yaxshi odam, lekin bir yomon xislati bor – musulmonlar xazinasidan istifoda
etadi. Bandalarining ichida Allohga sevimlirog‘i o‘z mehnati bilan topib yeydiganlardir”,
dedi Jabroil. Shundan so‘ng Dovud (alayhissalom) mehroblariga qaytib, yig‘lab-yig‘lab,
tazarru’lar qilib aytdilar: “Ey Rabbim, menga bir hunar o‘rgatgin, mo‘minlarning molidan
o‘zimni behojat etay”. Alloh taolo u kishiga temirchilikni o‘rgatdi. Temirlar u kishining
qo‘lida xuddi xamirdek yumshoq bo‘lib qolardi. Ish vaqtlaridan bo‘shaganlaridan keyin
sovut yasardilar. So‘ngra uni sotib o‘zi va ahlining ehtiyojlariga sarflar edilar.
Bu xususda Alloh taolo dedi: