Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə296/473
tarix02.01.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#44324
1   ...   292   293   294   295   296   297   298   299   ...   473
MDh1lrJ9on4m7H1hd68aQWzfLbKYSrvbtDN2Qbk8

www.ziyouz.com kutubxonasi 
257
— Ey Abu Qatoda, bu tuni meni saqlamishsan, seni Alloh saqlasin, — deb duo qildilar. 
So‘ngra yo‘l chetiga chiqib, tuyadin tushdilar. U chog‘da sahar vaqti yetib, tong 
yaqinlashgan edi. Ertalabki namozimizni yaxshi saqlagaysiz, sergak bo‘linglar deb, 
Rasululloh uyquga yotdilar. Uzun tuni bilan tuya ustida bo‘lganlikdan barchalari 
charchamish edilar. Namoz vaqti o‘tdi esa, yana hech kim uyqudan uyg‘onmadi. 
Rasululloh uyg‘onib, unlik tasbeh aytdilar. Kishilar unlarini eshitgach, cho‘chib uyg‘onib 
qarasalar, kun chiqmish edi. 
Rasulullohning buyruqlaricha tuyalariga minishib, yo‘lga chiqqudek vaqtda quyosh 
ko‘tarildi. Abu Qatodaning charmdan yasalmish suv idishi bor edi. Uni keltirib Rasululloh 
tahorat olganlaridan keyin, shu kuni ertalab qolgan namozni o‘qishdilar. Tahorat idishida 
ozroq suv qolmish edi. Rasululloh Qatodaga qarab: 
— Bu suvni yaxshi saqlagil, buning ustida ulug‘ bir voqea ko‘rgaysiz, — dedilar. 
O‘tgan kecha Rasulullohni uyqu bosib keyin qolganlarida, yo‘l bosib o‘tgan qo‘shin 
anchagina o‘zib ketgan edi. Yo‘l ustidagi suvli joylarga tushmasdan xabarsiz o‘tishib 
ketdilar. 
Ikkinchi suvga yetgunchalik oradagi uzun cho‘ldan o‘tish kerak edi. Kun qoq tush vaqti 
bo‘lganda, quyoshning issig‘iga chidayolmay qo‘shin yurishdan to‘xtadi. Suvsiz cho‘l 
ichidagi kun issig‘idan butun askar chanqoqlikda qolib, ot-tuyalar yurolmay yiqila 
boshladi. Bu tuyalarni bo‘g‘izlab, ichidan chiqqan suvni, o‘lar holatiga yetgan chanqoq 
kishilar talashib ichdilar. Buning ustiga Rasululloh kelib, bu og‘ir holni ko‘rgach, Abu 
Qatodani chaqirib: 
— O‘tgan manzilda tahoratimdan qolgan suvni darhol keltirgil, — dedilar. 
— Mana, Yo Rasulalloh, — deb ul suvni keltirdi. 
Muborak qo‘llarini shu idish ichidagi suvga solib, Xudo xohlaganicha duo qilgandan 
so‘ngra, Tangrining ulug‘ qudrati ila barmoq oralaridan oppoq tiniq suv otilib chiqib, 
oqqali turdi. Bu mo’jizani ko‘zlari bilan ko‘rgan sahobalardan shunday rivoyat 
bo‘lmishdurkim, Rasulullohning barmoqlari oralarini suv yorib chiqar chog‘ida havoda bir 
parcha ham bulut yo‘q edi. Shunday bo‘laturib, chaqmoq chaqilib, yashin tushgandek bir 
qattiq tovush bilan chiqdi. Butun qo‘shin bu suvdan to‘yib ichib, ot-ulovlarni sug‘ordilar. 
Borliq idishlarini suvga to‘ldirdilar. Bu qo‘shinda o‘n ikki ming ot, o‘n besh ming tuya, 
ellik ming askar bor edi. Ba’zi rivoyatda yetmish ming debdurlar. 
Xudoning qudrati bilan Rasulullohning shu mo’jizalarini yig‘ilgan ko‘pchilik xalq ko‘zlari 
bilan ko‘rib turdilar. Shundoq bo‘lsa ham iymondin ulush olmagan kishilar qarab turib, 
yana iymon keltirmadilar. Bundan ilgari ham shu safarda ikki yo‘l shunday mo‘jiza 
ko‘rilganligi yuqorida aytilib o‘tdi. 
Ulug‘ sahobalardan Abdulloh Zul Bijodayn degan kishi shu Tabuk safarida vafot topdi. 
Safarga chiqish oldida bu kishi Rasulullohga kelib: 
— Bu g‘azotda Alloh taolo menga shahidlik bergay, deb duo talab qilgan edi. 
Anda Rasululloh shu yerda o‘sgan bir yog‘ochni ko‘rsatib: «Uning qobug‘idan kelturgin», 
dedilar. Uni keltirdi ersa, olib bu kishining bilagiga bog‘lab turib: 
— Ey bor Xudoyo, buning qonini to‘kmoqni kofirlarga harom qilgaysan, — deb uni duo 
qildilar. 
Anda ul: 
— Yo Rasulalloh, menim tilagim bu emas erdi, balki qonim to‘kilib, Xudo yo‘lida shahid 
bo‘lishni so‘ragan edim, — dedi. 
Rasululloh aytdilar: 
— Ey Abdulloh, agar bezgak kasaliga yo‘liqib, shu bilan vafot bo‘lsang, albatta shahid 
maqomini topgaysan. 
Aytganlaridek, Tabukka kelib bir necha kun o‘tgandan so‘ngra shu illat bilan bir kechada 


Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   292   293   294   295   296   297   298   299   ...   473




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin