Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə419/473
tarix02.01.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#44324
1   ...   415   416   417   418   419   420   421   422   ...   473
MDh1lrJ9on4m7H1hd68aQWzfLbKYSrvbtDN2Qbk8

QIRQ OLTINCHI MO’JIZA 
Bir kuni Rasulullohning xodimlari hazrati Anasning onasi Payg‘ambarimiz huzurlariga 
kelib: 
— YO Rasulalloh, xizmatchingiz o‘g‘lim Anasning haqqiga duo qiling, — dedi. 
Rasululloh duo qilib: 
— Ey bor Xudoyo, Anasning mol-dunyosi ko‘paysin, bola-chaqasi o‘sib-unsin, unga 
bergan ne’matlaring ersa barakotlik bo‘lsin, — dedilar. 
Hazrat Anas: 
— Rasulullohning duolari qabul bo‘ldi, shu zamonning boylaridan bo‘ldim. Tirikligimda 
mendin tarqalgan bolalarim ersa yuzdan ortiq bo‘ldilar. O‘lganlari ham bundin oz emas 
edi. Ko‘rgan ne’matlarim barchasi barakotlik bo‘ldi. Ko‘rib turasiz shu kunlarda mendan 
rohatlik boy kishi yo‘qdur, — dedi. 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hazrati Anas haqida qilgan duolari ichida unga 
bergan ne’matlaring barakotlik bo‘lsin, deb edilar. Endi shuni bilmoq kerakkim, 
odamning mol-dunyosi ko‘payib, boshqalar ko‘ziga boy ko‘ringani bilan, agar barakasi 
bo‘lmasa, undog‘ boylikning dunyo-oxiratda hech kimga foydasi yo‘qdur. Balki ikki 
dunyoda ham undin ziyon ko‘rgaylar. Shunga o‘xshash agar bir kishi yuz yil umr ko‘rsa 
yoki yetmish turli ilm-hunar o‘rgansa, agar unga baraka berilmasa, umrining uzunligidan 


Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
343
oxiri xorlikka qolib, bezor bo‘lg‘ay. Ilm-hunarning ko‘pligidan boshqalar bu yoqda, o‘zi 
qong‘udek ham foyda ololmagay. 
Endi baraka degan narsa nimadur? Har ishning igililigi, har ishdan chiqqan yaxshilik 
natijasidur. Bu ersa Xudo tomonidan bo‘lur. Iymonlik kishilargina munga ishonurlar. 
«Umringdan baraka topgur», deb duo qilish eng ulug‘ olqishdur. 
Baraka Xudo tomonidan bo‘lur dedik. Muning ma’nosi shuldurkim, har qanday inson bir 
ishga kirishmoqchi bo‘lsa, eng avval shariat buyurgancha o‘z niyatini to‘g‘rilashi farzdur. 
Agar din ilmini o‘qimoqchi ekan, bilganiga birinchi o‘zi amal qilsin, bilmaganini so‘rasin, 
bilganlarini o‘rgatishga niyat qilsin. O‘qishi va o‘rgatishi Xudo uchun bo‘lsin. Bu to‘g‘rida 
hech kimdan ta’ma qilmasin. Birovning yelkasiga yuk bo‘lish emas, balki birovning yukini 
yengillatish ko‘yini tutsin, qisqasi shulkim, qaysi fanni bilsa, qanday hunarni o‘rgansa, 
boshqalarga yordam yetkazish, inson olamiga bir ulush foyda kirgizishni o‘ylasin. YOlg‘iz 
o‘zi ko‘rib, o‘z foydasinigina kuzatish esa, islomiyatga ochiq xiyonat, insoniyatga ulug‘ 
jinoyatdur. 
Agar kishi Rasululloh aytganlaridek, ish boshida niyatini to‘g‘rilab, xalq foydasini kutmas 
ekan, yetmish turlik ilm-fan bilgani bilan o‘la-o‘lguncha ishdan qo‘li bo‘shamaydi, ko‘ngli 
g‘am-qayg‘udan chiqmaydi. Agar barakalik bo‘lur ekan, ishi oz bo‘lsa ham unumlik 
bo‘lib, aning yaxshiligi o‘zidan oshib boshqalarga ham yetadi. 
Inson olami yaratilgandan boshlab shunday barakalik kishilardan butun xalq foydalanib 
kelmoqdadur. 

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   415   416   417   418   419   420   421   422   ...   473




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin