Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf


II  Avtotransport vositalari olinganligi va (yoki) O'zbekiston



Yüklə 3,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə159/220
tarix21.10.2023
ölçüsü3,58 Mb.
#158531
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   220
Элекрон қулланма (дарслик)

II 
Avtotransport vositalari olinganligi va (yoki) O'zbekiston 
Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirilganligi uchun 
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi organlarida 
ro‘yxatdan o‘tkazish chog‘ida avtotransport vositalarining 
egalari (foydalanuvchilari) tomonidan to‘lanadigan yig‘im 

Yangi (foydalanishda bo‘lmagan) avtotransport vositalari
bo‘yicha 
xarid qilish narxidan 
3% 
foydalanish muddatiga
qarab har bir ot kuchi 
uchun eng kam ish 
haqiga nisbatan %da 
Foydalanilgan avtotransport vositalari bo‘yicha: 

yilgacha 
3 yildan 

yilgacha 
7 yildan 
ortiq 
Engil avtomobillar 
11 



Mototsikllar (shu jumladan, mopedlar) va yordamchi dvigatel
o‘rnatilgan velosipedlar, kajavali yoki kajavasiz 
10 7 5 


303
Boshqa motorli transport vositalari 
16 
13 

III 
"O'zavtoyo‘l" AJ korxona va tashkilotlari mol-mulkini 
sotib olishdan tushgan mablag‘larning byudjetga tushishi 
lozim bo‘lgan umumiy summasidan ajratmalar (%) 
50 
 
Izohlar:
1. O'zbekiston Respublikasi hududi bo‘ylab xorijiy davlatlarning 
og‘ir yuk tashuvchi va yirik gabaritli transport vositalari o‘tganligi 
uchun mazkur ilovada nazarda tutilgan stavkalar bo‘yicha yig‘im 
to‘lanishi bilan bir qatorda qo‘shimcha ravishda O'zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 11 yanvardagi 11-son 
qarori bilan belgilangan miqdorlarda to‘lov undiriladi.
2. O'zbekiston Respublikasining Tojikiston Respublikasi bilan 
Davlat chegarasini kesib o‘tadigan xorijiy yuk avtotransport vositalari va 
avtobuslarning O'zbekiston Respublikasi hududiga kirishi va u orqali 
tranzit o‘tishi uchun mazkur ilovada nazarda tutilgan stavkalar bo‘yicha 
yig‘im to‘lanishi bilan bir qatorda qo‘shimcha ravishda O'zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 17 dekabrdagi 274-son 
qarori bilan belgilangan miqdorlarda yig‘imlar undiriladi. 
3. O'zbekiston Respublikasiga uchinchi mamlakatlardan yuklar olib 
o‘tishda va O'zbekiston Respublikasi hududidan yuklarni olib chiqishda 
Turkmaniston yuk avtotransport vositalaridan qo‘shimcha ravishda 
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 28 
sentyabrdagi 447-son qaroriga muvofiq 175 AQSh dollari miqdorida 
yig‘im undiriladi. 
4. Gumanitar yuklarni olib o‘tishda avtotransport vositalarining olib 
kirilishi va tranzitida undiriladigan yig‘imlar stavkasiga nisbatan 0,5 
kamaytiruvchi koeffitsienti qo‘llaniladi. 
5. Agar O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida 
boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari 
qo‘llaniladi. 
Avtotransport vositalarini olish yoki O‘zbekiston Respublikasi 
hududiga vaqtinchalik olib kirish uchun yig‘imni to‘lashdan quyidagilar 
ozod qilinadilar: 

ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan qo‘l bilan boshqarishga 
moslashtirilgan engil avtomobilni va (yoki) motoaravachani oluvchi 
barcha guruhlardagi nogironlar;

yaqin qarindoshlaridan hadya shartnomasi yoki meros asosida 
avtomobillar va motoaravachalar oluvchi fuqarolar. 


304

faoliyatining asosiy turi yo‘lovchilar tashish bo‘lgan, qonun 
hujjatlariga muvofiq yo‘lovchilar tashish uchun belgilangan namunadagi 
litsenziyaga ega bo‘lgan avtotransport korxonalari - yo‘lovchilar 
tashishni amalga oshiruvchi transport vositalari bo‘yicha (engil 
avtomobillar va yo‘nalishli taksilardan tashqari);

yuridik shaxslar - qirq tonnadan ortiq yuk ko‘taradigan, olingan 
kon avtosamosvallari bo‘yicha;

homiylik (beg‘araz) yordami sifatida avtomobillarni olgan (sotib 
olgan) bolalar uylari, ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar, nogiron 
bolalar uchun markazlar, qariyalar va kichik yoshdagi nogironlar uchun 
internat-uylar, shuningdek byudjet hisobidan moliyalashtiriladigan 
tibbiyot muassasalari;

yuridik shaxslar - avtotransport vositalarini bitta tizim (davlat va 
xo‘jalik boshqaruvi organi) ichida balansdan balansga bepul 
o‘tkazishda;

qayta tashkil etish natijasida avtotransport vositasini olgan 
huquqiy voris;

avtotransport vositalarini yuqoridagi 6.3.1-jadvalning 3-5-
bandlarida ko‘rsatilgan yuridik shaxslarga lizingga berish uchun oluvchi 
lizing beruvchilar. 
Avtotransport vositalarini olganlik va (yoki) O‘zbekiston 
Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirganlik uchun yig‘im ular 
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi organlarida davlat 
ro‘yxatidan o‘tkazilayotganda, qayta ro‘yxatdan o‘tkazilayotganda 
quyidagi hollarda undiriladi: 

avtotransport vositalari oldi-sotdi, almashtirish, hadya, bepul 
berish shartnomasi asosida, shuningdek qonun hujjatlarida 
taqiqlanmagan boshqa bitimlar asosida mulk qilib olinganda;

avtotransport vositalari yuridik shaxsning ustav fondiga (ustav 
kapitaliga) yoki qonun hujjatlarida belgilangan tartibda dividendlar 
sifatida olinganda;

avtotransport vositalari lizingga berish uchun olinganda. Yig‘im 
taraflarning yozma kelishuviga ko‘ra lizing beruvchidan yoki lizing 
oluvchidan undiriladi. Lizing beruvchi O‘zbekiston Respublikasining 
norezidenti bo‘lgan taqdirda, yig‘im lizing oluvchidan undiriladi. Lizing 
shartnomasi muddati tugaganidan so‘ng mazkur lizing (ikkilamchi 
lizing) shartnomasi predmeti bo‘lgan avtotransport vositasi qayta 
ro‘yxatdan o‘tkazilayotganida takroran yig‘im undirilmaydi;


305

avtotransport vositalari O‘zbekiston Respublikasi hududiga 
vaqtinchalik olib kirilganda. 
Avtotransport vositalarini olish va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi 
hududiga vaqtinchalik olib kirish uchun yig‘im to‘langanligi 
to‘g‘risidagi hujjat taqdim etilmagan holda avtotransport vositalarini 
ro‘yxatdan o‘tkazish, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish yoki texnik ko‘rikdan 
o‘tkazish amalga oshirilmaydi.
Chet davlatlar avtotransport vositalari O‘zbekiston Respublikasi 
hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranzit tarzida o‘tganligi uchun 
yig‘im chet davlatning avtotransport vositasi O‘zbekiston Respublikasi 
hududiga kirayotganida undiriladi. 

Yüklə 3,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   220




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin