Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy
www.ziyouz.com kutubxonasi
285
val Martum va Bayta Ibrohima ilal abadalabad. Shahida bizalika Abbas ibnu
Abdulmuttalib va Xuzaymatu ibni Qays va Shurahbil ibni Hasanax».
Tarjimasi: «Allohning Payg‘ambari Muhammad Doriyunlarga
shu joylarini hiba qilib
berdi: Bayti Aynun, Jayrun, Martum, Bayti Ibrohim. Alloh o‘z Payg‘ambari Muhammadni
shu joylarga qachon ega qilsa, ul kishilar shu yerlarni olsinlar.
Bularga doimiy mulk
bo‘lsin. Abdulmuttalib o‘g‘li Abbos, Qays o‘g‘li Xuzayma, Hasana o‘g‘li Shurahbil
guvohdur».
So‘ngra bu xatni ularga berib:
— Endi o‘z yeringlarga qaytganinglar yaxshidur. U yerga borgach, menim Madinaga
hijrat qilib
kelishimni kutib turinglar, — deb ruxsat qildilar.
Ular ham o‘z joylariga qaytishdi. Qachonki Rasululloh hijrat qilib Madinaga keldilar ersa,
Doriyunlar uni anglashib Madinaga kelib, Rasululloh bilan ko‘rishgandan so‘ngra
Makkada yozilgan burungi hujjat xatni yangilab berishni talab qilishdi. Ikkinchi hujjat
xatni yozishga buyurdilar. Nusxasi ushbudir:
«Bismillahir rohmanir rohiym. Haza ma anto Muhammadur Rasululloh litamimid-doriy va
ashobihi. Inniy antaytukum Bayta Aynuna va Jayruna
val Martum va Bayta Ibrohima,
birummatihim va jamiy’a ma fiyhim natiyyata battin va nafadtu va sallamtu zolika lahum
valia’qobihim min ba’dihim abadal abad. Faman azahum fihi azahumulloh. Shahida
bizalika Abu Bakr ibni Quhofa va Umar ibni Abi Xattob va Usmon ibni Affon va Ali ibni
Abi Tolib».
Tarjimasi: «Allohning elchisi Muhammad Tamimud-doriy va aning yo‘ldoshlariga
Bayti
Aynun va Jayrun va Martum va Bayti Ibrohim — shu joylarni ichidagi borliq narsalari
bilan hiba qilib berdim. O‘zlariga, keyin bolalariga doim mulk bo‘lsin. Bu to‘g‘rilik ularga
kim aziyat yetkazsa, Alloh unga aziyat yetkizsin.
Abu Bakr ibn Quhofa, Umar ibn Xattob,
Usmon ibn Affon, Ali ibn Abu Tolib bu ishga guvohdurlar».
Dostları ilə paylaş: