www.ziyouz.com kutubxonasi
144
aytilayotgan Mauvna fojiasi har ikki musibat xabarini Rasululloh bir kunda eshitdilar. Bu
ikki voqeada shahodat topgan sahobalar soni saksonga yetgan edi. Uhud urushida
o‘tgan ishlar eskirmay turib, uning ustiga bu musibatlarning bo‘lishi musulmonlarga
qattiq ta’sir qildi. Shu adabsizlikni qilgan uch qabiladan Rasululloh qattiq ranjidilar. Qirq
kungachalik, bomdod namozining ikkinchi rakatida rukudin yonib (qaytib) sajda oldida
Qunut duosini o‘qib, shahidlarni duo qildilar. Shofe’y mazhabida bomdod namozida
Qunut duosin o‘qish shundin qoldi. So‘ngra Jabroil alayhissalom Rasulullohga shu
mazmunda vahiy keltirdikim, bu shahidlar esa rahmat nuriga cho‘mdilar. Alloh bulardin
rozi bo‘ldi. Bular Allohdin rozidurlar.
Imom Zarqoniy rahmatullohi alayhi aytibdur:
— Bu xiyonatni qilguvchi uchta qabila: Ra’l, Zakvon, Asbataga bezgak vabosi paydo
bo‘lib, xiyonatlaridan so‘ngra ko‘p o‘tmay yetti yuz kishi halok bo‘ldi. Shu musibatga
boshchilik qilgan qabila raisiga iymon nasib bo‘lmay, kofirlik holda o‘ldi. Shuni bilmak
kerakkim, bunday musibatlar o‘tgan payg‘ambarlarga ham ko‘p bo‘lgandir. Ammo
bizning Payg‘ambarimizga hammadin ham ko‘p bo‘lgandir. Shuning uchun Rasululloh
aytdilar:
«Ashaddunosi baloan al-anbiyou summa avliyou summal laziyna yaluvnahum summal
amsalu fal amsal», ya’ni: «Bu dunyoda baloning qattiqrog‘i payg‘ambarlarga bo‘lur,
keyin avliyolarga, keyin bulardin tubanroq darajalik kishilarga, eng oxiri mo‘minga,
kattaga kattaroq, kichikka kichikroq, har kimga o‘z darajasiga qarab, dunyo
musibatlaridan yetib turadur». Shu uchunkim, alar bu musibatlarga sabr qilib, ulug‘ ajr
topgaylar. Buning oqibati ular uchun yaxshilik bo‘lgay. Lekin shunday ishlarning aniq
sirini Allohdin o‘zga hech kim bila olmas. Aning ne’matlariga shukr qilib, mehnatlariga
sabr qilmoqdin o‘zga bandaning chorasi yo‘qdur.