Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy
www.ziyouz.com kutubxonasi
280
— U payg‘ambarman deb chiqqan kishi xalqni nima ishlarga buyurur, qaysi narsalardan
qaytarur? — dedi.
Anda Amr ibn Os:
— Yolg‘iz Allohga toat-ibodat qilmoqqa buyuradur,
gunoh ishlardan, zulm va xiyonat,
zino va aroqxo‘rlik kabi ishlarni qilishdan qaytaradur. Butlarga topinmoqni man qilur, —
dedi.
Anda ul:
— Ul yaxshi ishlar qilur ekan, agar og‘am menim so‘zimni
qabul qilar ekan, ikkovimiz
aning oldiga borib, iymon keltirur edik. Biroq ul hukumatdin ajrab qolishdan qo‘rqib unga
tobe bo‘lg‘usi kelmaydir,— dedi.
Anda Amr ibn Os:
— Agar og‘ang
iymon keltirur ersa, uni o‘z eliga hokim qilib qoldirgay. Boy kishilar
molidan zakot olib, kambag‘allarga bo‘lib bergay, — dedi.
Anda ul:
— Undoq bo‘lsa qandoq yaxshi ish bo‘lur edi, biroq aning qabul qilishi gumondur,
shundoq bo‘lsa ham aytib ko‘rurmiz. Zakot deganing nimadur? — dedi.
Amr:
— Islom dinining besh ustuni bordur. Islom dini shular ustiga qurilgan. Iymondan
so‘ngra eng ulug‘i namozdir, aning yo‘ldoshi zakotdur. Alloh taolo Qur’onda: «Har kuni
besh vaqt namozni to‘liqlab o‘tanglar. Boy kishilar esa kambag‘allarga zakot beringlar»,
demishdir. Alloh taolo namoz o‘qishni barcha musulmonlarga qanday farz qilgan bo‘lsa,
zakot berishni ham boylarga shunday farz qilmishdur. Lekin
har yerdan olingan zakot
mollari shu yerning kambag‘allariga berilur, — dedi.
Bu so‘zlarni anglagach, uning ko‘ngli ham Islomga moyil bo‘ldi. So‘ngra ikkovlari birga
aning og‘asi Jayfar oldiga bordilar. Islom dinining fazli-kamolini unga ham gapirib berdi.
Buning ham ko‘ngli yumshadi. Har ikkovlari barobar musulmon bo‘ldilar.
Dostları ilə paylaş: