Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə196/244
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#161865
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   244
Usta va Margareta

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
195
— Xo‘sh, xo‘sh. Nega endi aynan o‘sha yerdan? 
— Igemon, fahmimcha, Iuda na Yershalaimning o‘zi-da, na undan uzoqroq biron yerda o‘ldirilgan. 
Uni Yershalaimga yaqin biron ovloqda o‘ldirishgan. 
— Sizni men o‘z ishining omilkori bo‘lgan odamlardan biri deb hisoblayman. Rimda, desam, 
qanchalik to‘g‘ri bo‘larkin — aniq aytolmayman-u, lekin mustamlakalarimizda sizga teng keladigani 
yo‘q. Sabab nima, izohlab bering? 
— Iudaning shubhali odamlar qo‘liga — shahar ichida ilinishini hech tasavvur qila olmayman, — 
deb past ovoz bilan gapira boshladi Afraniy. — Ko‘chada birovni imi-jimida bo‘g‘izlab ketib 
bo‘lmaydi. Demak, uni avrab biron-bir pastqam yerto‘laga olib borishlari kerak. Illo, xizmat xodimlari 
Quyi Shaharni qidirib chiqishdi va shubhasiz shahar ichida o‘ldirilgan bo‘lganida uni topmay 
qo‘yishmasdi. Lekin u shaharda yo‘q, bunga men kafilman. Agar uni shahardan olisrokda 
o‘ldirishganda edi, manavi pul solingan qopchiq hazrati buzrukning uyiga bunchalik tez kelib 
tushmagan bo‘lardi. U shaharga yaqin yerda o‘ldirilgan. Uni shahardan avrab olib chiqib ketishgan. 
— Buning qanday uyushtirilganiga hech aqlim bovar qilmayapti. 
— Ha, prokurator, mazkur ishda tug‘ilgan eng og‘ir savol shu, uni yecha olish-olmasligimni hatto 
o‘zim ham bilmayman. 
Darhaqiqat, jumboq! Dindor odam hayit oqshomida, arafa oshidan voz kechib, noma’lum sabab 
bilan shahardan chiqib ketadi-yu, o‘sha yerda halok bo‘ladi. Uni kim va qay yo‘sinda avrab olib chiqib 
ketdi ekan? Ayol kishining ishi emasmikin bu? — tuyqus ruhlanib ketdi prokurator. 
Afraniy bamaylixotir va qat’iy javob qaytardi: 
— Aslo, prokurator. Bunday bo‘lishi sira mumkin emas. Mantiqan mulohaza qilish lozim. Iudaning 
o‘limidan kim mapfaatdor edi? Qandaydir sayoq xayolparastlar to‘dasi, turgan gapki, ular davrasida 
ayol kishining bo‘lishi hech aqlga sig‘maydi. Men sizga aytsam, prokurator, uylanish uchun pul kerak 
bo‘ladi, odamzodni yorug‘ dunyoga keltirish uchun ham o‘sha narsa zarur, ammo ayol kishining 
yordamida bu ishni amalga oshirish uchun, aytib qo‘yay, juda ham ko‘p pul kerak bo‘ladi, bunday pul 
esa sayoqlarning birontasida ham yo‘q. Bu ishda ayol jinsi qatnashmagan, prokurator. Shuni ham aytib 
qo‘yay: qotillikni bu yo‘sin izohlash ishni chuvalashtirib yuborishi, to‘g‘ri xulosa chiqarishga xalal 
berishi va meni chalg‘itib qo‘yishi mumkin. 
— Siz mutlaqo haq ko‘rinasiz, Afrapiy, — derdi Pilat, — men faqat o‘z taxminimni aytuvdim, 
xolos. 
— Taassufki, bu yanglish taxmin, prokurator. 
— Xo‘sh, unda qanday qarorga kelish mumkin? — xitob qildi prokurator, Afraniyning yuziga o‘sha 
sinchkovlik bilan tikilarkan. 
— Mening taxminimcha, sabab — o‘sha pul. 
— Ajoyib fikr! Lekin kim va nima uchun unga tunda pul taklif qiladi, ustiga-ustak, shahar 
tashqarisida-ya? 
— E, yo‘q, prokurator, bunday emas. Menda yagona bir taxmin bor, agar u xato bo‘lib chiqsa, 
boshqa hech qanday izoh topa olmasam kerak, — Afraniy prokurator tomon engashib, pichirlab dedi: 
— Iuda o‘z ulushini yolg‘iz o‘zigagina ma’lum bo‘lgan birop xilvatroq yerga yashirmoqchi bo‘lgan. 
— G‘oyat dono izoh. Chindan ham shunday bo‘lgani aniqqa o‘xshaydi. Endi fikringizga 
tushundim: uni odamlar emas, balki o‘z mulohazasi shahardan olib chiqib ketgan. Ha, ha, xuddi 
shunday. 
— Shunday. Iuda badgumon odam bo‘lgan. U pullarini odamlarda yashirmoqchi bo‘lgan. 
— Ha, siz Hefsimaniyaga dedingiz. Lekin nima uchun uni aynan o‘sha yerdan izlamoqchisiz, men 
bunga, ochig‘i, tushuna olmayapman. 
— O, prokurator, buni tushunish juda oson. Hech kim o‘z pulini yo‘l yoqasiga, ochiq va sayhon 
yerga yashirmaydi. Binobarin, Iuda na Xevron yo‘lida, na Vifaniya yo‘lida bo‘lgan. U hammayog‘i 
dov-daraxt bilan to‘silgan xilvat bir go‘shaga borgan bo‘lishi kerak. Bu kunday ravshan narsa. 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin