Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc


“Ey odam farzandlari! “Shaytonga ibodat qilmangiz, chunki u sizlarga ochiq



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/427
tarix20.09.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#145448
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   427
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn

“Ey odam farzandlari! “Shaytonga ibodat qilmangiz, chunki u sizlarga ochiq 
dushmandir, Mengagina ibodat qilingizlar! Mana shu to‘g‘ri yo‘ldir!” deb 
buyurmaganmidim? Aniqki (shayton) sizlarning ichingizdan ko‘p avlodni 
yo‘ldan ozdirdi. Axir aql yurituvchi bo‘lmadingizlarmi? Sizlarga va’da qilingan 
jahannam mana shudir! Sizlar (hayoti dunyoda) kofir bo‘lib o‘tganlaringiz 
sababli bu Kunda jahannamga kiringizlar”
(Yosin, 60-64). 
Shunda hamma ummatlar tiz cho‘kadilar, Alloh taoloning qavlida aytiladiki: 
“U Kunda barcha ummatni (dahshat va iztirob ila) tiz cho‘kkan holda ko‘rursiz. 
Har bir ummat o‘z nomai a’moliga chaqirilur. (So‘ng ularga deyilur): “Bugun 
qilib o‘tgan amallaringiz bilan jazolanursizlar”
(Josiya, 28). 
Shundan so‘ng Alloh taolo maxluqlari orasida hukm chiqaradi, vahshiy va vahshiy 
bo‘lmagan hayvonlari orasida hukm chiqaradi: shoxli qo‘ydan shoxsiz qo‘yning haqini 
olib beradi, so‘ngra hayvonlarga, tuproqqa aylaning, deyiladi, ular tuproq bo‘lib 
ketadilar. Shu payt kofir: 
“Koshki edi tuproqqa aylanib ketsam”
(Naba’, 40), deb qolur. Keyin Alloh taolo 
bandalari orasida hukm chiqaradi. 
48. Nofe’ ibn Umardan rivoyat qiladi: “Payg‘ambarimiz aytdilar: “Qiyomat kuni insonlar 
onalaridan tug‘ilgandek yalang‘och va yalangoyoq tiriladilar” Oyisha roziyallohu anho 
aytdiki: “Erkak va ayollar hammi?” “Ha”, dedilar. Shunda Oyisha: “Voy o‘lmasam, 
hamma bir-biriga qaraydimi”, dedi. Shunda Payg‘ambarimiz (s.a.v.) yelkasiga urib: “Ey 
ibn Abu Kuhofaning qizi, u kunda insonlar o‘zlari bilan ovora bo‘lib, qarolmay qoladilar. 
Osmonga tikilib, qirq yil yemay-ichmay turadilar, ter kimningdir to‘pig‘igacha, kimningdir 
boldirigacha, kimningdir qornigacha yetadi, kimningdir turaverganidan ter jilovlab-
yuganlab oladi. Keyin farishtalar Arshning atrofini o‘rab turadilar. Alloh taolo nido 
qilguvchiga buyuradi va u: “Falonchi qani?” deb nido qiladi. Insonlar o‘sha ovozga 
boshlarini ko‘taradilar. Chaqirilgan kishi odamlar orasidan chiqib, Allohning oldida turgan 
bo‘ladi, keyin zulm bilan mollari olingan kishilar birma-bir chaqirilib, zulm qilgan 
kishining savoblaridan ularga olib beriladi, u kunda pul ham, dinor ham yo‘q. Faqat 
savobidan olinadi, gunohi zolim kishiga o‘tkaziladi, mazlumlar uning savobidan 
olaveradilar, savobi qolmagach, gunohlarini unga o‘tkazadilar, unga, endi onangni oldiga 
bor, deyiladi (bu yerdagi “onadan” murod do‘zaxdir). Bu Kunda hech kimga zulm 
qilinmaydi. Alloh taolo tezda hisob qilib, jazo va mukofotni tezda berguvchidir, deyiladi, 
o‘sha Kunda Allohga yaqin farishta ham, o‘zi yuborgan payg‘ambar ham, shahidlar ham 
bu hisobning qattiqligini ko‘rib, bu Kunda Allohnning o‘zi saqlamagan odam qutulib najot 
topa olmasligini bilib qoladi”. 
49. Maoz ibn Jabal roziyallohu anhu Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladi: “Qiyomat 
kunida banda to‘rt narsa haqida so‘ralmagunicha o‘rnidan qo‘zg‘almaydi. Umrini nima 
bilan o‘tkazgani haqida, jasadini (kuchini) nimaga ishlatgani haqida, ilmiga qanday amal 
qilgani haqida va nihoyat molni qaerdan topib, qaerga sarflagani haqida”. 


Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   427




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin