Shayx Ismoil Maxdum. Toshkentdagi Usmon Mushafi tarixi
www.ziyouz.com kutubxonasi
21
ikkinchi satrning boshida bo‘lgan, degan rivoyatni keltiradi. Peterburgdagi nusxada esa
unday emas.
Barzanjiy o‘zining “Nuzhatun-nozirin” kitobida: “Hazrati Usmon (r.a.) bir rivoyatda
to‘rtta, ikkinchi rivoyatda beshta, yana bir rivoyatda yettita nusxa oldirganlar”— deydi.
Hozirgi paytda Makka, Madina, Qohira va Petrogradda to‘rtta nusxa mavjud va ularning
hammasida qon izlari bor. Bundan kelib chiqadiki, boshqa nusxalarga, Bosh Mushafga
o‘xshatish maqsadida qon izlari ataylab tushirilgan. Nima bo‘lganda ham, odamlar
Peterograddagi nusxani xuddi o‘sha Bosh Mushaf deb e’tiqod qiladilar va unga juda katta
ahamiyat beradilar. Xuddi shu sababga ko‘ra Bokuda tashkil topgan Islomiy osor-
atiqalar boshqarmasi Moskvadagi (Petrograd bo‘lsa kerak) «Islom sho‘rosi» raisiga
telegramma yo‘llab, Petrograd xatar ostida bo‘lganligi uchun sho‘ro tarafidan Mushafni
mazkur kutubxonadan olib chiqishga harakat qilish va uni amniyat idoralariga qo‘yishni
iltimos qiladi. Mushafning taqdiri nima bo‘lishi faqat Alloh taologa ayon. Ruslar Mushafni
mazkur kutubxonadan olinishiga rozi bo‘larmikanlar?” (Maqola tugadi.)
1917 yil fevral inqilobidan so‘ng imperator kutubxonasidan Mushafni zo‘rlik bilan
bo‘lsa ham olish maqsadida, Preobrajenskiy polki tarkibida bir musulmon bo‘linma
tuziladi. Lekin, muvaqqat hukumat bundan xabar topib, bu bo‘linmani tarqatib yuboradi.
1917 yilning Oktyabr inqilobidan so‘ng Peterburgda tuzilgan mahalliy Islom sho‘rosi
Mushaf masalasida yangi hukumat raisi Lenin nomiga murojaat va talabnoma maktubi
yozdi. Bunga javoban, xalqlar huquqlarini himoya qilish shiori ostida tezlik bilan
Mushafni musulmonlar qo‘liga topshirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Ushbu qarorga
Lenin imzo chekdi. Mana o‘sha qarorning tarjimasi:
Maorif ishlari bo‘yicha xalq komissari Anatoliy Vasilevich Lunacharskiyga 9 dekabr 1917 yil, Peterburg shahri. Xalq komissarlari Sovetiga Petrograd milliy okrugi O’lka musulmonlari qurultoyidan murojaatnoma tushib, unda Rusiyadagi barcha musulmonlarning orzularini amalga oshirish maqsadida, yuqorida zikr qilingan qurultoy hozirgi vaqtda Davlat umumiy kutubxonasida saqlanayotgan «Muqaddas Usmon Qur’oni»ni musulmonlar tasarrufiga berilishini so‘raydi. Qurultoy ushbu qarorining amalga oshirish vazifasini qurultoy raisi, Umum Rusiya musulmonlari harbiy sho‘rosining raisi o‘rtoq Usmon Hidoyatovich To‘qumbetov va milliy parlament a’zosi Karim Muhamedshin Sagidovlarga yuklagan. Xalq komissarlari Soveti Davlat umumiy kutubxonasida saqlanayotgan “Muqaddas Usmon Qur’oni”ni darhol O’lka musulmonlari qurultoyiga topshirishga qaror qildi va Sizdan ushbu munosabat bilan tegishli farmoyishlarni amalga oshirishingizni so‘raydi. Xalq komissarlari Sovetining raisi: V.Ulyanov (Lenin) Sovetning ish boshqaruvchisi: Bon-Bruevich Kotib: N.Gorbunov O’sha oyda Mushafi Sharif Peterburgdan maxsus poezdda, askarlar faxriy
qorovulligida, Rusiya musulmonlarining Ufa shahridagi markaziy idorasi qarorgohiga
keltirildi. Ufa shahri vokzalidagi o‘sha kungi manzara Islomning naqadar buyukligini
namoyish etdi. Diniy rahbarlar, hukumat arboblari, masjid imom-xatiblari, madrasa,
insititut, universitet talabalari hamda shaharning erkagu ayol aholisi Qur’oni Karimni
kutib olishga chiqqan edilar. Mushafi Usmoniyning musulmonlarga qaytarilishi haqidagi
quvonchli xabarlar gazeta va jurnallarda e’lon qilindi. Toshkentda chiqadigan «Izhorul-
Toshkentdagi Usmon Mushafining tarixi. Shayx Ismoil Maxdum