NAJRON ELCHILARI Hijratning o‘ninchi yili Ashur oyida Najron shahridan oltmish kishi elchi bo‘lib Madinaga
keldilar. Bu yerning xalqi ersa, ilgaridan beri nasoro dinida yashagan arablar edi. Qur’oni
karimda Buruj surasida qissasi aytilgan, tiriklay o‘tga tashlasalar ham o‘z dinlaridan
qaytmagan kishilar shu kelgan elchilarning ilgarigi o‘tgan bobolari edi. Bu elchilar
Madinaga kelgach, Rasulullohni so‘rashib masjidga kirdilar. Kiygan kiyimlari butunlay
ipakdan bo‘lib, qo‘llariga oltindan uzuk taqishgan edi. O‘sha zamonning qo‘l ishlaridan
turli raxtlar, har xil rasm-surat solingan to‘shaklar, kishi ko‘rsa qiziqarlik narsalardan
Rasulullohga ko‘pgina hadya keltirgan edilar.
Bu narsalar ilgari ko‘p ko‘rilmaganlikdan xalq ko‘ziga qiziq bo‘lib, undagi suratlarni
qayta-qaytadan tomosha qilardilar. Bu elchilarning ziynatlik kiygan kiyimlariga, sovg‘a
qilib keltirgan qimmatbaholik mollariga qarashib, qay bir kishilarning ko‘ngli dunYo
havasiga moyil bo‘ldi. Hadyalarini Rasululloh qoshlariga keltirgach, suratlik narsalarini
o‘zlariga qaytarib, qolganlarini qabul qildilar. DunYo ziynatlarini ko‘rib qiziqishgan
kishilar haqida ushbu oyat nozil bo‘ldi: