Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə388/473
tarix02.01.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#44324
1   ...   384   385   386   387   388   389   390   391   ...   473
MDh1lrJ9on4m7H1hd68aQWzfLbKYSrvbtDN2Qbk8

O‘N TO‘QQIZINCHI MO’JIZA 
Imom Ahmad, Imom Termiziy, Abu Said Xudriydan rivoyat qiladur: 
«Makka, Madina tog‘lari orasidagi badaviylardan bir kishi qo‘y boqib yurgan edi. Bir kuni 
bo‘ri kelib aning qo‘yiga chovut qildi va qo‘ylardan birini olib qochdi, egasi orqasidan 
quvlab borib, bo‘ri og‘zidan qo‘yni ajratib olgach, bo‘ri besh-o‘n qadam yerga borib, 
cho‘kkayib o‘ltirdi. So‘ngra Xudo qudrati bilan ul bo‘ri tilga kirdi va: 
— Xudodan qo‘rqmasmusan, Xudo yetkizgan rizqimni og‘zimdan tortib olding?, — dedi. 
Anda cho‘pon bu ishga hayron qolib: 
Bu qandoq ajab ishdurkim, bo‘ri odamdek bo‘lib so‘zlaydur, — dedi. 
— Sening ishing bundan ham ajabliroq erurkim, oxirzamon payg‘ambari Muhammad 
alayhissalom Madinaga keldi. Xudo oldida bundan ulug‘ darajali payg‘ambar yo‘qdur. 
Butun xalqni haq yo‘lga chaqirur. Sakkiz jannat eshiklari uning yuziga ochilmishdur. U 
bilan sening orangda ul tog‘dan boshqa hech narsa yo‘qdur. Shundog‘ ulug‘ ishni 
tashlab, sen bu yerda qo‘y boqib yurursan. Dunyoda bundan ham ajabliroq hech ish 
bo‘lurmi? Agar sen bormoqchi ersang, qo‘ylaringni menga omonat topshir, kelguningcha 
boqib berurman, — dedi bo‘ri. 
Bu karomatni ko‘rib, qo‘ylarni bo‘riga topshirdi. O‘zi Madinaga kelib, Rasululloh bilan 
ko‘rishib iymon keltirdi. Bu mo’jizani barcha sahobalar eshitdilar. 
So‘ngra Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qaytmoqqa ruxsat berdilar. Kelib qarasa
bo‘ri cho‘ponlik qilib yuribdur. Qo‘ylariga hech qanday ziyon yetkazmabdur. Buni ko‘rib 
darhol bir qo‘yni bo‘g‘izlab bo‘rini ziyofat qildi. 


Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   384   385   386   387   388   389   390   391   ...   473




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin