Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə390/473
tarix02.01.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#44324
1   ...   386   387   388   389   390   391   392   393   ...   473
MDh1lrJ9on4m7H1hd68aQWzfLbKYSrvbtDN2Qbk8

YIGIRMA BIRINCHI MO’JIZA 
Hadis olimlaridan Imom Bayhaqiy, Imom Tabaroniy, Dora Qutniy ibn Umardan rivoyat 
qiladilar: 
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Madinaga hijrat qilib kelgandan so‘ngra bir kuni 
sahobalar bilan majlis qurib o‘ltirmish edilar. Shu chog‘da Bani Salim qabilasidan bir 
kishi o‘tib borayotib to‘planib o‘ltirgan sahobalarga ko‘zi tushdi. Alar ichida o‘ltirgan 
Rasulullohni ko‘rib: 
— Bu kishi kim bo‘lur? — deb so‘radi. 
— Quraysh qabilasidan chiqqan Abdulmuttalib o‘g‘li Muhammad, butun dunyo xalqiga 
Xudo tarafidan payg‘ambar bo‘lib kelmishdur, — dedilar. 
— Andoq ersa uning so‘zini anglamoq kerak ekan,— deb Rasulullohning majlislariga 
kelib o‘ltirdi. 
Rasululloh ul majlisda Islomdan, arasot, qiyomatdan so‘zlar edilar. Bularni anglagach, 
boyagi kishi o‘rnidan sakrab turib: 
— Ey Muhammad, insonlar ichida sendek yolg‘onchini ko‘rganim yo‘q. Sening bu 
so‘zlaringga qandoq ishongali bo‘lur? Ayniqsa, o‘lgandan keyin chirib tuproq bo‘lib 
ketgan kishi qaytadan tirilur, degan so‘zing shaksiz yolg‘ondur. Meni shoshqaloq kishi 
ekan deb arablar ayb qilishidan qo‘rqmasam erdi, shu hozirdayoq seni o‘ldirib butun 
xalqni rozi qilur edim, — dedi. 
Buni anglagach, Hazrati Umarning g‘azabi qo‘zg‘alib: 
— Yo Rasulalloh, ruxsat qiling, buning boshini kesib tashlayin, — deb o‘rnidan tura keldi. 
Anda Rasululloh: 
— Ey Umar, bilurmisan bosiq kishining darajasi payg‘ambar darajasiga yaqindur, og‘ir 
bo‘l, — dedilar. 
So‘ngra ul a’robiy yeng ichidan bir jonivor chiqarib, o‘rtaga tashladi. Arablar uni zab deb 
ayturlar. Forscha «susmor», turkcha «erbaliq», «qumbaliq», deyilur. Arabistonning 


Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   386   387   388   389   390   391   392   393   ...   473




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin