Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
280
700. Jobir ibn Abdullohdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Kim bir
daraxt yoki ekin eksa, shu ekkanidan inson, hayvon yoki qush yo yirtqich yesa, mana
shu (eganlari) uning uchun sadaqadir”.
701. Anas ibn Molik (r.a.) Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladilar: “Birortangiz
qo‘lida ko‘chatni tutib turgan holida qiyomat qoyim bo‘lib qolsa,
uni ekishga imkoni
bo‘lsa, eksin”.
702. Makhul (r.a.) Payg‘ambarimizning (s.a.v.): “G‘iybatchi, maddoh, ta’na qiluvchi yoki
o‘likka o‘xshab yuruvchi kishilar bo‘lishdan saqlaninglar”, degan hadislaridagi “o‘likka
o‘xshab yuruvchilar”ni kasb bilan shug‘ullanmaydigan kishilar, deb izohlaganlar”.
703. A’mash (rahmatullohi alayh) Abu Maxoriqdan rivoyat qiladilar. U kishi xabar
beradilarki, Payg‘ambar (s.a.v.) sahobalari bilan o‘tirganlarida, yosh a’robiy yigit o‘tib
qoldi. Abu Bakr va Umar (roziyallohu anhumo) deyishdi: “Agar u yigitligiyu kuch-
quvvatini Alloh yo‘lida sarflaganida, katta ajr olgan bo‘lardi”. Shunda Payg‘ambar
(s.a.v.) aytdilar: “Agar qarib qolgan ota-onasiga
yordam berishga harakat qilsa, u Alloh
yo‘lidadir. Kichkina bolalari uchun harakat qilsa, u Alloh yo‘lidadir. Agar u o‘z nafsi
uchun, odamlardan behojat bo‘laman, deb harakat qilsa, u Alloh yo‘lidadir.
Agar odamlar
ko‘rsin va eshitsin, deb harakat qilsa, u shayton yo‘lidadir”.
704. Ibn Umar (r.a.) Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladilar. U zot (s.a.v.)
aytdilarki: “Alloh taolo har bir kasbi bo‘lgan kishini yaxshi ko‘radi, o‘zi sog‘-salomat
bo‘lib, yo oxiratning ishi bilan, yo dunyo ishi bilan shug‘ullanmaydigan kishini yomon
ko‘radi”.
705. Ja’far ibn Muhammad otalaridan rivoyat qiladilar: “Payg‘ambar (s.a.v.)
bozorga
chiqib, oila ahllari uchun kerakli narsalarni sotib oldilar. Bu qilgan ishlarining sababini
so‘rashganida: “Menga Jabroil (alayhissalom), odamlarning qo‘liga qarab qolmasligi
uchun ahli oilasi yo‘lida harakat qilgan kishining Alloh yo‘lida ekani xabarini berdi”, deb
javob qildilar”.
706. Anas ibn Molik (r.a.) aytadilar: “Bir kishi Rasulullohning (s.a.v.) oldilariga kelib,
o‘ziga kerakli narsani so‘radi. Payg‘ambar (s.a.v.) undan: “Uyingda biror bir narsang
bormi?” deb so‘radilar. “Ha, bor,
ey Allohning elchisi, bir namatimiz bor. Ammo uning
ba’zi joylari kuygan. Bizlar uning ustida o‘tiramiz, yotamiz, bir chetini ustimizga
yopamiz, bir chetini tagimizga to‘shaymiz. Yog‘och tovog‘imiz ham bor, unda ovqat
yeymiz, suv ichamiz va boshlarimizni yuvamiz”, dedi haligi kishi. Payg‘ambar (s.a.v.):
“Ikkovini ham menga olib kel”, dedilar. U kishi namat bilan tovog‘ini olib kelganidan
so‘ng, Payg‘ambar (s.a.v.) u narsalarni qo‘llariga olib: “Bu ikkalasini kim sotib oladi?”
dedilar. Bir kishi: “Men bir dirhamga sotib olaman”, dedi. Nabiy (s.a.v.): “Bunga yana
bir dirham qo‘shib sotib oladigan kishi yo‘qmi?” dedilar. Boshqa kishi: “Men
ikkovini ikki
dirhamga sotib olaman”, dedi. Rasuli Akram (s.a.v.) u odamga namat va tovoqni berib,
ikki dirhamni oldilar va molning egasiga topshiraturib: “Bir dirhamiga ovqat sotib olib,
uyingga olib bor. Bir dirhamiga esa, bolta xarid qil va mening oldimga kel”, dedilar.
Haligi kishi keyin bolta sotib olib qaytib keldi, Payg‘ambar (s.a.v.) unga: “Borib, o‘tin
terib, bozorda sot. So‘ng o‘n besh kundan keyin mening oldimga kel”, dedilar. Keyin u
kishi ketdi, o‘tin sotib, o‘n dirham ishladi. Pulining
bir qismiga taom, ozrog‘iga kiyim
sotib oldi. Payg‘ambar (s.a.v.) unga aytdilar: “Bu ishing senga qiyomat kuni yuzingda