Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/473
tarix02.01.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#44324
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   473
MDh1lrJ9on4m7H1hd68aQWzfLbKYSrvbtDN2Qbk8

www.ziyouz.com kutubxonasi 
53
biri oq, biri qoradur, — dedilar. 
Payg‘ambarimizdan bu xabarni onglab turgan kishilar shoshilinch ravishda karvonni 
qarshi olish uchun shahar tashqarisiga qarab jo‘nadilar. Shu chog‘da bir kishi: «Mana, 
kun chiqdi», yana birlari: «Mana, karvon keldi», dedi. Qarasalar, qofila qorasi yiroqdin 
ko‘rinmish edi. Makka mushriklari karvonga yetishlari hamon, alarning birinchi qilgan 
ishlari Payg‘ambarimizning bergan xabarlarini tekshirish bo‘ldi. Qarasalar, aytganlaridek
hamma so‘zlari to‘ppa-to‘g‘ri chiqdi. Karvon haqida keltirgan xabarlaridan hech 
qanchalik xilof topmadilar. Payg‘ambarimiz deganlaridek, eng oldida qora bo‘z tuya 
ustida somon tiqqan oq-qora qoplari bilan kelmoqda edi. Endi shu qadar qudrat 
ko‘rsatish bilan ulug‘ mo’jizalarni ko‘zlari bilan ko‘rib tursalar ham, yana haqiqatga 
egilmadilar. «Hoy, Muhammadga so‘z yo‘q, shunchalik ko‘z bog‘lovchi sehrchilikni kimdin 
o‘rganmish ekan?», deb ilgarigidan ham ortiqroq dushmanliklari kuchaydi. 
Yana shu Me’roj kechasi ertalab Jabroil alayhissalom kelib, besh namozning vaqtlarini, 
rakatlarini, namoz o‘qish tartiblarini Payg‘ambarimizga o‘rgatdilar. Namoz farz bo‘lishidin 
burun erta-kech ikki rakatdin, to‘rt rakat namoz o‘qir edilar. Bu esa Ibrohim 
alayhissalomning namozlari edi. Buni birovdan ko‘rmasdin, hech kimdin o‘rganmasdin, 
Allohning ilhomi ila o‘qib yurgan edilar. Endi bu ulug‘ mo‘jiza — Me’roj voqeasi o‘tgandin 
keyin, Quraysh qabilasidin Payg‘ambarimiz umidlari uzildi. 

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   473




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin