Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə320/427
tarix20.09.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#145448
1   ...   316   317   318   319   320   321   322   323   ...   427
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn

 
OLTMISH TO‘RTINCHI BOB 
ALLOHGA TAVAKKUL
Faqih Abu Lays Samarqandiy: “Solim ibn Jo’ddan rivoyat qiladilar. Iso ibn Maryam 
aytdilar: “Ertangi kunni o‘ylab, taomni yashirmanglar. Chunki ertangi kun rizqi bilan 
keladi. Chumoliga kim rizq berayotganini qaranglar, agar chumolining qorni kichkina 
desanglar, qushlarga qaranglar, qushlarning qorinlariga e’tiroz bildirsanglar, 
hayvonlarning kattaligi va semizligiga qaranglar”. 
Abu Majlaz rivoyat qiladilar. Umar (r.a.) aytdilar: “Qaysi holatda – yaxshi ko‘rgan 
narsamdami, yomon ko‘rgan narsamdami tong ottirganimga parvo qilmayman. Chunki 


Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
287
yaxshilik yomon ko‘rgan narsamdami yoki yaxshi ko‘rgan narsamdami, qaysisida ekanini 
bilmayman”. 
729. Matlab ibn Xontabdan rivoyat qilinadi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Alloh taolo 
buyurgan narsalarning hammasini sizlarga buyurdim, birontasini tark qilmadim, Alloh 
qaytargan narsalarni ham qoldirmay aytdim. Ogoh bo‘linglar, Jabroil har bir jon o‘ziga 
yozilgan narsalarni olmasdan turib o‘lmasligini qalbimga soldi. Kimda mana shu 
(yozilgan)lardan biron narsa kechiksa, uni chiroyli talab qilsin. Chunki sizlar Alloh 
huzuridagi narsaga uning mislicha bo‘lgan toat bilan erisholmaysizlar”. 
730. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Kimni 
odamlarning kuchlisi bo‘lish xursand qilsa, Allohga tavakkal qilsin. Kimni odamlar ichida 
taqvodor bo‘lish xursand qilsa, Allohdan taqvo qilsin. Kimni odamlarning boyrog‘i bo‘lish 
xursand qilsa, Allohning huzuridagi narsaga bo‘lgan ishonchi qo‘lidagi narsaga bo‘lgan 
ishonchidan kuchliroq bo‘lsin”. 
Dovuddan (alayhissalom) zikr qilinadi. U kishi o‘g‘illari Sulaymonga (alayhissalom) 
aytdilar: “Ey o‘g‘lim, kishining taqvodorligiga uch narsa dalolat qiladi: yetishmagan 
narsasida Allohga chiroyli tavakkal qilish, yetishgan narsasiga chiroyli rozi bo‘lish va 
ketgan narsasiga chiroyli sabr qilish”. 
Abu Munti’ Balxiydan zikr qilinadi. U kishi Hotamul Asamga (Alloh ikkovlaridan ham rozi 
bo‘lsin) aytdilar: “Menga sizning sahrodan hech bir zahirasiz, Allohga tavakkal qilib 
o‘tishingiz ma’lum bo‘ldi”. “Yo‘q, zaxira bilan o‘taman, – deb javob qildilar Hotam, – 
mening to‘rtta zaxiram bor”. “Ular qanaqa narsalar?” deb so‘radilar. Aytdilarki: 
“Dunyoning hamma joyini Allohning mamlakati bilaman, maxluqotlarning barchasini 
Allohning boqimondasi bilaman, barcha sabab va rizqlarni Allohning qudratidan 
bilaman, Allohning qazosini hamma yerda amalga oshuvchi bilaman”. Abu Muti’ aytdilar: 
“Ey Hotam, sizning zaxirangiz qanday yaxshi ekan. Siz bular bilan, dunyo sahrosi nima 
bo‘libdi, oxirat sahrosidan ham o‘tib ketasiz”. 
Zikr qilishlaricha, bir kishi Shaqiqning oldlariga kelib: “Menga nasihat qiling”, dedi. 
Shaqiq aytdilar: “Uch narsani saqla: Allohga ibodat qil, U seni sobitqadam qiladi. 
Allohning dushmani bilan urush, Alloh senga yordam beradi. Allohning va’dasini tasdiq 
qil, U va’dani senda ro‘yobga chiqaradi”. 
731. Ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: “Agar ilm ahllari ilmlarni saqlab, uni ahliga 
sarflaganlarida, zamondoshlarining hammasi baxtli bo‘lardi. Lekin ular ilmni dunyo 
ahllariga ularning dunyosiga ega bo‘lish uchun sarfladilar va uning (ilmning) ahliga 
beparvo bo‘ldilar. Payg‘ambarimizning (s.a.v.): “Kimning g‘ami bitta (ya’ni, oxirat g‘ami) 
bo‘lsa, Alloh taolo uning dunyoviy ishlariga kifoya bo‘ladi. Kim dunyo ishlarini muhim 
bilib, shug‘ullanib qolsa, jahannamni qaysi vodiysida halok bo‘lishiga, qaysi vodiysida 
azoblanishiga Alloh taolo parvo qilmaydi”, deganlarini eshitganman”. 
Aytishlaricha, Tavrotda bir narsa yozilgan: “Qo‘lingni harakatlantir, rizqing keng bo‘ladi, 
senga buyurgan narsalarimga itoat qil va seni isloh qiluvchi narsa haqida menga 
o‘rgatma”.
Ali ibn Abu Tolibdan (r.a.) rivoyat qilinadi. U kishi aytdilar: “Islom to‘rtta narsaning 


Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   316   317   318   319   320   321   322   323   ...   427




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin