Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə109/473
tarix02.01.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#44324
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   473
MDh1lrJ9on4m7H1hd68aQWzfLbKYSrvbtDN2Qbk8

RO‘ZANING FARZ BO‘LISHI 
Shu yilning Sha’bon oyida Alloh taolo tomonidan vahiy kelib, musulmonlarga har yili bir 
oy Ramazon oyida ro‘za tutmoq farz bo‘ldi. Bundan ilgari Payg‘ambarimiz va sahobalar 
har oyda uch kun — o‘n uchinchi, o‘n to‘rtinchi va o‘n beshinchi kunlari ixtiyoriy ro‘za 
tutar edilar. Kitoblarda bu kunlarni «ayyomi bayzo», ya’ni «oydin kunlar» deb atardilar. 
Har yilda bir oy Ramazon oyida — ro‘za tutmoq besh binoi Islomning birisidur. 


Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
89
Inson asli yaratilishida ikki taraflik sifat bilan yaratilmishdur. Ya’ni, jismoniy hayvoniy va 
ruhoniy malakoniy sifatlarga egadur. Har ikki tomonning tarbiyati o‘ziga xos, g‘izosi 
bilan (ozuqa) bo‘lur. Ya’ni, yemak-ichmak insonning jismoniy tarbiyati bo‘lganidek, 
namoz, ro‘za, toat-ibodat uning ruhoniy tarbiyatidur. Inson bolasi jismoniy sifatlari 
tomonidan qaralsa, hayvon bolasidan hech qandoq farqi yo‘qdur. Agar inson hayvoniy 
sifati bilan qo‘yilsa, ul holda o‘zidan boshqa hech narsani tanimaydur. Boshqa birovlar 
uchun qayg‘urish uning esiga ham kelmaydur. Ochlik, chanqoqlik eng og‘ir ishdur. 
Buning qiyinligini har kim aqli bilan bilsa ham bo‘lur. Lekin ochlikni tatigan kishi, uni 
tatimaganlardan yaxshiroq bilur. Shuning uchun Alloh taolo har yili bir oy, boy-chog‘oy, 
shoxu gado demay, bir oy ro‘za tutmoqni barchaga bir tekis farz qildi. Hammaga 
ochlikning achchig‘ini totqizdi. Ochlik qandoqligini, totiganlarga ochlik bilan ezilgan 
ojizlarni eskartdi. Endi ro‘zaning ruhoniy tomoniga qarasak, agar sharoiti rioya qilingan 
taqdirda, uning qalbiga, ruhiga, boshqa ibodatlarga qaraganda tezroq ta’sir qilishida 
hech shak yo‘qdur. Ibodat, riyozat ta’sir qildi, demak, qalb, ruh quvvat topib, yomon 
xulqlardin pok bo‘ldi, demakdur. 
Insonda doimo qarama-qarshi ikki tortishuv bordur. Birinchisi, rahmoniy aql, ikkinchisi, 
shaytoniy nafsdur. Buni Payg‘amlarimiz: «Limmai rahmoniy, limmai shaytoniy», dedilar. 
Bu ikki kuch odam bolasini doimiy suratda talashurlar. Haqiqatda esa bularning biri 
jannat, ikkinchisi do‘zaxdur. Bu ikkovidan qaysi biriga qo‘shilsa, bandada ixtiyor bordur. 
Lekin shuni bilmoq kerakkim, namoz, ro‘za, toat-ibodat bilan rahmoniy aql quvvat 
topadi. Agar bulardan ajrab, fisq-fasod, nafsi havo yo‘liga kirsa, shaytoniy nafsi rivojga 
kiradi. Mana bu ikki quvvatning qaysi tomoni rivojlik, kuchlik bo‘lsa, inson shu tomonga 
moyil bo‘lur. Shuning uchun, ro‘za oyining tuganchisida fitr-sadaqa berishni shariat vojib 
qildi. Ro‘za sharofatidan ko‘ngillari yumshagan mo‘minlar buni og‘ir olmay, ixlos bilan 
ado qilishlarini bildi. 
Rasululloh Madinaga kelgach, ikki yildan keyin Ramazon oyining ro‘zasi, musulmonlarga 
shu oyat bilan farz bo‘ldi: 
«Ya ayyuhallazina amanuv kutiba alaykumus siyamu kama kutiba alallazina min 
qablikum». 
Ma’nosi: «Ey mo‘minlar, bir oy Ramazon ro‘zasi sizlarga farz bo‘ldi, sizlardan ilgari 
o‘tgan payg‘ambarlarga ham ro‘za farz bo‘lgan edi». 

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   473




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin