Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə145/473
tarix02.01.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#44324
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   473
MDh1lrJ9on4m7H1hd68aQWzfLbKYSrvbtDN2Qbk8

www.ziyouz.com kutubxonasi 
118
ko‘rib: «Ey Sa’d, buni qaytargil», dedilar. Anda u: «YO Rasululloh, men yolg‘iz kishi 
qanday qaytarolgayman?» dedi. Rasululloh: «Qaytargil», deb uch yo‘l aytdilar. Anda 
Sa’d o‘q yonchig‘idan bir o‘q chiqarib, dushmanga otgan edi, xato qilmay, jon yeriga 
tegishi bilan uning joni chiqdi. Ikkinchi, uchinchi otgan o‘qlari ham qoraga tegib, tog‘ 
ustiga chiqqan dushmanlardin ketma-ket uch kishini o‘ldirdi. Buni ko‘rgach, qolganlari 
tog‘ ustidan pitrab qochdilar. Yo‘q ersa, alarning qasdi — shu tomondin kelib, 
Rasulullohga hujum qilmoqchi edilar. 
Shundoq bo‘lib, Uhud urushi boshlanishi bilan musulmonlar g‘alaba qozongan bo‘lsalar 
ham, buning sharoitini o‘zlari buzganlikdan, ko‘p xayol o‘tmay qattiq mag‘lubiyatga 
uchradilar. Saflari buzilib, bosh-oyoqlari qovushmay, tarqoq holda qolishib, tartiblari 
buzildi. Shuncha qalin dushman hujumiga qarshi Payg‘ambarimizning qoshlarida ushbu 
o‘n to‘rt kishidan boshqa hech kim qolmagan edi. Ul bahodirlarning yettitasi 
muhojirlardin bo‘lib, alarning otlari shulardir: 
1. Hazrati Abu Bakr Siddiq. 
2. Hazrati Umar. 
3. Abdurahmon ibn Avf. 
4. Sa’d ibn Abi Vaqqos. 
5. Talha. 
6. Zubayr. 
7. Zayd ibn Horisa. 
Qolgan yetti kishi ansor sahobalardan edilar. Bular: birinchisi, Payg‘ambarimizdan qilich 
olgan, buni egilguncha chopqayman, deb va’da bergan hazrati Abu Dujona edi, 
ikkinchisi, Hubob ibn Munzir, uchinchisi, Osim ibn Sobit, to‘rtinchisi, Horis ibn Simma, 
beshinchisi, Suhayl ibn Hanif, oltinchisi, Sa’d ibn Mu’oz, yettinchisi, Usayd ibn Xuzayr, 
raziyallohu taolo anhum ajma’iyn. 
Ko‘pchilik boshqa sahobalar bo‘lsa, Rasulullohdin ajrab, kurash maydonida tarqalib 
qoldilar. Mal’un Ibn Qam’a: «Muhammadni o‘ldirdim», deb askar ichiga yolg‘on dovruq 
solgan chog‘da Islom tug‘i Hazrati Ali qo‘lida edi. Urush to‘polonida chopishib yurib, 
Rasulullohdin adashib qoldilar. Shu orada Ibn Qam’aning yolg‘on so‘zi quloqlariga yetdi. 
«Bu ish bo‘lg‘ulik emasdur», degan bo‘lsalar ham yana insonchilik, ko‘ngillari vahim olib, 
o‘liklar yotgan gumonlik o‘rinlarni axtarib, Rasulullohni izladilar: Hech yerdin 
nishonalarini topmagach, shundoq o‘yladilarkim: «Rasululloh bu urushda hech qachon 
maydondin qochib ketmaslar, lekin bizning qilgan gunohimiz shumligidin, Alloh taolo Iso 
alayhissalomdek Rasulullohni ham ko‘kka ko‘targan bo‘lishi kerak. Endi biz Rasulullohdin 
ajrab, yer ustida tirik yurganimizdan, Xudo yo‘lida o‘lganimiz yaxshiroqdur. Rasulullohni 
ko‘rmagunimcha qilichimni qiniga solish yo‘qdur», deb qilich qinini sindirdilar. Yalang‘och 
qilich bilan o‘zlarini dushman to‘piga urdilar. Bu damlarda dushman safi buzilib, ora 
ochildi. Qarasalar, yuqorigi o‘n to‘rt kishi Rasulullohni o‘rtaga olib, dushmandin mudofaa 
qilib turibdilar. 
Ular ichida Sahl ibn Hanif, bu kishi ersa, Madina xalqidan chiqqan atoqlik merganlardin 
edi, to‘rt tomondin Rasulullohga qasd qilib kelgan dushmanlarni o‘q bilan urib, hech 
birini yaqin keltirmay turibdi. Abu Dujona bo‘lsa, qaysi yoqdin biror narsa kelsa, 
Rasulullohni qo‘riqlab, o‘zini qalqon qilur edi. Orqa yelkalariga atrofdin otilgan o‘qlarning 
bir nechalari tegib qadalgan edi. Shundoq qilib, bu bahodirlar Rasulullohni qo‘riqlashda 
jon fidolik bilan eng so‘ngi suvliklarigacha (nafaslarigacha) chidamlik ko‘rsatdilar. 
Ayniqsa, bular ichida Zayd ibn Horisa Rasululloh ustiga bo‘lgan hujumlarda dushmanlar 
tarafidan otilgan, urilgan, chopilgan qurollarga qarshi turganlikdan qattiq yaralangan edi. 
Rasululloh o‘zlari bo‘lsalar shul kuni (boshlaridan) eng og‘ir ishlarni o‘tkazdilar. Har 
qandoq odam ko‘tarolmaslik darajada qattiq yaralandilar. Shundoq bo‘lsa ham, bu 


Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   473




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin