Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf


VII BOB. SOLIQQA OID QONUNBUZILISHLARGA



Yüklə 3,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə161/220
tarix21.10.2023
ölçüsü3,58 Mb.
#158531
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   220
Элекрон қулланма (дарслик)

 


307
VII BOB. SOLIQQA OID QONUNBUZILISHLARGA 
BARHAM BERISH VA ULARNING OLDINI OLISH 
DAVLAT BYUDJETI DAROMADLARINI
KO‘PAYTIRISH OMILI 

 
7.1. Soliqqa oid qonunbuzilishlarga soliq tizimi orqali ta’sir 
etishning asosiy yo‘nalishlari 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 51-moddasida har bir 
fuqaroning qonun tomonidan belgilangan soliqlar va mahalliy 
yig‘imlarni to‘lash majburiyati ko‘rsatilgan.
71
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan soliqlarni o‘z vaqtida 
to‘lamaslik, soliq bazasini yashirish, hisobga olinmagan operatsiyalarni 
amalga oshirish va soxta bitimlar tuzish yo‘li bilan soliq to‘lashdan 
bo‘yin tovlash soliqqa oid qonunbuzilishlarning asosiy shakllari 
hisoblanadi. 
Soliqqa oid qonunbuzilishlar davlat byudjetining daromadlari hajmiga 
bevosita ta’sir qiladi, chunki davlat byudjeti daromadlarining asosiy qismi 
soliq tushumlaridan iboratdir. Bundan tashqari, soliqqa oid qonunbuzilishlar 
iqtisodiy taraqqiyotga ham kuchli tarzda salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu 
ta’sir davlat tomonidan soliq stavkalarining oshirilishida, yangi soliq 
turlarining joriy etilishida va byudjet xarajatlarini moliyalashtirish 
maqsadlariga bank tizimi kreditlarining keng ko‘lamda jalb qilinishi orqali 
inflyatsiyaning va byudjet xarajatlarining oshishida namoyon bo‘ladi. 
Soliq ilmining taniqli namoyondalari G.Stayn, M.Bernst, 
A.Lafferlar soliqlar soliq to‘lovchilarning xo‘jalik faoliyatiga jiddiy 
zarar etkazmasliklari, ularning ishlab-chiqarishdan manfaatdorliklarini 
pasaytirmasliklari lozim, degan xulosaga kelishgan. Ularning fikriga 
ko‘ra, yuqori soliqlar ishlab chiqaruvchilar va ishchilarning soliq 
to‘lashdan keyin qoladigan mablag‘lar hisobidan oladigan ijtimoiy 
to‘lovlar summasini sezilarli darajada qisqarishiga olib keladi. A.Laffer 
va ularning tarafdorlari chegaraviy (mukammal) soliq stavkalarining 
muhimligini e’tirof etganlar, chunki bu stavkalar qo‘shimcha jamg‘arma 
71
O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi: XIX chaqiriq O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI 
sessiyasida 1992 yil 8 dekbrda qabul qilingan. –T.: O'zbekiston, 1998. 18-bet 


308
va investitsiyalash xususida qarorlar qabul qilishga bevosita ta’sir 
ko‘rsatadi.
72
Soliqqa tortishning progressiv stavkalari va davlat byudjeti 
daromadlarining miqdori o‘rtasidagi miqdoriy bog‘liqlikni tahlil qilar 
ekan, A.Laffer, soliqlarning kamayishi tadbirkorlarning investitsion 
faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, degan xulosaga keldi. 
A.Lafferning fikriga ko‘ra, agar muvaffaqiyatli ishlayotgan bozor 
yuqori va progressiv soliqlar shaklidagi tobora kuchayib borayotgan 
diskriminatsiyaga duch kelsa, u holda xo‘jalik subyektlarining iqtisodiy 
faolligi pasayadi. Soliq stavkalarining o‘sishi o‘zlarining ma’lum 
darajasigacha soliq tushumlarining o‘sishini rag‘batlantiradi, keyin esa 
bu o‘sish sekinlashadi va pirovard natijada, davlat byudjeti 
daromadlarini keskin tarzda kamayishi yuz beradi. 
Hozirgi vaqtda mavjud bo‘lgan soliq tizimlarini shartli ravishda 
ikkiga bo‘lish mumkin. 
1) Amerikacha soliq tizimi. 
2) Shvedcha soliq tizimi. 
Soliq tizimining Amerika modeli tadbirkorlarga soliq taz’yiqining 
minimal darajasiga asoslanadi. Ammo bunda tadbirkorlarning ixtiyorida 
ishlab chiqarishni rivojlantirish va yangi ish o‘rinlarini yaratish uchun 
zarur bo‘lgan sezilarli darajadagi mablag‘lar qoladi. Shvetsiyada soliqlar 
darajasi Evropadagi boshqa davlatlardagi soliqlarga nisbatan sezilarli 
darajada yuqori, ammo Shvetsiyada aholini ijtimoiy himoyalash 
tizimining dunyodagi eng barqaror turi mavjuddir. Ayni vaqtda, shuni 
e’tirof etish lozimki, Shvetsiyada keyingi vaqtlarda soliq yukining 
og‘irligi tufayli salbiy iqtisodiy holatlarning yuzaga kelayotganligi bir 
qator iqtisodchi-olimlar tomonidan e’tirof etilmoqda.
73
Shvetsiyada 
ishlab chiqaruvchilar soliq yukining og‘irligi hisobidan ijtimoiy 
dasturlarni moliyalashtirish va milliy iqtisodiyotning barqarorligini 
ta’minlash masalasi muvaffaqiyatli tarzda hal etilmoqda, ammo ishlab 
chiqaruvchilarning mehnatdan manfaatdorligining pasayayotganligi, 
kapitalning mamlakatdan chiqib ketish jarayonlari kuchayayotganligi 
sezilmoqda. 
72
Макконелл
К
.
Р
., 
Брю
С
.
Л

Экономикс

Принципы

проблемы
и
политика

В

Т

Пер

с
анг
. II-
го
изд

Т
1. –
М
.: 
Республика
, 1993. 
С
.356 
73
Нечаев
А

Налоговая
система
подталкивает
бизнес
к
уходу
в
теневой
сектор
. //
Финансовые
известия
, 1995. 

56. 
С
.4 


309
Hozirgi vaqtda xo‘jalik subyektlarining iqtisodiy faoliyati ko‘proq 
baynalminal xarakterga ega bo‘lib, bu holat tovarlar, mehnat 
resurslarini, moliyaviy va real investitsiyalarni doimiy ravishda bir 
davlatdan ikkinchi davlatga o‘tishini ta’minlamoqda. Bu tendensiyani 
kelgusida yanada kuchaytirishni tasdiqlovchi zaruriy dalillar mavjud. 
Iqtisodiy faoliyatning baynalminallashuvi turli soliq tizimlariga ega 
bo‘lgan mamlakatlar o‘rtasida amalga oshmoqda. Shunga muvofiq, bu 
mamlakatlar amalga oshirayotgan soliq siyosatining xususiyatlaridan 
kelib chiqqan soliq yukining darajasi bo‘yicha ham bir-biridan keskin 
farq qiladi. Soliqqa tortishning past darajasiga ega bo‘lgan har qanday 
davlat investitsiyalarni joylashtirish uchun nisbatan jozibador 
hisoblanadi. Shu munosabat bilan ayrim xorijiy iqtisodchi-olimlar 
kapitallarni jahon miqyosida samarasiz taqsimlash tendensiyasining 
kuchayayotganligidan tashvishga tushmoqdalar. Ularning fikriga ko‘ra, 
kapitallarni jahon miqyosida taqsimlashning asosiy mezoni bo‘lib, 
investitsiyalarning soliqqa tortishgacha bo‘lgan daromadlilik miqdori 
emas, balki u yoki bu mamlakatda soliq yukining darajasi 
hisoblanmoqda.
74
Shunday qilib, soliq stavkasining ma’lum darajaga etishi ishlab 
chiqarishni kengaytirishga bo‘lgan rag‘batni so‘ndiradi, soliqqa tortish 
bazasiga kiruvchi daromadlarning ma’lum qismini xufiyona 
iqtisodiyotga o‘tib ketishiga sabab bo‘ladi. 
A.Laffer nazariyasini tanqidiy jihatdan o‘rganish natijalari shuni 
ko‘rsatadiki, unda soliq standartining qabul qilinishi bilan uni amalga 
oshirish o‘rasidagi farq hisobga olinmagan. 
A.Laffer nazariyasining ikkinchi kamchiligi shundan iboratki, 
soliqlarning kamayishi taklifga qaraganda talabga ko‘p ta’sir ko‘rsatadi, 
bu esa dastlab yirik byudjet defitsitini yuzaga keltiradi, keyin esa 
inflyatsiyaning kuchayishiga olib keladi. 
A.Laffer nazariyasining uchinchi kamchiligi shundan iboratki, egri 
chiziqning aynan qaysi nuqtasida soliqlarni kamaytirish to‘g‘risidagi 
qaror qabul qilingan paytda iqtisodiyot normal holatga tushishini bilib 
bo‘lmaydi . 
Umuman olganda soliqqa oid qonunbuzilishlar va soliq tizimi 
o‘rtasida ikkiyoqlama aloqadorlik mavjuddir. Bir tomondan soliq 
74
Tanzi V. Taxation an Integrationg World. –Washington.: The Brooklngs Institut, 1995. p.134; Farmer P., Lyal R. 
EC Tax Law.-Oxford.: Clarendon Press, 1994. p. 297 


310
yukining og‘ir ekanligi, soliqqa oid qonunbuzilishlarning kuchayishi 
uchun zamin yaratsa, ikkinchi tomondan, soliq to‘lovchilarning nohalol, 
nopok ekanligi hamda ularda moddiy boylikka ruju qo‘yish 
kayfiyatining kuchayishi soliqqa oid qonunbuzilishlarni yuzaga keltirish 
orqali soliq tizimi holatining yomonlashuviga olib keladi. 
Xufiyona iqtisodiyot va soliqqa oid qonunbuzilishlarni o‘rganishga 
bag‘ishlangan ilmiy izlanishlarning natijalari shuni ko‘rsatadiki, soliqqa 
oid qonunbuzilishlar xufiyona iqtisodiyotning yadrosini, ya’ni o‘zagini 
tashkil qiladi. Qonunda ko‘zda tutilgan soliq majburiyatlarini 
bajarishdan ongli ravishda bo‘yin tovlash soliq qonunbuzilishlarining 
mohiyatini tashkil qiladi.
75
M.Gurovning fikriga ko‘ra, soliqqa oid jinoyatlar iqtisodiy 
jinoyatchilikning tarkibiy qismi hisoblanadi va xufiyona iqtisodiyotning 
yanada rivojlanishi uchun moddiy zamin yaratadi.
76
Soliq qonunchiligini buzish hollarining ko‘payishi nafaqat soliq 
yuki darajasining oshishiga, balki soliq yukining soliq to‘lovchilar 
o‘rtasida noteng taqsimlanishiga ham bog‘liqdir. 
Klassik iqtisodchi olimlardan biri, soliqqa tortish nazariyasining 
asoschisi A.Smit 1776 yilda o‘zining «Xalqlar boyligining tabiatlari va 
sabablari» nomli kitobida soliqqa tortishning quyidagi tamoyilini 
shakllantirdi: aniqlik, qulaylik, tejamkorlik, adolat tamoyillari. Soliqqa 
tortishning adolat tamoyiliga muvofiq, davlatning har bir fuqarosi davlat 
xarajatlarini moliyalashda o‘zining daromadlari va imkoniyatlaridan 
kelib chiqqan holda qatnashishi shart. Iqtisodiy nuqtai-nazardan olib 
qaraganda, adolat tamoyili davlatning soliqlari va xarajatlari soliq yukini 
ba’zi odamlar zimmasiga yuklash va undan boshqa odamlarning 
foydalanishini ta’minlash yo‘li bilan daromadlarni taqsimlashga ta’sir 
ko‘rsatadi.
Xorijiy iqtisodiy adabiyotlarda mazkur tamoyillarning ikki jihati 
mavjud: gorizontal va vertikal. Gorizontal adolatlilik tamoyiliga ko‘ra 
soliq to‘lovchilar teng mavqega egadirlar va shu sababli bir xil miqdorda 
soliq to‘lashlari kerak. Ushbu tamoyil asosida «undiriladigan soliqlar 
summasi to‘lovchilarning daromadlari miqdoriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
yo‘naltirilganligi haqida»gi g‘oya yotadi. Vertikal adolatlilik tamoyiliga 
75
Макаров
Д
.
Г

Уголовный
кодекс
в
борьбе
с
теневой
экономикой

Проблемы
и
перспектива
. //
Налоговый
вестник
. 2000, 

1. 
С
.120 
76
Гуров
М
.
П

Теневая
экономика

сущность

структура
и
особенности
проявления
в
условиях
перехода
к
рыночной
экономике
в
России

Автореферат
канд

экон

наук
. –
СПБ
, 1998. 
С
.14 


311
ko‘ra esa, soliq to‘lovchilar o‘zaro noteng mavqega egadirlar, shuning 
uchun ular bir xilda soliq to‘lamasliklari lozim. Boshqacha qilib aytganda, 
ushbu tamoyilga ko‘ra, «davlatdan kim ko‘p mablag‘ yoki ne’matlar 
olayotgan bo‘lsa, o‘sha ko‘proq soliq to‘lashi kerak». 
V.Petti o‘zining «Soliqlar va yig‘imlar to‘g‘risida traktat» nomli 
asarida ta’kidlaydiki, «aholining soliqlarni to‘lashni xohlamasligi 
soliqlarning noteng undirilishi va taqsimlanishidadir». 
Taniqli rus iqtisodchi-olimlaridan biri A.Turgenev soliqqa 
tortishning asosiy qoidalaridan biri sifatida soliqlarni teng taqsimlashni 
taklif qiladi. Uning fikriga ko‘ra, soliq to‘lovchilar o‘rtasida soliqlarni 
teng taqsimlash soliq to‘lovchilarning daromadlariga mos kelishi kerak. 
Butun boshli «xalq sinflarini» soliq to‘lashdan ozod etish mumkin emas. 
Shuni ta’kidlash joizki, respublika miqyosida va mahalliy miqyosda 
qo‘llaniladigan ko‘plab soliq imtiyozlari soliq yukini murakkablashtiradi. 
Bunday imtiyozlardan jismoniy va yuridik shaxslarning ma’lum toifalari 
foydalaniladilar. Natijada undirilmagan soliq summalari soliq 
imtiyozlaridan foydalanmaydigan yuridik va jismoniy shaxslar zimmasiga 
yuklatiladi. Buning psixologik jihati shundaki, korxonalarning rahbarlari 
nima uchun boshqalar to‘lamaydigan soliqni biz to‘lashimiz kerak degan 
xulosaga keladilar. Bu xulosa amaliyotda soliq to‘lovchilar tomonidan 
qonunchilikni buzgan holda soliq to‘lovlarini minimallashtirishga urinishni 
yuzaga keltiradi. 
Rivojlanayotgan davlatlarning soliq tizimiga xos bo‘lgan muhim 
xususiyatlardan biri shundaki, ularda xo‘jalik subyektlarining soliq 
to‘lashdan bo‘yin tovlash holatlari davlat byudjeti xarajatlarini 
moliyalashtirish muammosini yuzaga keltiruvchi omil darajasiga 
ko‘tarilgan. Masalan, Rossiyalik iqtisodchi V.Zyabrikovning fikriga 
ko‘ra, «Rossiya Federatsiyasida soliqlar bo‘yicha undirilmagan summa 
taxminan soliq to‘lovlari miqdoriga to‘g‘ri keladi, bu esa Rossiya soliq 
tizimini boshqarib bo‘lmaydigan holatga yaqinlashtiradi».
77
Boshqa iqtisodchi-olimlarning fikriga ko‘ra, daromadlarni yashirish va 
soliqqa tortishning boshqa obyektlarini noto‘g‘ri ko‘rsatish natijasida 
mamlakat yig‘ma byudjetiga har yillik soliq tushumlarining 30 foizdan 50 
foizgacha bo‘lgan qismi tushmayapti.
78
77
Зябриков
В
.
В

Налоговое
планирование

как
способ
согласования
интересов
фирмы
и
государства

Автореферат
дис

кан

экон

наук
. –
СПб
., 1997. 
С
.7 
78
Пансков
В
.
Г

Налоговое
бремя
в
российской
налоговой
системе
. //
Финансы
. –1998. 

11. 
С
.20 


312
O‘zbekiston Respublikasida vaqtida undirilmagan soliq 
tushumlarining davlat byudjetining jami daromadlariga nisbatan 
salmog‘i o‘rtacha 24,0 foizni tashkil qiladi.
79
Soliqqa oid qonunbuzilishlarning tipik ko‘rinishlaridan biri – xo‘jalik 
subyektlari tomonidan tegishli ruxsatnomaga ega bo‘lmasdan, soliq 
inspeksiyalariga soliq hisobini, balans hisobotlarini topshirmasdan moliya-
xo‘jalik faoliyatini yuritish hisoblanadi. Ayrim hollarda soliq organlariga 
subyektning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini mavjud emasligidan guvohlik 
beruvchi tegishli soliq hisobi, balans hisobotlari topshiriladi. Ammo, 
ko‘pincha, soliq organi xodimlari tomonidan joyiga borib hujjatli tekshirish 
o‘tkazilganda subyektlar tomonidan mavjud faoliyatning haqiqatda 
bo‘lganligi aniqlanmoqda. 
Soliqqa oid qonunbuzilishlarning keng tarqalgan turlaridan biri 
bo‘lib, noqonuniy xarakterdagi operatsiyani korxonaning buxgalteriya 
hujjatlarida aks ettirilmasligi hisoblanadi. Bundan ko‘zlangan maqsad 
amalga oshirilgan hisob-kitoblarni imkoniyat qadar ishonchli tarzda 
yashirish hisoblanadi. Bunda hisobga olinmagan naqd pul mablag‘lari 
vositasida hisoblashish keng tarqalgan. Ko‘pchilik hollarda naqd pullar 
ulgurji va chakana savdo o‘rtasidagi munosabatlarda hisobdan chiqib 
qoladi. Chunki, bu yerda soxta hujjatlarning asosiy qismi yuzaga keladi. 
Ulgurji-chakana tijorat sohasidagi korxonalar o‘rnatilgan kassa 
limitidan ortiqcha xarajat qilishga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi huzuridgi pul-kredit komissiyasi tomonidan naqd pulda 
to‘lovlarni amalga oshirish ruxsat etilmagan operatsiyalarni bajarishga 
yo‘l qo‘yadilar, ular ko‘pchilik hollarda olingan naqd pullarni kassaga 
kirim qilmaydilar. 
O‘zbekiston Respublikasi hukumatining nazorat-kassa 
mashinalarini chakana savdo tizimida qo‘llash va kassa intizomiga rioya 
etish xususidagi bir qator qarorlari va ko‘rsatmalari mavjud bo‘lishiga 
qaramasdan, chakana savdo shaxobchalarida nazorat-kassa 
mashinalarini to‘liq joriy etish imkoni bo‘lmayapti. Ayniqsa, tovarni 
bevosita omborxonadan oladigan chakana savdo korxonalari bo‘yicha 
bu jarayonni nazorat qilish samarasiz hisoblanadi. 
Keyingi vaqtlarda amaliyotda yirik sanoat korxonalari tomonidan 
pul mablag‘larini sho‘ba korxonalari orqali noqonuniy tarzda 
o‘zlashtirish hollari uchramoqda. Bunda korxona o‘ziga tegishli pul 
79
O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi yillik hisobot ma'lumotlari asosida hisoblangan. 


313
mablag‘larining ma’lum qismini sho‘ba korxonasining hisob-raqamiga 
o‘tkazadi. O‘z navbatida, mazkur shu’ba korxonasi pul mablag‘larini 
soxta shartnomalar orqali xorijiy davlatlarga o‘tkazib beradi yoki soxta 
kirim-chiqim hujjatlari orqali naqd pulga aylantiriladi va o‘zlashtiriladi. 
Rivojlanayotgan mamlakatlarning ko‘pchiligida hozirga qadar barter 
bitimlarining hisob-kitoblar hajmidagi salmog‘i yuqoridir. Bu holat 
soliqni to‘lamaslik uchun muhim zamin yaratadi. O‘zbekiston 
Respublikasida korxonalar va tashkilotlar o‘rtasida barter asosida 
hisoblashish amaliyotiga chek qo‘yilgan. 
O‘zbekiston Respublikasida veksellar muomalasi vaqtinchalik 
to‘xtatilgan, lekin Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston, Ukraina davlatlarida 
veksellar muomalasi mavjud bo‘lib, u soliq to‘lovlariga salbiy ta’sir 
qilmoqda. Buning boisi shundaki, veksel yuridik shaxslar o‘rtasida hamda 
yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasida o‘zaro hisoblashish shakli bo‘lib, 
ko‘pchilik hollarda soliqqa tortish bazasining kamayishiga, soliqqa oid 
qonunbuzilishlarning ko‘payishiga olib keladi. Soliqqa oid 
qonunbuzilishlarning kuchayishi va byudjet daromadlarining miqdori 
o‘rtasidagi ikkiyoqlama xarakterga ega bo‘lgan bog‘liqlik soliqlardan ongli 
ravishda bo‘yin tovlash holatlariga ilmiy asosda baho berish zaruriyatini 
yuzaga keltiradi. 

Yüklə 3,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   220




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin