www.ziyouz.com kutubxonasi
288
ustida qoim turadi: ishonch, adolat, sabr va jihod”.
Ulamolar bu to‘rtta narsani tafsir qilib aytishadiki: “Ishonch ikki xil: biri, amalini xolis
qilish, uni dunyo boyligi talabida va odamlarning roziligini olish uchun bajarmaslik.
Ikkinchisi, Allohning rizq haqidagi va’dasiga amin bo‘lish. Adolatning ikki xili
quyidagilar: agar zimmasida birovning haqqi bo‘lsa, o‘zinikini talab qilishdan oldin uni
ado etish va va boshqa kishidan haqqini yumshoqlik bilan so‘rash. Sabrning ikki xili:
Allohning farzlarini ado qilishda sabrli bo‘lish va Alloh man’ qilgan narsalarga sabr qilish.
Jihod ham ikki xildir: birinchisi, dushmandan g‘aflatda qolmaslik. U dushman shaytondir.
Banda undan g‘aflatda qolsa ham, u bandadan g‘ofilda qolmaydi. U bo‘riga o‘xshaydi.
Bo‘ri ham podaga tushganida, g‘aflatda qolgan qo‘yni ovlaydi. Ikkinchisi, mol-dunyodir.
Chunki odam farzandining aksar fitnasi mol-dunyo uchundir. Bas, g‘ururlantirib
qo‘ymasligi uchun molning kamiga rozi bo‘l”.
Shaqiqdan (r.a.) rivoyat qilinadi. U kishi Hotamul Asamdan (r.a.): “Siz mening oldimga
qachondan beri kelasiz?” deb so‘radilar. Hotam: “O‘ttiz yildan beri”, dedilar. “Shu o‘ttiz
yil ichida nima o‘rgandingiz?” deya savol berdilar keyin Shaqiq. “Olti kalima o‘rgandim.
Agar bularga amal qilsam, dunyo fitnasidan najot topaman, deb umid qilaman”, dedilar
Hotam. Shaqiq: “U kalimalarni menga ham ayting, shoyad, men ham amal qilib, najot
topsam”, dedilar. Hotam aytdilar: “Birinchisi, Allohning:
“Qimirlagan jonzot borki, barchasining rizqi Allohning zimmasidadir” (Hud, 6),
degan oyatiga qaradim va men ham o‘zimni Alloh taolo rizq berayotgan shu jonzotlardan
biri deb bildim, menga ajratilgan narsalar, albatta yetishiga ishondim. Shunday katta
filni rizqlantirgan Alloh taolo kichkinagina pashshani ham unutmagan, shuning uchun
ishlarimni Allohga tashlab, ibodat bilan mashg‘ul bo‘ldim. Boshqa ishlarni muhim
bilmadim”.
Shaqiq: “Siz tushingan narsa qanday yaxshi ekan. Ikkinchi kalima nima?” dedilar.
Hotam aytdilar: “Allohning: