Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə418/473
tarix02.01.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#44324
1   ...   414   415   416   417   418   419   420   421   ...   473
MDh1lrJ9on4m7H1hd68aQWzfLbKYSrvbtDN2Qbk8

QIRQ BESHINCHI MO’JIZA 


Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
342
Abu Hurayra rivoyat qilur: 
«Sadaqa, zakotga kelgan bir qancha xurmo yig‘ilmish edi. Rasululloh meni unga qorovul 
qilib qo‘ydilar. Qarab o‘ltirsam, kechasi bir kishi kelib, xurmodan o‘g‘irlagani turdi. Uni 
ushlab olib, Rasulullohga keltirmoqchi bo‘ldim. 
— Muhtojligimdan bu ishni qildim, endi ikkinchi qilmayman, — deb ko‘p yolvordi.  
Rahmim kelib, qo‘yib yubordim. Ertalab Rasululloh qoshlariga keldim ersa, salomdin 
so‘ngra: 
— Ey Abu Hurayra, bu kecha tutmish asiring qani, uni nima qilding? — dedilar. 
Xudo haqqi, o‘zimdan boshqa bu ishni hech kim bilmagan edi. 
— Otam-onam sizga fido bo‘lsin, yo Rasululloh, u ko‘p yolvordi, ikkinchi qilmasga ahd 
qilgach, rahmim kelib qo‘yvordim, — dedim. 
Anda Rasululloh:  
— Ul yolg‘on aytadur, bu kecha yana kelgusidur, — dedilar. 
Muni anglab o‘ltirdim. Rasululloh aytqonlaridek u yana keldi. Uni tutib olib keldim, ko‘p 
yalindi, ikkinchi qilmasga ahd berib qo‘limdan yana bo‘shandi. 
Ertalab Rasululloh oldilariga keldim. Meni ko‘rgach: 
— Ey Abu Hurayra, u yolg‘onchi seni aldab, bu gal ham qutilib ketibdur. Qarab turgil, bu 
kecha yana kelur, — dedilar. 
Ani poylab o‘ltirib, yana ushlab oldim. 
— Endi seni Rasululloh oldig‘a olib borgayman, boshqa hech iloji yo‘qdur, — deb qattiq 
turdim ersa, ul aytdi: 
— Men bo‘shatur ersang, senga bir narsa o‘rgantaykim, undan ko‘p foyda ko‘rgaysan. 
— Qani aytgil-chi, ko‘rayin, — dedim. 
— Har kechasi yotar chog‘ingda «Oyatal kursi»ni bir yo‘la o‘qir bo‘lsang, tong otguncha 
bir farishta seni saqlar. Shaytonni senga yaqinlashtirmagay, — dedi. 
Uni bo‘shatib yuborib, Rasululloh huzuriga keldim ersa, uni so‘radilar.  
Aning aytgan so‘zini aytib edim: 
— U yolg‘onchidur, lekin «Oyatal kursi» to‘g‘risida to‘g‘ri so‘zlamishdur, u shayton erdi, 
— dedilar». 

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   414   415   416   417   418   419   420   421   ...   473




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin