Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə391/473
tarix02.01.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#44324
1   ...   387   388   389   390   391   392   393   394   ...   473
MDh1lrJ9on4m7H1hd68aQWzfLbKYSrvbtDN2Qbk8

www.ziyouz.com kutubxonasi 
326
qumlik cho‘llarida ko‘p bo‘lib, arablar uni ovlab baliq o‘rnida yeydilar. A’robiy yo‘ldan 
buni ov qilib olmish edi. Uyiga ketayotganida Rasulullohga yo‘liqib, bu voqea bo‘ldi. Bu 
jonivorni o‘rtaga tashlagach, Lot, Manot butlari bilan qasam qilib: 
Ey Muhammad, sening haq payg‘ambarligingga agar shu hayvon guvohlik berur ersa, 
senga iymon keltirurman. Yo‘q ersa, iymon keltirmagayman, — dedi. 
Rasulullohdan shu mo’jizani ul a’robiy xalq ichida talab qildi. Mana shundoq vaqtda 
payg‘ambarlarga mo‘jiza ko‘rsatmoq lozim bo‘lur. Ayni shu paytda qudrat ko‘rsatmoq 
esa, Alloh taoloning odatidur. Anda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
— Ey zab, — deb uni chaqirdilar. 
Erbaliq darhol tilga kirdi, ochiq arabcha so‘z bilan javob qaytarib: 
— Labbayka va sa’dayka, yo Rasululloh, — dedi. 
Majlisda o‘ltirgan butun xalq buning tovushini eshitib, so‘zini angladilar. 
Anda Rasululloh: 
— Ey zab, kimga ibodat qilursan? — dedilar. 
Ul: 
— Yeru-ko‘kda hukmi bor, do‘zaxda qahri bor, ulug‘ qudratlik Allohga ibodat qilurman, — 
dedi. 
— Ey zab, men kim bo‘lurman? — dedilar. 
— Barcha olamni yaratgan parvardigori Allohning haq payg‘ambari, barcha anbiyolar 
sarvari erursiz. Sizga iymon keltirganlar ikki dunyoda jannat topgaylar. Sizdan yuz 
o‘girganlar abadiy azobga qolgaylar, — dedi. 
Bu ulug‘ mo’jizani ko‘rib a’robiy darhol iymon keltirdi. 
— Allohning payg‘ambari ekansiz, aniq bildim, oldin ko‘rganimda sizni hammadan 
ko‘proq dushman tutgan edim. Endi ersa chin ko‘nglim bilan sizga iymon keltirdim, — 
dedi. 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hamdu sano aytgach: 
— Bu ulug‘ ne’matni Alloh senga nasib qilib Islom diniga kirding, endi har dinni 
yoritgudek, Islom dinining chirog‘i namozdur. Namozsiz dinni Xudo qabul qilmagay, — 
deb a’robiyga Fotiha va Ixlos surasini o‘rgatdilar. 
A’robiy Rasululloh oldidan chiqqach, o‘z joyiga qaytdi ersa, yo‘lda kelayotgan qurollik 
qalin askarga yo‘liqdi. Qarasa, o‘z qabilasidan ming kishi Rasulullohga qarshi 
urushmoqqa kelmish edi. 
A’robiy ularni ko‘rgach, to‘sib yo‘ldan qaytardi. Rasulullohdan ko‘rgan mo’jizasini aytib 
berdi. Barchalari kalima keltirib iymonlik bo‘ldilar. So‘ngra shu joydan to‘g‘ri Madinaga 
kelishib, Rasululloh bilan ko‘rishdilar. Har birlari shahodat aytib, tutgan joylarini, 
muborak qo‘l-oyoqlarini o‘pishur edilar. 
Bundoq ko‘pchilik xalqning birdaniga iymon keltirishi ersa, hech ko‘rilmagan ish edi. 
Shuning uchun Rasululloh va barcha sahobalar bu ishga ko‘p suyundilar. Bu qabila ersa 
Rasulullohdan xizmat talab qilib edilar, ul zot askarlik xizmatida Holid ibn Validning 
bayrog‘i ostida turmoqlarini buyurmishdur. 

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   387   388   389   390   391   392   393   394   ...   473




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin