Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə416/473
tarix02.01.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#44324
1   ...   412   413   414   415   416   417   418   419   ...   473
MDh1lrJ9on4m7H1hd68aQWzfLbKYSrvbtDN2Qbk8

QIRQ UCHINCHI MO’JIZA 
Abdulloh ibn Mas’ud rivoyat qiladi: 
«Bir kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
— Bir joyga borurmiz, yurgil, — deb qo‘limdan tutdilar. 
Shu yurganimizcha shahar tashqarisiga chiqdik. So‘ngra meni bir yerga o‘lturg‘izib 
atrofimga xat chizdilar va: 
— Bu xat ichidan zinhor tashqari chiqmagin, sening oldinga turli suratda kishilar 
kelgaylar. Alarga sen gapirmagin va kelgunimcha shu darajadan chiqmay o‘ltirgil, — 
dedilar. 
Rasululloh ketdilar ersa, aytganlaridek, har yoqdan turli xil kishilar kelgani turishdi. Hech 
biri chiziqqa yaqinlashmasdan Rasululloh turgan joyga borishur edi. Shundog‘ bo‘lib 
kechaning oxirida Rasululloh u joydan qaytib keldilar ersa, tizzamga bosh qo‘yib, ko‘zlari 
uyquga ketdi. Qarasam, oq libos kiygan bir qancha odamlar osmondan tushgali turdilar. 
Bularning husni-jamollaridan, kiygan liboslaridan ko‘z qamashur, aqllar lol bo‘lur edi. 
Bularning qaysilari Rasulullohning bosh-oyoqlariga, qaysi birlari ersa oyoq tomonlariga 
kelishib o‘ltirar edilar. So‘ngra, o‘zaro so‘zlab turib: 
— Bu kishiga Xudo tarafidan berilgan ne’mat, hech bir odamga berilmagandur. Mundog‘ 


Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
341
ulug‘ darajalik inson hech qachon ko‘rilmagan. Uni qaranglar-chi, ko‘zi uxloq ko‘ngli 
uyg‘oqdir. Buning misoli shuldurkim, bir podsho eng chiroyli bir saroy solmishdir. Uning 
ichini yasab, har turlik ne’matlar bilan to‘ldirmishdur. So‘ngra u podsho elchilar, jarchilar 
yuborib yorliq qilmishkim, hech kim qolmay mening saroyimga kirib ular uchun 
tayyorlangan cheksiz ne’matlarimdan xohlaganlaricha yesinlar, men ulardan rozi 
bo‘lurman. Agar jarchilar so‘zlariga quloq solmay menim saroyimga kelmasalar, ularga 
qahr qilurman, demishdur. Mana bu podsho Allohdur. Yasalmish nozu-ne’matga to‘lmish 
saroy ersa Allohning jannatidur, xalqni chaqirmoq uchun yuborgan elchisi 
Muhammaddur. Kim Muhammadning so‘ziga kirib, uning chaqirig‘ini qabul qilmas ekan. 
Tangrining qahriga qolib abadiy azobga yo‘liqqay, — dedilar. 
So‘ngra ular yana ko‘kka ko‘tarilib ko‘zdan g‘oyib bo‘ldilar. Shu orada Rasululloh 
sollallohu alayhi vasallam uyqudan uyg‘onib: 
— Ey Ibn Mas’ud, bular so‘zlarini angladingmi? Ularning kimlar ekanini bildingmi? Bular 
ersa Allohdan kelgan farishtalardurlar, — dedilar».  

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   412   413   414   415   416   417   418   419   ...   473




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin