Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə162/473
tarix02.01.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#44324
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   473
MDh1lrJ9on4m7H1hd68aQWzfLbKYSrvbtDN2Qbk8

www.ziyouz.com kutubxonasi 
135
munofiqlar haqida o‘ylangan choralar ham to‘xtaldi.  
Bilmak kerakkim, Rasulullohning qilgan g‘azotlari ichida eng ulug‘rog‘i ikki g‘azotdir. 
Birisi Badr, ikkinchisi Uhuddur. Bu g‘azotlarda hazrati Jabroil, Mikoil boshliq ko‘p 
farishtalar hozir bo‘lganliklari oyatu hadislar bilan sobit bo‘lmishdur. Qur’oni karimda Oli 
Imron surasida oltmish oyat bilan Uhud g‘azoti bayon qilindi. Bu oyatlarda 
musulmonlarga bo‘lgan musibatlarning sabablari ochiq ko‘rsatildi. Urushda birinchi 
darajali eng zarur ish bo‘lsa, askar boshlig‘ining buyrug‘ini butun bajarish edi. Ayniqsa, 
payg‘ambar atalgan kishi bosh bo‘lgan taqdirda aning amri farmonini chin tutmoq Alloh 
tomonidan buyrulmish farz edi. 
Mana bu Uhud urushida eng dastlab shu buyruq buzildi. Askarnng orqasini saqlaguvchi 
ellik nafar merganlar o‘ljaga qiziqib, o‘z o‘rinlarini bo‘sh qoldirib ketdilar. Ikkinchi
askarga birlik, ittifoqlik bo‘lishi bilan birga, jiddiyat, chinlik, o‘limdan qo‘rqmaslik kerak 
edi. Mana bu shartni ham buzdilar. Uchinchisi shulki, mo‘minlarning barcha ishlari
ayniqsa, jihodga o‘xshash, Islomning eng ulug‘ ibodati xolis Xudo uchun bo‘lishi kerak 
edi. Bu ishda hech qandoq dunyolik g‘arazlarning bo‘lmasligi lozim edi. Ish shundoq 
bo‘laturib, urush safida turgan askarlardan bir munchalari raislarining amriga qaramay, 
o‘lja, mol yig‘ishga kirishdilar. Qilgan jihodlari yolg‘iz Xudo uchun bo‘lmay qoldi. Mana 
shu yuqorida aytilmish ishlari, ularning o‘z ixtiyorlari bilan qilmishlari Uhud musibatining 
kelib chiqishiga sababchi bo‘ldi. Bu taqdirning eshigini insonlar o‘z qo‘llari bilan ochdilar. 
Bunda yana bir hikmat bo‘yicha, gohi vaqtlarda payg‘ambarlarga ham shundoq musibat 
yetib turishi lozimdur. Lekin ularga bo‘lgan musibatning orti xayrlik bo‘lib, ish oxiri 
ularning foydasiga kelib chiqqay. Ishning bundoq bo‘lishida hikmat shuldurki, agar 
payg‘ambarlar har bir urushda doim g‘olibiyat uzra bo‘laversalar, ul chog‘da o‘ljaga 
qiziqishib yoki siyosatdin qo‘rqishib, munofiqlar ham musulmonlarga qo‘shilib olgay. 
Chin musulmonlarning yolg‘on musulmonlardin farqlari qolmagay. Bu haqda Alloh taolo 
Qur’oni karimda bu oyatni keltirdi: 
«Liyabtaliyallohu mafi sudurikum vali yumahhisa mafi qulubikum, vallohu alimun bi 
zatissudur». Ya’ni: «Alloh taolo sizlarga turli musibatlarni berib, ko‘ngillardagi yashirin 
narsalarni chiqarish uchun sizlarni sinaydi, dilinglardagi bekitilgan g‘ashlarni shu bilan 
tozalaydi. Chunki Alloh ko‘ngillarda ko‘milgan barcha sirlarni bilguvchidur», demakdur. 
Agar payg‘ambarlar o‘zlariga qarshi chiqqan dushmanlardin doim yengilaversalar, u 
chog‘da Xudo tarafidin kelgan payg‘ambarlarga bu ish loyiq bo‘lmay, maqsadlariga 
to‘sqinlik bo‘lur. Mana shuning uchun payg‘ambarlar dushmanlarini ko‘proq o‘rinlarda 
yengib tursalar ham, ba’zi bir joylarda yengilishlar ham bo‘lib turardi. Dushmanni 
yenggan chog‘larda ko‘rinmagan munofiqlar dushmandin yengilgan chog‘larda darhol 
o‘zlarini tanitadilar. Ularning yashirin yurgan sirlari u bilan yuzaga chiqadi. Boshqa 
mo‘minlar ham o‘z ichlarida fursat poylab yurgan ichki dushmanlari kimlar ekanligini 
yaxshi bilib oladilar. Shunga qarab ularning daf’iga kelajak kunlarda hozirlik ko‘radilar. 
Yana bir hikmat shul edikim, mo‘minlar uchun payg‘ambarlik maqomidan so‘ngi eng 
ulug‘ daraja shahodat topishdur. Bandalarining o‘z fe’llarini bahona qilib, mundoq ulug‘ 
darajani Alloh taolo ularga nasib qildi. Alloh taolo Uhud urushini Qur’oni karimda bayon 
qilib, yuqorida aytilmush so‘zlar mazmunida shu oyatlarni yubordi: 
«Va laqad sadaqokumullohu va’dahu iz tahussunahum biiznihi hatto iza fashiltum va 
tanaza’tum fil amri va asaytum min ba’di ma arokum matuhibbuna, minkum man 
yuridud dunya va minkum man yuridul axirata, summa sarafakum anhum 
liyabtaliyakum, valaqod afa ankum, vallohu zu fazlin alal mo‘minin». 
Ya’ni: «Alloh taolo sizlarga yordam beraman deb qilgan va’dasiga vafo qildi, dastlab 
urush boshlanishida Allohning yordami bilan, alarni o‘ldirib g‘alaba qozongan edingizlar, 
qachonkim, sizlarga o‘limdan qo‘rqinchlik paydo bo‘ldi, va o‘zaro ittifoqinglarni buzib, 


Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   473




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin