YIGIRMA UCHINCHI MO’JIZA Ulug‘ sahobalardan Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladi:
«Hudaybiya g‘azotida suvsizlikdan askarga chanqoqlik paydo bo‘ldi. Rasululloh namozga
tahorat olmoqchi bo‘ldilar. Kosadan kattaroq bir idishda suv bor edi, shu suvdan tahorat
oldilar. Anda sahobalar Rasululloh huzurlariga kelib:
— Yo Rasulalloh, chanqoqlik butun askarni qopladi. Ichmakka va tahorat qilmoqqa
oldingizdagi shul suvdan boshqa suv qolmadi, — deyishdi.
Anda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qutlug‘ qo‘llarini shu idishdagi suvga soldilar.
Shunda muborak barmoq oralaridan buloqdek suv qaynab chiqqani turdi.
Butun askar ot-ulovlari bilan shu suvdan ichib qondilar:
Hazrati Jobir aytishicha, bu qo‘shinda bir ming to‘rt yuz kishi bor edi. Agar yuz ming
kishi bo‘lur ersa dag‘i bu suvning yetishiga shak yo‘q edi. Mundan boshqa bir necha
joylarda ham shunga o‘xshash mo’jizalar bo‘ldi. Tabuk g‘azotida ko‘rilgan mo’jizalarni
ersa, yuqorida aytib o‘tdik.