ZAKOTNING FARZ BO‘LISHI Yana shu yili boy kishilarga nisobi yetgan mollaridan zakot berish farz bo‘ldi. Zakot farz
bo‘lishi haqida shu oyat tushgan edi:
«Aqimus solata va atuz zakata», ya’ni «Namoz o‘qinglar va zakot beringlar», demakdur.
Agar bir kishining o‘z hojatidan ortiqcha kumush aqchasi ikki yuz tangacha, oltin bo‘lsa,
yigirma tilloga yetsa, yoki tijorat savdo qilish uchun saqlagan molining bahosi
o‘shanchalik bo‘lsa, buning ustiga yil aylanib o‘tgan bo‘lsa, mana shul molning qirqdan
birini zakot niyati bilan faqir, miskin, yetim-esirlarga bermak farzdur. Zakot — besh
binoi Islomning birisidur.
Shunga o‘xshash, agar bir kishining qo‘yi qirqqa yetsa, sigiri o‘ttizga, tuyasi beshga
yetganida, bularning ustiga yil aylanib o‘tganda, shulardan shariat buyurganicha zakot
chiqarmoq va chiqqan dehqonchilik unumlarining o‘ndan birini Xudo yo‘liga topshirmoq
barcha musulmonlarga farzdur. Bularni yig‘ib olish, shariat ko‘rsatgan o‘ringa topshirish
ishlari podshoh yoki hukumatning haqqidur. Agar bu ushur zakotlarni olish-berishda
Qur’on ko‘rsatganicha ish qilsalar, musulmon faqirlarining hojatsiz bo‘lishlarida hech
shak yo‘qdur. Kasbdan ojiz qolib, hojatga tushgan kishilarning turmushlarini to‘liq ta’min