HAMROUL — ASAD G‘AZOTI Bu g‘azotning bayoni shundoq edikim, Rasululloh Uhud urushidan qaytib Madinaga
kirdilar. Ansor, muhojir raislari Uhuddin qaytgan kechada shu tuni uxlamasdin,
Rasulullohning eshik oldilarida tong otguncha qo‘riqlab chiqdilar. Chunki Quraysh
kufforlari o‘z yerlari Makka tomoniga qaytgan bo‘lsalar ham, yo‘ldin yonib yana
Madinaga hujum qilishlari ehtimol edi. Quraysh kufforlari bo‘lsa, Uhuddan qaytishib,
Malal degan joyga kelib qo‘ndilar, Qo‘shin raislari shu kecha o‘zaro so‘zlashib o‘tirib: «Bu
urushda Muhammadni yengdik, Badr urushida o‘lganlarimizning o‘chini olib, ularning
qasoslarini qaytardik. Shundoq ham bo‘lsa, bu ishni chala qoldirib, qaytganimiz yaxshi
bo‘lmadi. Muhammad boshliq qolganlarini ham qo‘ymay kirishimiz kerak edi. Nega
ularning xotun bolalarini asir olib, molu-dunyolarini o‘lja qilib qaytmadik. Bu urushda
dushmanlarimizni yenggan bo‘lsak ham, uning yarashig‘ini qila olmadik. Endi ham
bo‘lsa, bu yerdin yonib, Madina ustiga boraylik, alarni es olishga qo‘ymasdin, bu ishni
tezdan bitiraylik», deb kengashdilar.
Bularning so‘zlarini shu qo‘ngan joylarida Abdulloh ibn Umaril Muzan degan kishi anglab
o‘ltirgan edi. Xudo diliga solib, darhol Rasulullohga kelib xabar berdi. Rasululloh buni