Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə179/473
tarix02.01.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#44324
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   473
MDh1lrJ9on4m7H1hd68aQWzfLbKYSrvbtDN2Qbk8

www.ziyouz.com kutubxonasi 
148
kelsalar, Quraysh mushriklari buni bilaturishib, o‘z va’dalaricha qarshi turib urusha 
olmasalar, arablar oldida bularni obro‘lari to‘kilur edi. Shuning uchun Abu Sufyon Nuaym 
ibn Ma’sudga: «Sen Madinaga borib, qo‘rqinchlik yomon xabar tarqatgin, Quraysh xalqi 
cheksiz askar yig‘mishdur. Ikkinchi Badr urushiga qattiq hozirlik ko‘rmakdadur. Son-
sanoq, qurol-jabduq jihatdin alarga teng kelmak mumkin emas, deb shunga o‘xshash 
so‘zlar bilan dovrug‘ solib, alarni urushdin qo‘rqitgil. Agar shu ish bajarilib, Muhammadni 
bu safardan qoldirur bo‘lsang, bu xizmating uchun senga yigirma tuya berurmiz», deb 
va’da qildi. Ish o‘rinlaganda bu molni olib, topshirib bermakka Sahl ibn Umar kafil bo‘ldi. 
Shuning bilan Nuaym ibn Ma’sud Madinaga kelib, musulmonlar orasiga qo‘rqinchlik 
xabarlar tarqatdi. Buning so‘ziga munofiqlar, yahudlar qo‘shimcha qilib, xalq o‘rtasida 
shovqin ko‘tardilar. Bularning yolg‘on xabarlari, botil so‘zlari vaqtincha bo‘lsa ham 
ta’sirsiz qolmadi. Ko‘pchilik qora xalq ichiga qo‘rqinch tushdi. Urushga bormaslik 
tarafdorlari ko‘payishdi. Anda hazrati Abu Bakr, Hazrati Umar xalq og‘zidagi dovrug‘ni 
onglagach, Rasululloh qoshiga kelishib: 
— YO Rasulalloh, aniq bilurmizkim, Alloh taolo o‘z payg‘ambarining ishlarini yuzaga 
chiqargay, o‘zi yuborgan bu Islom dinini barcha dinlardin g‘olib qilgay, bunga 
ishonchimiz komildur. Lekin mal’un shayton ko‘pchilik kishilarning ko‘ngillariga qo‘rqinch 
solmishdur. Bularga qarab, safardin to‘xtalur bo‘lsak, bizni urushdin qo‘rqib qochdi, deb 
dushmanlarimiz jur’atlik bo‘lgaylar. Endigi maslahat shuldurkim, qo‘shin tortib Badr 
bozoriga boraylik. Agar dushmanlarimiz ham kelur bo‘lsalar, Alloh yordamiga sig‘inib, 
savash qilaylik. Agar ular kelmas bo‘lsalar, qilgan va’dalarini o‘zlari buzgan bo‘lsin. Shu 
ish biz uchun xayrlik bo‘lur, inshaalloh, — dedilar. 
Rasululloh o‘z o‘ylaridagi bundoq yaxshi maslahatlik so‘zni shu ikki yorlaridan eshitib, 
suyunganlaridan muborak yuzlari guldek ochildi va:  
— Alloh oti ila qasam qilurman, agar bu g‘azotga hech kim qo‘shilmay, yolg‘iz qolur 
bo‘lsam ham, yana borgayman, — dedilar.  
Musulmonlar bu so‘zni onglagandin so‘ngra, ularning ko‘ngillariga tushgan qo‘rqinch 
butunlay ko‘tarildi. Shuning bilan Madinadin chiqib Badr bozoriga yetdilar. Bu g‘azotda 
Islom tug‘ini Hazrati Ali ko‘tarmish edi. Qarasalar, bu joyga dushmanlardin hech kim 
kelmabdur. Ularni kutib, bu o‘rinda sakkiz kun turdilar. 
Rasulullohning kelgan xabarlari butun arab qabilalariga yetib ma’lum bo‘ldi. Abu 
Sufyonning bu to‘g‘ridagi hiylalari ko‘p foyda topmadi. Nuaym ibn Mas’udning tarqatgan 
yolg‘on xabaridan Muhammad askari cho‘chishib, bu safarga chiqmay qolsa ajab emas, 
degan uning umidi bekorga chiqdi. Ish uning o‘ylaganidek bo‘lmay qoldi. Shundoq bo‘lsa 
ham nomus kuchidin ikki yuz kishilik askar olib yo‘lga chiqqan edi. Majanna degan joyga 
kelganda Abu Sufyon askar boshliqlariga qarab: 
— Bu yil yomg‘ir yaxshi yog‘maganlikdan yurtimizda ocharchilik bo‘lib turadi. Bundoq 
ocharchilik kunlarida urush qilmoq bek og‘ir ishdur. Bundin xalqqa ko‘p ziyon bo‘lg‘ay, 
qachon qahatchilik ko‘tarilar ekan, ana shunda bu ishni boshlagaymiz, — dedi. 
Bu so‘z boshqalarga ham xush keldi. Shu bahona bo‘lib, yo‘ldan qaytdilar. Askar 
boshliqlaridan Safvon Ibn Umayya Abu Sufyon so‘zini onglagach, uni malomat qilgali 
turdi: «Bu va’dani qilmoqdin ilgariroq ham men seni qaytargan edim. Muhammad 
va’dani saqlab, Badr bozoriga kelmishdur, biz bo‘lsak, endi arab oldida va’dani buzib, 
urushdan qochgandek bo‘lib ko‘rindik. Bu ish esa biz uchun qattiq nomusdir», dedi. 
Shunday qilib, dushmanlarni yo‘ldan qaytgan xabari eshitilgach, bu joyda turishning 
hojati bo‘lmay, Rasululloh ham Madinaga qaytdilar. 

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   473




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin