Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə298/473
tarix02.01.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#44324
1   ...   294   295   296   297   298   299   300   301   ...   473
MDh1lrJ9on4m7H1hd68aQWzfLbKYSrvbtDN2Qbk8

www.ziyouz.com kutubxonasi 
259
iymonim to‘liqdurkim, menim bu kitobimni dunYo boricha shular o‘qigaylar, shular 
foydalangaylar. 
Ey bor Xudoyo, bu kitobni yozguvchi yozuqluq g‘arib qulingni va ham ushbu kitobni 
o‘qigan, eshitgan mo’min bandalaringni habibing Muhammad Mustafo sollallohu alayhi 
vasallam haqqi-hurmatlari uchun haq yo‘ldan chiqmagan, Islom dinida jon bergan o‘sha 
toifadan qilgaysan. Omin! 
Yana o‘z so‘zimizga kelaylik. Rasululloh Tabukka kelgach, bu joyda yigirma kungacha 
to‘xtab qoldilar. Bu yerdan Shom shahriga borish yoki Madinaga qaytish yaqinligida 
tenglashur edi. U yoqqa yurish to‘g‘risida sahobalarga kengash qildilar ersa, Hazrati 
Umar: 
— Yo Rasulalloh, Xudo tomonidan nima buyruq buyurilgan bo‘lsa, shuni qiling, — dedi. 
Anda Rasululloh: 
— Agar menga buyurilgan bo‘lsa edi, hech kimdan maslahat so‘ramas edim, — dedilar. 
— Yo Rasulalloh, biz Madinadan yiroqlashib, dushman yeriga yaqinlashib keldik. Bizga 
yordam bergudek ular ichida musulmonlari yo‘qdur, dushmanning qurollik askari ko‘p 
bo‘lib, har joyda to‘planib turishibdurlar. Bizning bu kelishimizdan ularga qo‘rqinch 
tushib, butun Rum xalqi qo‘zg‘alishganga o‘xshaydi. Endigi bizning o‘ylaganimiz bu 
yilcha Madinaga qaytib, urush hozirligini ko‘rsak. Kelasi yili Xudo xohlaganiga qarab ish 
qilur edik, — dedilar. 
Bu so‘z Rasulullohga ham ma’qul bo‘lib, shu yerdan qaytmoqqa qaror qilindi. 
Qaysar Hiraql Madina ustiga sonsiz askar olib yurish qilmoqchi, deb eshitgan so‘zning 
anig‘i bilinmadi. 
Shu orada Ayla shahrining hokimi bilan Jarbo, Azrux, Mayno degan shaharlarning 
elchilari kelishib, Rasululloh bilan uchrashdilar. Bular ersa, Shom atrofida yashayotgan 
yahudlardan kelgan kishilar edi. 
Rasulullohning Tabukka kelganlarini anglashib, ahvol bilan tanishmoq uchun yuqoriga 
shahar xalqlari bularni elchi qilib yuborishdilar. Ularni Rasululloh iymonga undagan 
edilar, uni qabul qilmay, har yili soliq to‘lab turishga rozi bo‘lishdi. Bu to‘g‘rida ahdnoma 
yozib berishlarini Rasulullohdan so‘radilar. 
Jarbo ahli har yili rajab oyida yuz tilla to‘lamoqchi bo‘ldi. Maynoliklar o‘z yerlaridan 
chiqqan mevalarning to‘rtdan birini har yili berib turmoqqa va’da berdilar. Elchilarning 
so‘rovlaricha bu to‘g‘rilik Rasululloh ikki nusxa ahdnoma yozdilar va ularga topshirdilar. 
O‘shal ahdnoma nusxalarini o‘quvchilar quvvat olsin deb arabcha iborasi bilan bu o‘rinda 
yozdim. Uning mazmuniga o‘quvchilar tushunmoqlari uchun turkchaga tarjima qildim. 
Rasululloh Yuhannoga bergan axdnomalarining arabchasi shuldir: 
«Bismillahir rohmanir rohiym. 
Hazo amanatun minallohi va Muhammadin-nabiyyi li Yuhanno va ahli Aylata sufunuhum 
va sayyarotuhum fil barri val bahri lahum zimmatullohi va Muhammadin-nabiyyi va man 
kana maahum min ahlish-Shomi va ahli Yaman va ahlil Bahri faman ahdasa minhum 
hadasan fainnahu la ya juzu malahu duna nafsihi va innahu latayyibatun liman axazahu 
minnan-nosi va innahu la yahillu an yamna’u maan yaridunahu vala tariqan yuridunahu 
min barrinav bahrin». 
Ma’nosi: «Ushbu omon xati berildi. Alloh va uning elchisi Muhammaddan Yuhannoga va 
Ayla ahliga. Ularning dengizdagi kemalari, quruqlikda yurgan karvonlari omondur. 
Allohning, Muhammadning ahd omoni shulargadir va ular bilan birga bo‘lgan Shom ahli, 
Yaman ahli, dengiz bo‘yi ahllariga ham hukm shuldur. Agar ulardan bir kimarsa ushbu 
ahdni buzgudek bir ish qilur ekan, boshlariga omonlik, mollariga omonsizlikdur. Shart 
buzguvchilardan musulmonlar qaysi yo‘l bilan mol olsalar, haloldur. Ichar suvlaridan, 
yurar yo‘llaridan musulmonlarni to‘smoq ularga yasoqdur». 


Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   294   295   296   297   298   299   300   301   ...   473




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin