Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy
www.ziyouz.com kutubxonasi
328
qondilar. Ul xotun ersa bunga hayron bo‘lib qarab turdi. Butun askar borliq idishlarini
shu suvdan to‘ldirib oldilar. So‘ngra Rasululloh sollallohu
alayhi vasallam xotunni
xursand qilish uchun askardan bir muncha oziq-ovqat yig‘dirib berib:
— Endi borgil, biz sening suvingdan ichmadik. Alloh o‘z suvidan bizni qondirdi.
Shu bilan bu xotun Rasululloh oldidan chiqib o‘z yeriga keldi. Anda ul xotundan qavmi:
— Nechuk kech qolding? — deb so‘radilar.
Ul xotun:
— Bu kelishimda ajab bir qiziq ishga yo‘liqdim. Yo‘lda kelayotganimda
qarshimdan ikki
kishi chiqib, meni qo‘ymay bir odam qoshiga eltdilar. U ersa yangi bir din keltirgan odam
emishdur. Ko‘z oldimda shunday-shunday ishlarni qildi. Bu kishi o‘tkir sehrchi bo‘lishi
kerak yoki o‘zi aytgandek, Allohning payg‘ambaridur.
So‘ngra shu xotun so‘zi sabab bo‘lib, Rasululloh bilan ko‘rishmasdanoq
barchalari iymon
keltirishdi».
Dostları ilə paylaş: