Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə181/473
tarix02.01.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#44324
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   473
MDh1lrJ9on4m7H1hd68aQWzfLbKYSrvbtDN2Qbk8

www.ziyouz.com kutubxonasi 
150
dardmanlarga shifo bag‘ishlar. Ammo ahmoq odamlarga ta’sir qilmas. Chunki ahmoqlik 
Allohning qahridur», dedilar. 
Mana shunga o‘xshash, hozirgi kunlarda, ya’ni hijriy 1380, melodiy 1960 yilda yer usti 
butunlay shu ahmoqlar qo‘liga kirdi. Dinsizlik, dahriylik balosi butun dunyoni qopladi. 
Islom hukumati, Islom mamlakati deyishga ikki Haramdan boshqa hech bir joy qolmadi. 
Alloh yuborgan payg‘ambarlar ko‘rsatgan to‘g‘ri, yorug‘ yo‘ldin dunyo xalqi butunlay 
chetga chiqdilar. Ko‘zlari ko‘r bo‘lgach, bu kungi madaniyatning ma’rifat nurlari yurar 
yo‘llarini yoritmadi. Topgan ilmu-hunarlarini xalqqa foyda berarlik qilib ishlatmadilar, 
balki insonlarni qirib, yo‘qotarlik, butun olamga halokat yetkazurlik eng dahshatlik 
qurollarini tayyorladilar. Payg‘ambarimiz aytganlaridek, dunyo ilmi kundan-kunga 
rivojlanib, taraqqiy topdi. Ammo din ilmini bilgan, butun mamlakatda bir-ikki, deb 
sanalib qoldi. Inson olamida haqiqiy madaniyatga yetish uchun bu ikki ilm arqoq o‘rish 
kabi bir-biriga qattiq bog‘lanishi lozim edi. Chunki Qur’onda kelgan bu oyat bizning 
so‘zimizga ochiq dalildur: 
«Rabbana atina fid-dunyo hasanatan va fil axirati hasanatan va qina azobannar», ya’ni: 
«Ey bor Xudoyo, bizlarga bu dunyo, u dunyo, har ikki dunyoda yaxshilik bergil va ham 
do‘zax azobidan asragil», degan bo‘lur. 
Alloh taolo bu oyatda har ikki dunyoning yaxshiligini so‘rashni bandalariga buyurdi. Bu 
davlatga yetish yo‘llarini ularga o‘zi ko‘rsatdi, dunyo davlatini qo‘lga kiritish uchun ilm 
o‘rganishga buyurdi. Oxirat yaxshiligiga yetish, do‘zax azobidan qutulish uchun dinni 
ushlashga amr qildi. Ilm o‘rganib, tabiat asrorini ochishga asbob (sabab) qilib, aql-idrok 
berdi. Dinni o‘rgatib, iymon-insof yo‘llarini bildirish uchun payg‘ambarlarini yubordi. Har 
ilmning, har fanning mohir olim ustozlari har shaharda yuzlab, minglab topilishlari 
mumkin. Ammo ular ichida xalq uchun qayg‘urgan oqil, dono odamlar kam topilur. Ilm 
taraqqiy qilganlikdan agar ahmoq qo‘liga tushar ekan, butun olamni xarob qilg‘udek eng 
dahshatlik qurollarni shu olimlar o‘ylab chiqardilar. Nodonlar qo‘liga qurol topshirmoq, 
mast-majnunlar qo‘liga o‘t bermoq kabidur. Bular esa bir kuni butun olamga o‘t qo‘yib 
yuborishdan ham toymaydilar. 
So‘zning xulosasi, haqiqatning to‘xtagan joyi shulki, Alloh bir bo‘lgandek, uning 
ko‘rsatgan yo‘li ham birdur. U esa Muhammad alayhissalom keltirgan Islom dinidur. 
Allohning ming bir oti bordur, aning bir ismi Ahaddur. Shuning uchun «Qul huvallohu 
ahad» oyati ila boshlaguvchi sura Qur’onda kelmishdur. Payg‘ambarimizning ismlari esa 
Ahmaddur. Alloh Ahad, o‘zi ko‘rsatgan haq yo‘liga butun insonlarni boshlash uchun 
habibi Ahmadni yo‘lboshchi qilib yubormishdur. Endi, insonlar Xudo yuborgan 
yo‘lboshchilari Muhammadga ergashib, aning yo‘liga kirar ekanlar, bu dunyoda rohatda 
yashab, oxiratda jannatga kirgaylar. Agar shunday bo‘lmas ekan, unday odamlar mayli, 
boshqa din tutsin yoki tutmasin, bu dunyoda qo‘llari ishdan bo‘shamaydi, ko‘ngillari 
g‘amdin chiqmaydi. Qiyomatga qolmasdanoq, o‘lishlari bilan o‘zlarini do‘zax ichida 
ko‘radilar. Qur’on hukmi, Islom e’tiqodi shuldur. Ahmoq odam ustida 
payg‘ambarimizning aytgan qutlug‘ so‘zlaridan ilhom olib o‘qiguvchilarga, shu qadar 
so‘zlarni aytib o‘tdim, inshaalloh, foydasiz bo‘lmas. Yana o‘z so‘zimizga kelaylik. 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu safarlaridin qaytib rabiul oxirning yigirmalarida 
salomat Madinaga kirdilar. Safarda ekanliklarida ansorlar raisi Sa’d ibn Ubodaning onasi 
vafot topmish edi. Madinaga kelgach, yo Rasulalloh, onam uchun sadaqa qilsam, qaysi 
narsa savobi ko‘proq bo‘lg‘ay, deb so‘radi. Anda Rasululloh tashnalarga suv bermakdur, 
dedilar. Sa’d raziyallohu anhu bu so‘zni anglag‘ach, Madinada bir quduq qazdirdi. 
Savobini onasig‘a bag‘ishlab, suvini vaqf qildi. 

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   473




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin