Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə318/427
tarix20.09.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#145448
1   ...   314   315   316   317   318   319   320   321   ...   427
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
285
Abdulloh ibn Umar (ikkovlaridan ham Alloh rozi bo‘lsin) biron ovqat tayyorlatsalar, 
ko‘chadan hay’atli kishi o‘tsa, chaqirmasdilar, miskin o‘tsa, chaqirar edilar va: “Ovqatga 
ishtahasi yo‘q kishini chaqirib, ovqatga muhtoj bandani tark qilasizlarmi?” derdilar. 
719. Payg‘ambarimizdan (s.a.v.): “Odamlarni ko‘proq jannatga kiritadigan narsa nima?” 
deb so‘rashdi. U zot: “Allohdan qo‘rqish va yaxshi xulq”, dedilar. So‘ng do‘zaxga 
odamlarni ko‘proq kirgizadigan narsa haqida savol berishdi. “Ikki bo‘sh (qo‘yilgan) narsa 
– og‘iz va farj hamda yomon xulq”, deb javob qildilar. 
Oyisha onamiz (r.a.) aytadilar: “Yaxshi xulq, yaxshi qo‘shnichilik va qarindoshlar bilan 
bog‘lanib turish yurtlarni obod etadi, umrlarni ziyoda qiladi, garchi qavm fojir bo‘lsa ham 
720. Ibn Umar (r.a.) aytadilar: “Men Nabiy (s.a.v.) masjidlarida Abu Bakr, Umar, 
Usmon, Ali, Abdurahmon, Ibn Mas’ud, Maoz, Huzayfa, Abu Said Xudriylar (Alloh 
hammalaridan rozi bo‘lsin) bilan birga o‘tirgan edim. Madinalik bir yigit kelib, 
Payg‘ambarga (s.a.v.) salom berdi. So‘ng o‘tirib: “Mo‘minlarning qaysisi afzal?” deb 
savol qildi. Nabiy (s.a.v.): “Xulqi yaxshirog‘i”, dedilar. Keyin: “Mo‘minlarning qaysisi 
ziyrakroq?” deb so‘radi. “O‘limni ko‘p eslaguvchilar va o‘lim kelmasidan oldin unga 
hozirlik ko‘ruvchilar, ana o‘shalar ziyrakdirlar”, deb javob qildilar Rasuli Akram (s.a.v.). 
Yigit boshqa hech narsa so‘ramadi. So‘ngra Payg‘ambar (s.a.v.) bizlarga yuzlanib 
aytdilar: “Ey muhojirlar va ansorlar jamoasi, beshta xislat borki, men ularni sodir 
etishlaringizdan Allohdan panoh tilayman: qaysi qavmda fohisha ish oshkoralik 
darajasigacha borsa, oralarida bo‘lmagan vabo kasalligi va ochlik yoyiladi, tarozi va 
o‘lchovdan urib qolsalar, qahatchilik bilan jazolanadilar va ularga zolim podsho sultonlik 
qiladi, mollarining zakotini bermasalar, osmonning yomg‘iridan mahrum qilinadilar, agar 
hayvonlar bo‘lmasa edi, ularga yomg‘ir yog‘masdi, Alloh va Uning rasuliga bergan 
ahdlarini buzsalar, Alloh taolo dushmanlarini ulardan ustun qilib qo‘yadi, agar imomlari 
Allohning kitobi bilan hukm qilishni tark etsalar, oralarida ixtilof paydo qiladi”. 
721. Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladilar. U zot aytadilarki: 
“Sizlar odamlarni mol -dunyoingiz bilan yig‘a olmaysizlar. Balki yaxshi xulq va ochiq yuz 
bilan (atrofingizga) to‘play olasizlar”. 
722. Abdurahmon ibn Jubayr otasidan, otasi Navos ibn Sam’on Ansoriydan (r.a.) rivoyat 
qiladi. U kishi aytadilar: “Payg‘ambardan (s.a.v.) yaxshilik va yomonlik to‘g‘risida 
so‘radim. “Yaxshilik – go‘zal xulqdir. Gunoh –ko‘nglingda paydo bo‘lib, uni odamlarga 
oshkor qilishni yomon ko‘rgan narsangdir”, deb javob qildilar”. 
723. Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambarimizning (s.a.v.) shunday deganlarini rivoyat 
qiladilar: “Kishining saxovati – uning dini, muruvvati – aqli, nasl-nasabi – xulqidir 
724. Abu Sa’laba Xoshaniy Nabiydan (s.a.v.) rivoyat qiladilar: “Menga sizlarning 
sevimlirog‘ingiz va oxiratda menga eng yaqin turadiganingiz xulqi go‘zal 
bo‘lganlaringizdir. Menga yoqimsizingiz va oxiratda mendan uzoq turadiganingiz xulqi 
yomonlaringizdir”. 
Ibn Abbos (r.a.) aytadilar: “Yaxshi xulq quyosh qorni eritganidek, xatolarni eritadi, 
yomon xulq ham asalni sirka buzganidek, amalni buzadi. 


Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   314   315   316   317   318   319   320   321   ...   427




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin