Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy
www.ziyouz.com kutubxonasi
324
Imom Dorimiy, Imom Bayhaqiy Hazrati Jobirdan rivoyat qilurlar:
«Bir kuni Rasululloh bilan o‘ltirgan edik, yiroqdan bir tuya qochgandek bo‘lib
bizga qarab
kelaverdi. To‘g‘ri Rasulullohning qarshilariga kelib, cho‘kkalab turib, sajda qildi.
Sahobalar hayron bo‘lib qarab qoldilar.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
— Bu tuyaning egasi kimdur — deb so‘radilar ersa, ansor sahobalardan bir necha yigit:
— Yo Rasulalloh,
bu bizning tuyamiz edi, — dedilar.
Anda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
— Tuyangiz sizlardan shikoyat qilur. YOshligimdagi kuchim ketib,
qariligim yetganda
meni so‘ymoqchi bo‘ldilar, deydur. Buni menga sotinglar, yoki o‘z
ajali yetguncha unga
yaxshilik qilishga va’da beringlar. Qadrdon xizmatchini shundoq hurmat qilmoq kerak, —
dedilar.
— Yo Rasulalloh, tuyaning bu aytgan so‘zi to‘g‘ridur. O‘zi o‘lguncha
endi unga yaxshilik
qilaylik, — deb va’da berdilar.
Dostları ilə paylaş: