www.ziyouz.com kutubxonasi
193
yerda ovqatlangan, ertalab esa Ha-Nots-rini shu yerda so‘roq qilgan edi. Prokurator to‘shakka yotdi,
ammo hech ko‘ziga uyqu kelmadi. Yalang‘och oy juda yuksakda, beg‘ubor fazoda muallaq turardi,
bedor prokurator bir necha soat muttasil undan ko‘z uzmay yotdi.
Taxminan vaqt yarim kechaga borganda uyqu igemonga shafqat qildi. Prokurator titroq bilan
homuza tortdi-da, plashini yechib tashladi, ko‘ylagi ustidan bog‘langan, qinga solingan yalpoq po‘lat
pichoq osilgan kamarini yechib, chorpoya yaqinida turgan kresloga qo‘ydi, kavushini yechib, oyog‘ini
uzatib yotdi. Shu zahoti Banga ham uning to‘shagiga chiqib, boshini egasinint boshiga qilib, uning
yoniga yotdi, prokurator ham bir qo‘lini ko‘ppakning bo‘yniga tashlab, nihoyat ko‘zini yumdi.
Ko‘ppak ham faqat shundan keyin uyquga ketdi.
Chorpoya nim qorong‘i joyga, ustun panasiga qo‘yilgan bo‘lib, u oy shu’lasini to‘sib turardi, lekin
balkonga chiqib keladigan pilapoyadan to prokuratorning to‘shagigacha oy yog‘dusi uzun poyandoz
bo‘lib yozilgan edi. Prokurator g‘aflatga ketib atrofidagi borliq muhit bilan aloqa uzgan hamonoq
o‘sha charog‘on poyandozdan yurib ketdi, yurganda ham yuqoriga, to‘g‘ri oyga qarab yura boshladi. U
tushida o‘zi ketib borayotgan feruzadek tiniq, zangori yo‘dda uchragan hamma narsa go‘zal va beqiyos
ekanligidan quvonib, hatto kulib ham yubordi. Uni Banga kuzatib borar, yana unga anavi daydi
faylasuf ham hamroh bo‘lgan edi. Ikkovlari nihoyatda murakkab va muhim bir masala yuzasidan
mubohasa qilishar, biroq bu bahsda na u, na bu ustun chiqa olardi. Ular hech bir narsada bir-birlari
bilan kelisha olmasdilar, shunga ko‘ra, bahslari nihoyatda qiziqarli va behudud edi. O‘z-o‘zidan
ma’lumki, bugungi qatl g‘irt anglashilmovchilik bo‘lib chiqdi — axir, mana, hamma odamlar
saxovatlidirlar, deb o‘ta-ketgan darajada bema’ni narsa o‘ylab chiqqan o‘sha faylasuf u bilan yonma-
yon ketyapti, demak u tirik. Turgan gapki, shunday odamni qatl etish mumkinligi haqida hatto
o‘ylashning o‘zi eng ulkan dahshat bo‘lardi. Qatl bo‘lmagan! Bo‘lmagan! Samoga, oy sari
qilinayotgan sayohatning butun jozibasi ham mana shunda.
Bo‘sh vaqt qalashib yotipti, momaqaldiroq faqat kechga borib boshlanadi, undan so‘ng, qo‘rqoqlik,
shubhasiz, eng mudhish illatlardan biri. Ieshua Ha-Notsri shunday degan edi. Yo‘q, faylasuf, men
senga e’tiroz bildiraman: qo‘rqoqlik — eng mudhish illat.
Mana, masalan, badqahr olmonlar Qizlar vodiysida pahlavop Kalamushkushni g‘ajib tashlashlariga
sal qolganida Iudeyaning bugungi prokuratori, sobiq legion sarkardasi qo‘rqmagan edi-ku. Lekin afv
etasiz meni, faylasuf! Nahotki siz, shunday aqd-zakovatli odam bo‘la turib, Iudeyaning bugungi
prokuratori bo‘lmish kaminanipg qaysar a’lo hazratlariga qarshi jinoyat qilgan bir odami deb o‘z
martabasidan voz kschadi deb o‘ylagan bo‘lsangiz?
— Ha, ha, — deb ingrar va xo‘rsinardi Pilat tushida.
Albatta voz kechadi. Ertalab voz kechmagan bo‘lardi, lekin hozir, kechasi, hamma narsani tarozuta
solib ko‘rgach, voz kechishga rozi. U hech qanday gunohi bo‘lmagan telba xayolparast bu tabibni
qatldan qutqarib qolish uchun har qanday ishga ham tayyor!
— Endi biz doim birga bo‘lamiz, — derdi unga tushida juldurvoqi jahongashta faylasuf, lekin oltin
nayza bilan qurollangan bu suvori uning yo‘lida qanday paydo bo‘lib qolgani mavhum edi.
Odam bor joyda odam bo‘ladi! Meni yodlashadi, demak, seni ham esga olishadi! Ota-onasi ma’lum
bo‘lmagan — men tashlandiqni ham, munajjim qirol bilan tegirmonchining qizi — sohibjamol
Pilatning farzandi bo‘lmish — seni ham.
— Ha, har qalay, sen unutma meni — munajjimzodani eslab tur, — deb iltimos qilardi Pilat
tushida. Shunda Iudeyaning toshbag‘ir prokuratori o‘zi bilan yonma-yon ketayotgan En-Sariddan
chiqqan yalang-oyoqning «xo‘p» degandek bosh irg‘atganini ko‘rib, tushida bir yig‘lab, bir kulardi.
Bularning hammasi-ku yaxshi, lekin igemonning tushi qancha shirin bo‘lgan bo‘lsa, uyg‘onishi
shuncha dahshatli bo‘ldi. Banga oyga qarab irillay boshladi, shunda xuddi moy surib shibbalaganday
tayg‘anoq moviy yo‘l birdan prokuratorning ko‘zi oldida o‘pirilib g‘oyib bo‘ldi. U ko‘zini ochdi-yu
birinchi navbatda, qatlning bo‘lib o‘tgani esiga keldi. Dastavval o‘z odati bo‘yicha Banganing
bo‘yinbog‘idan ushladi, so‘ng xasta ko‘zlari bilan osmondan oyni axtara boshdadi: oy bir oz yonga