Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə392/473
tarix02.01.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#44324
1   ...   388   389   390   391   392   393   394   395   ...   473
MDh1lrJ9on4m7H1hd68aQWzfLbKYSrvbtDN2Qbk8

YIGIRMA IKKINCHI MO’JIZA 
Anas ibn Molik va onamiz hazrati Ummu Salama— ikkovlari rivoyat qilurlar: 
«Bir kuni Rasululloh Makka shahridan tashqari sahroga chiqdilar. Yo‘lda 
ketayotganlarida: «YO Rasululloh» deb uch qayta chaqirgan tovush eshitildi. Qarasalar, 
bo‘ynidan bog‘langan bir kiyik turibdur. Aning oldida bir a’robiy boshini burkab uxlab 
yotibdur. 
Rasululloh kiyikka qarab: 


Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
327
— Nima hojating bor? — deb so‘radilar. 
Anda kiyik: 
— Yo Rasulalloh, shul yotgan a’robiy meni ov qilib oldi, emizib turgan ikki bolam bor edi, 
ular shul tog‘ ichida qoldi. Meni bo‘shatib qo‘ysangiz, ularni emizib darhol qaytib 
kelurman. Agar qaytib kelmas ersam, Alloh taolo zolimlar azobidek meni azob qilsin, — 
dedi. 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning rahmlari kelib, kiyikni bo‘shatib yuborib, qarab 
turdilar. Xiyol o‘tmay kiyik qaytib keldi. Rasululloh uni burungidek qilib 
bog‘layotganlarida ovchi a’robiy uyg‘onib qoldi. Qarasa, Rasululloh kiyik oldida 
turibdurlar. Bu a’robiy iymon keltirgan kishilardan edi. Anda ul hayron bo‘lib: 
— Yo Rasulalloh, biror hojatingiz bormidur, bu joyga kelib qolibsiz, — dedi. 
Anda Rasululloh: 
— Ushbu kiyikni ozod qilib yuborur ersang, mening hojatim shuldur, — dedilar. 
A’robiy bu so‘zni anglashi bilan darrov turib kiyikni bo‘shatib yubordi. Aning qo‘lidan 
bo‘shangan bu kiyik ochiq til bilan: «La ilaha illallohu Muhammadur Rasululloh», deb 
qayta-qayta takrorlaganicha chopib ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi. 
Bu mo’jizani rivoyat qiluvchi Zayd ibn Arqam shunday aytur: 
— Alloh oti birla qasam qilurmankim, o‘z ko‘zim bilan ko‘rdim, shu qulog‘im bilan 
eshitdim, bu kiyik sahroda chopganicha shu kalimani to‘xtamay aytdi». 

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   388   389   390   391   392   393   394   395   ...   473




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin