YIGIRMA BESHINCHI MO’JIZA Jobir ibn Abdulloh shundoq rivoyat qilur:
«Quraysh boshliq Makka va Madina atrofidagi arab qabilalari birlashib, Abu Sufyon
qo‘mondasida Madinaga hujum qilmoqchi bo‘ldi. Bu xabar eshitilgach, Rasululloh urush
maydoni atrofiga o‘ra (handaq) qazishni buyurdilar. Bu ishga Salmon Forsiy maslahat
bermish edi. Rasululloh boshliq barcha sahobalar bir oy chamalik bu ishda bo‘ldilar. Shul
yillarda bir oz qahatchilik ham bor edi.
Bir kuni ko‘rsam, ochlik Rasulullohning yuzlaridan bilinib turar edi. Ul zotga ichim og‘rib
uyga keldim. Borliq ovqatim bir so’a, (ya’ni sakkiz qadoq) arpa, bir ulog‘im bor edi.
Arpani un qil, deb xotunimga buyurdim, uloqni so‘yib qozonga soldim. Taom pishguncha
Rasulullohni chorlab kelmakchi bo‘ldim.
Anda xotunim:
— Rasululloh oldida meni uyatga qo‘ymagil, bu ersa yetti-sakkiz kishilik ovqatdir, undan
ortiq odam chaqirma, — dedi.
Shu bilan Rasululloh qoshiga kelib yashirincha:
— Yo Rasulalloh, bir uloq so‘yib, bir so’a arpa unni xamir etib, taom pishirib sizni
chaqirgali keldim, besh-olti kishiga yetarlikdur, — dedim.
Rasululloh bu so‘zni anglab:
— Ey xandaq ahli, Jobir sizlar uchun osh pishirmishdur, qani yuringlar! — deb
qichqirdilar.
Ansor-muhojirin boshliq butun xalq Rasululloh ortidan uyima qarab yurdilar. Buni ko‘rib
chopganimcha el oldida kelib xotunimga xabar qildim:
— Uyatga qoldim, butun xalqni olib, mana Rasululloh kelib qoldilar.
Anda xotuni:
— Qanchalik oshimiz borligini Rasululloh anglamish ersalar, inshaalloh, bizga uyat
bo‘lg‘udek ish yo‘qdur. Buning sirini Alloh payg‘ambari o‘zi bilur, — dedi.
Rasululloh ham shu orada ilgariroq kelib qoldilar. Xotinim bir so’a undan qilingan xamirni
keltirdi. Anga va qaynab yotgan qozonga qarab:
— Ey bor Xudoyo, bu taomga baraka bergil, — deb duo qildilar.
So‘ngra ul zot kelganlar o‘n kishidan bo‘lib o‘ltirmoqlarini buyurdilar. Anda uyimga
kelmish kishilar ulug‘ qudratlik Alloh oti bilan qasam qilurmankim, mingdan ortiq edi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ovqatni «Bismillah» deb o‘zlari suzdilar. Butun
kelmish kishilar bir qozon oshdan yeb to‘yib tarqashdi. El ketgandan so‘ngra qarasam,
qozonda osh boyagidek to‘liq turibdur. Bir uloq va bir so’a arpa unidan bo‘lgan osh ming