Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy
www.ziyouz.com kutubxonasi
279
payg‘ambarining omoni ul kishiga bo‘lg‘ay, ya’ni uning mol-joniga hech kim tega
olmagay. Arablardan boshqalar yaxshi ko‘rib bu
dinga kirsalar, mol-jonlariga alar ham
omon topgaylar. Agar qarshilik qilib, iymon keltirmas ekanlar, alarga jizya qo‘yilgay.
Islom
diniga kirgil, azobdan qutulursan».
Payg‘ambarimiz: «Bu nomani atalmish kishiga yetkurgil», deb, Alo ibn Hazram ismlik
sahobaga topshirdilar. Ul kishi ersa Munzir ibn Soviyga yetkurdi. Nomani o‘qib ko‘rib
mazmuniga tushungandan so‘ngra, darhol iymon keltirib, bu nomani yozdi:
«Ammo ba’d, ya Rasulallohi. Fainniy qora’tu kitobaka ala ahlil Bahrayni. Faminhum man
ahabbal Islama va a’jabahu va dahala fihi va minhum man karihahu va biarzi majusun
va yahudu fa ahdis ilayya fi zalika amraka».
Ma’nosi: «Salomdan so‘ngra, yo Rasulalloh, sizning nomangizni Bahrayn xalqiga o‘qib
berdim. Ba’zilari bu dinni yaxshi ko‘rib
iymon keltirdilar, ba’zilari ersa bundan yuz
o‘girdilar. Bu yerda yahudiy, majusiy, otashparast kofirlar bordur. Bular haqida qandoq
ish
qilishga buyurasiz, bizga shuni bildirgaysiz».
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu noma kelgach, javobiga yozdilar:
— Yolg‘iz Allohga hamd-sano ayturman va guvohlik berurman barcha olamni
yaratguvchi yolg‘iz Allohdur. Muhammad esa Allohning quli va aning elchisidur. So‘ngra
shulki, Allohni sening yodingga solurman. Har kim yaxshilik qilur ersa,
aning yaxshiligi
o‘ziga qaytgay. Yuborgan elchilarimga kim itoat qilib bo‘ysunsa, menga bo‘ysungandek
bo‘lur. Kim alarga yaxshilik qilsa, menga yaxshilik qilmishdur. Yuborgan elchilarim
qaytgach, sening yaxshi sifatlaringni aytdilar. Qarindoshlaring to‘g‘risida aytgan
so‘zingni
qabul qildim, musulmon bo‘lgan kishilar qaysi holda Islomga kirgan bo‘lsalar,
o‘shal hol uzra qolsinlar. Ya’ni, alarning molu dunyolari, ilgari olgan xotinlari o‘z
qo‘llarida bo‘lsin, alarga hech kim tegmasin. Ilgari qilgan gunohlarini kechirdim. Uzrlarini
sen ham qabul qil. Agar adolatlikda turar bo‘lsang, amirliging uzoq vaqtgacha qolur,
o‘rning o‘zgartirilmas. Yahudiy yoki majusiy dinida qolguvchilar bo‘lsa,
alarga jizya
qo‘yib, soliq olurmiz».
Dostları ilə paylaş: