BANIN-NAZIR G‘AZOTI Madina atrofida qishloq qilib o‘ltirishgan bir toifa yahudiylar bor edi. Ular biz Horun
alayhissalomning avlodlarimiz, deyishardi. Islom kelmasdin ilgari madinalik Xazraj
qabilasi bilan birlashib, do‘stlik ahdini bog‘lamish edilar. Rasululloh Madinaga hijrat qilib
kelganlaridan keyin shu yerdagi yahudiylar bilan tinchlik haqida bir shartnoma tuzgan
edilar. Lekin yahudlar bu ahdnomani buzdilar. Ko‘ngillarida yashirinib yotgan hasadlari
yana qo‘zg‘oldi.
Voqea shundoq erdikim, bir kuni Rasululloh bir necha sahobalarni olib, bir ish to‘g‘risida
shu yahudiylar bilan so‘zlashgani keldilar. Ular ham hurmat ko‘rsatib: «Ey Abul Qosim,
xush keldingiz, sizga ziyofat tayyorladik, uni yegizaylik, so‘ngra nima hojatingiz bor
ersa, albatta ado qilgaymiz», deyishib Rasulullohni bir uy soyasiga joy solib o‘tkazdilar.
Keyin bularning ko‘ngillariga shayton kirib, niyatlari buzildi. Rasulullohga qasd qilmoqchi
bo‘lib, yahudiylar o‘zaro shundoq qarorga keldilar: «Muhammadni o‘ldirmoq uchun
bunday payt hech vaqt kelmaydi, endi bu fursatni o‘tkazmasdan, buning ishini shu yerda
tamom qilaylik. Bir kishi yashirincha tom ustiga chiqsun va katta tosh bilan
Muhammadni boshiga urib, o‘ldirsin. Shu bilan bundin hammamiz qutulgaymiz. Qolgan
yo‘ldoshlarini qochirmay, barchasini asir olgaymiz. Bularni Makkaga eltib, qonlariga
tashna bo‘lib turgan Quraysh xalqiga og‘ir baho bilan sotgaymiz», deyishib, shu
xiyonatni qilmoqqa ahd qildilar.
Mana shu chog‘da Jabroil alayhissalom vahiy keltirib, bu xabarni Payg‘ambarimizga
bildirdilar. Darhol Rasululloh hojat qilmoqchi bo‘lib, tashqariga chiqqanlaricha qaytib u
joyga kirmasdin, yo‘lga tushib Madinaga qarab jo‘nadilar. Ammo bu ishdin sahobalarning
xabarlari yo‘q edi. Rasululloh qaytib kirmasdin kechikib qolganlari uchun tashvishlanib,