Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə176/473
tarix02.01.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#44324
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   473
MDh1lrJ9on4m7H1hd68aQWzfLbKYSrvbtDN2Qbk8

ZOTIR-RIQO’ G‘AZOTI 
Voqea shundog‘ erdikim, shu yilning Rabiul-oxir oyida Rasulullohga xabar yetdi. Najd 
ahllaridan Bani Muhorib, Bani Sa’laba boshliq bir necha qabilalar birlashib, Rasulullohga 


Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
146
qarshi urush ochmoqchi emishlar. Buni onglashlari bilan bularga qarshi tayyorgarlik 
ko‘rib, yetti yuz kishilik qo‘shin tuzib, safarga chiqdilar. Bu navbat Hazrati Usmon 
Madinaga voliy qo‘yilgan edilar. 
Bir necha kun yo‘l yurishib, dushman yeriga kirgandin so‘ng, ko‘rdilarkim, xotun-
bolalardin boshqa hech kim qolmabdur. Ular askarning kelishini anglab, qo‘rqqanlaridan 
ulgurolmay, xotun-bolalarini qoldirib, tog‘ boshiga tarqalib qochmish edilar. Barcha 
qolganlari Islom askarlari tomonidan asir olindi. Buni onglashib qochganlar nomus 
qilg‘anliklaridan yig‘ilishib, yana urushmoqchi bo‘ldilar. Asir olingan xotunlardan birining 
eri bu ishga qattiq g‘azablanib, qasamyod qilib aytdikim: 
— Yo Muhammadni, yoki aning askarlaridan bir necha kishini o‘ldirmaguncha qaytib 
kelmagayman, — dedi. 
So‘ngra bu ishni ijro qilmoq uchun Rasululloh tushgan manzilga qarab jo‘nadi. Islom 
qo‘shini kelib, shu kechada bir jilg‘a og‘ziga qo‘ngan edi. Shul tun havo buzilib, qattiq 
bo‘ron chiqdi. Rasululloh ikki kishini qo‘shimcha qorovul qo‘ydilar. Alarning birisi Ammor 
ibn YOsir, ikkinchisi Ubbod ibn Bishr edi. «Bu kechani ikkiga bo‘laylik, oldingi yarmida 
men qorovul bo‘lib turay», deb yo‘ldoshi Ammor ibn YOsirni uxlatib, o‘zi namozga qoim 
bo‘ldi. Shu orada qasam qilib, dushman tarafidan chiqqan kishi jilg‘a oldiga kelganida 
payqab qarasa, yiroqdin bir kishi qorasi ko‘rindi. Bu esa dushman qorovuli bo‘lgay, deb 
darhol nishon olib sadoqdin unga o‘q otdi. Bu kishi mashhur merganlardin bo‘lganlikdan, 
otgan o‘qi xato qilmay, namoz o‘qib turgan Ubbod ibn Bishrga to‘g‘ri kelib tegdi. 
Namozni buzmay, o‘qni sug‘urib tashlab, yana namozini davom ettirdi. Dushman esa, 
otgan o‘qi tegmadi xayol qilib, yana ikki marotaba o‘q uzdi. Bu otilgan o‘qlar barchasi 
xato qilmay tekkan bo‘lsa ham, lekin jon yeriga tegmagan bo‘lgan uchun namozini 
buzmadi. Namozdin bo‘shagandin so‘ng ko‘rdikim, jarohat o‘rnidan qon oqishi ziyoda 
bo‘lmishdur. Darhol Ammor ibn YOsirni uyg‘otdi. Ul ko‘rib: 
— Ey birodar, birinchi o‘q tegishi bilan nechun meni uyg‘otmading, buning sababi nedur? 
— deb so‘radi. 
Anda ul aytdi: 
— Namozga turib, Kahf surasini boshlagan edim, lazzatlanib o‘qib yotganimda bir o‘q 
kelib tegdi, uning lazzatidan uch o‘q kelib tekkuncha Qur’onni to‘xtatib, namozimni 
buzishga ko‘nglim unamadi. Agar Rasulullohning topshirgan xizmatlariga xalal yetishidan 
qo‘rqmasam edi, jonim chiqib ketguncha namozimni buzmagan bo‘lur edim, — dedi. 
Iymon haqiqati bilan kishi ko‘ngliga o‘rnashur bo‘lsa, bandani bundin ham yuqoriga 
darajalarga yetkuzishida shubha yo‘qdur. Din ishlarini har kim o‘zi tatimaguncha uning 
lazzatini tushuna olmaydi.  
Ey Rabbim, Habibiming hurmatidin bizlarga ham shundoq iymonni nasib qilgaysan. 
Omin! 
Shundoq qilib, Ammor ibn Yosir uyqudin uyg‘onib turgan edi, o‘q otgan dushman ko‘ziga 
tun qorong‘usida tikka turgan kishi o‘ltirgan bo‘lib ko‘rindi. «Mening otgan o‘qlarim 
tegmaganga o‘xshaydi, endi ul meni qoraga olib, o‘q otgali o‘ltirdi», deb xayol qilib, 
orqaga qochdi. Shu bilan qochgan kishi o‘z qo‘shiniga qo‘shilib, asir tushgan xotun-
bolalarini ajratib olish uchun Islom askarini o‘rab, urushmoqqa keldilar. Har ikkala 
tomon askari bir-birlariga yaqinlashib qoldilar. Mana shu holda asr namozining vaqti 
kirgan edi. Rasululloh ehtiyot yuzasidan Havf namozi o‘qidilar. Bu namozni o‘qish Qur’on 
oyati bilan sobitdur. Buni o‘qish tartiblari mas’ala kitoblarida ochiq yozilganlikdan, bu 
o‘rinda aytib o‘ltirishni lozim topmadik. Rasululloh namozdin bo‘shagunlaricha, 
dushmanlar hujum qilishga jur’at qilisholmay, qarashib turdilar. So‘ngra ko‘ngillariga 
qattiq qo‘rqinchlik tushib, urushmoqqa toqatlari bo‘lmay, tarqalib qochdilar. Islom askari 
ham urush-talashsiz bir qancha o‘lja olishib Madinaga qaytdilar. 


Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   473




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin