14
Soliqlarning funksiyalari to‘g‘risida fanda turli xil qarashlar
mavjud. Sobiq Ittifoq davrida soliqlar ikki xil funksiyani bajaradi, degan
qarash keng tarqalgan edi. Bu ikki funksiya
sifatida fiskal va nazorat
funksiyalari tan olinardi. Eng asosiy funksiya bu soliqlarning fiskal
funksiyasidir, chunki bu funksiyasiz nazorat funksiyasining mavjud
bo‘lishi mumkin emas, deb qaralardi.
Bir qancha G‘arb iqtisodchilaring nazariyalari angliyalik iqtisodchi
J.Keynsning konseptsiyasiga asoslanadi. By konseptsiyaga ko‘ra soliqlar
fiskal funksiyasidan tashqari iqtisodiyotni tartibga solish,
rag‘batlantirish va daromadlarni boshqarish vositasi funksiyalariga ega,
soliqning bu funksiyalari uni iqtisodiyotni tartibga solish va iqtisodiy
barqaror o‘sishni ta’minlash vositasi sifatida foydalanish zarurligidan
kelib chiqadi.
Neokeynschilik yo‘nalishi vakillari bo‘lgan L.Xarrot, N.Kaldor,
A.Xansen va P.Samuelsonlarning fikriga ko‘ra soliqlar iqtisodiyotni
tartibga solish funksiyasiga ega. Ular soliq stavkalarini o‘zgartirish va
turli xil imtiyozlar berish yo‘li bilan bu funksiyani bajarish mumkin, deb
hisoblaydilar.
Soliqlarning daromadlarni boshqarish
funksiyasining yuzaga
kelishiga fransuz iqtisodchisi E.Jirardenning nazariyasi asos bo‘lgan. Bu
nazariyaga ko‘ra soliqlar yordamida soliqqa tortishning progressiv
shkalasini qo‘llash yo‘li bilan jamiyat a’zolari o‘rtasidagi mulkiy
tengsizlikka barham berish mumkin. Hozirgi kunda bu nazariyaning
davomchilari bo‘lib, amerikalik iqtisodchilar A.Ilersik, G.Koul, fransuz
iqtisodchilari M.Kludo, J.Furaste hisoblanishadi. Ularning fikriga ko‘ra
davlat soliqlardan va transfer to‘lovlaridan foydalanish yo‘li bilan
jamiyat milliy daromadini kambag‘allar foydasiga qayta taqsimlaydi. Bu
nazariyalar soliqlarning daromadlarni tartibga solish funksiyasi mavjud,
degan xulosa kelib chiqishiga sabab bo‘ldi.
I.Malmiginning fikriga ko‘ra soliqlar uch funksiyani bajaradi, ya’ni
fiskal, taqsimlash va rag‘batlantirish funksiyalari. Uning fikriga ko‘ra
birinchi funksiya davlat daromadlari manbalarining
tashkil topishi bilan
bog‘liq, ikkinchisi yuridik va jismoniy shaxslarning daromadlarini
taqsimlashni nazarda tutadi. Rag‘batlantirish funksiyasi turli imtiyozlar
va yengilliklar berish yo‘li bilan amalga oshiriladi
9
. O‘z-o‘zidan ko‘rinib
turibdiki, G‘arb iqtisodiy adabiyotlaridagi daromadlarni boshqarish
funksiyasi I.Malmiginda taqsimlash funksiyasi sifatida namoyon
bo‘lmoqda.
9
Мальмигин
И
.
Налоги
как
элементы
финанса
. –
М
.:
перевод
с
англ
. 1997.
С
. 69.
15
Soliqlarning funksiyalari ularning mohiyatini amaliyotda harakat
qilayotganligini ko‘rsatadi.
Shunday ekan, funksiya doimo yashab, soliq
mohiyatini ko‘rsatib turishi zarur. Demak, funksiya kategoriyasi doimiy,
qat’iy takrorlanib turadigan voqelikni ifodalaydi. Shunday uslubiy
yondashishdan kelib chiqib soliqlarning funksiyasini aniqlash kerak.
Soliqlarning funksiyalari masalasida hozirga qadar olimlar o‘rtasida
katta bahslashuvlar mavjud, lekin yagona bir fikrga kelingan emas.
Ko‘pchilik iqtisodchilar soliqlarga fiskal, boshqaruvchi, rag‘batlantiruvchi,
nazorat funksiyalari xos deb ta’rif berishadi.
Soliqlarning quyidagi
asosiy funksiyalarini
ajratib ko‘rsatish maqsadga muvofiqdir:
soliqning fiskal, tartibga solish, rag‘batlantirish,
nazorat, soliqni hisoblash jarayonini axborot
bilan ta’minlash funksiyasi.
Soliqlarning asosiy funksiyasi – fiskal funksiya hisoblanib (lotincha
«fiscus» so‘zidan olingan bo‘lib, xazina degan ma’noni anglatadi), bu
funksiyaning mohiyati shundan iboratki, soliqlar yordamida davlatning
moliya resurslari hosil qilinadi hamda davlat faoliyat ko‘rsatishi uchun
moddiy sharoit yaratiladi. Soliqlar orqali korxonalar va fuqarolar
daromadining bir bo‘lagini,
davlat boshqaruvini, mamlakat mudofaasini,
umuman noishlab chiqarish sohasini saqlab turish maqsadida undirib
olish yo‘li bilan davlat byudjetining daromad qismini shakllantirish –
soliqlar fiskal funksiyasining eng muhim elementi hisoblanadi.
Ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan fiskal funksiyaning ahamiyati
oshib boradi. Ishlab chiqarish ijtimoiy tusdaligining chuqurlashishi fan-
texnika taraqqiyotining rivojlanish munosabati bilan asosan soliqlar
hisobiga shakllantiriladigan moliyaviy resurslar oqimini
ko‘paytirishning real zarurati yuzaga keladi. Davlat iqtisodiy va ijtimoiy
tadbirlarga ko‘proq e’tibor bergan sari moliyaviy resurslarni ko‘proq
sarflaydi, lekin soliq tizimi o‘zining fiskal
funksiyasi vazifalarini
bajarishi jarayonida ishlab chiqarishning o‘sishiga, jamg‘arish
jarayoniga xalal bermasligi, ijtimoiy adolatni buzmasligi hamda
iqtisodiyotning umumiy tuzilmasida buzilishlar sodir bo‘lishiga yo‘l
qo‘ymasligi, bozor jarayoniga putur yetkazmasligi kerak.
Soliqlarning ushbu funksiyasi orqali paydo bo‘ladigan pul resurslari
davlat byudjeti orqali qayta taqsimlanadi, ular ishlab chiqarish va
ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishga,
ustuvor tarmoqlarni
investitsiyalashga yo‘naltiriladi.
Jahon amaliyotida ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan shaxslar
uchun soliq imtiyozlari va yuqori daromad oluvchi shaxslar uchun
progressiv stavkalar belgilash ham qo‘llanadi, ya’ni aholining kam
Dostları ilə paylaş: