Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə191/244
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#161865
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   244
Usta va Margareta

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
190
Iuda qattiq hayajonlanganidan yuragi xuddi qafasga tushgan qushday qattiq-qattiq teparkan, o‘tgan-
ketganlar eshitmasin uchun nafasi og‘ziga tiqilgancha pichirlab so‘radi: 
— Qayoqqa ketyapsan, Niza? 
— Senga nima? — deb javob qildi Niza qadamini sekinlatarkan Iudaga viqor bilan tikilib. 
Shunda Iudaning ovozida bolalarga xos bir talaffuz eshitildi, u esankirab pichirladi: 
— Ie, nega endi?... Axir shartlashgandik-ku. Men senikiga bormoqchi edim. O‘zing aytuvding-ku 
butun oqshom uyda bo‘laman deb... 
— E, yo‘q, yo‘q, — dedi Niza va tantiq qizlarga o‘xshab pastki labini do‘rdaytirgan edi, uning 
chehrasi — Iuda o‘z umrida ko‘rgan parichehralar ichida eng go‘zal hisoblagan chehrasi — yigitning 
ko‘ziga yana ham chiroyliroq bo‘lib ko‘rindi, — zerikib ketdim. Sizlar bayram qilyapsizlar, men nima 
qilay? Sening peshayvonda turib olib xo‘rsinishingni tomosha qilaymi? Buning ustiga, oqsochim 
erimga chaqsa nima qilaman, deb yurak hovuchlab o‘tiraymi? Yo‘q, yo‘q, men ham shahar 
tashqarisiga chiqib ketib, bulbullar xonishini eshitishga ahd qildim. 
— Shahar tashqarisiga deysanmi? — dedi Iuda esankirab, — yolg‘iz o‘zing-a? 
— Ha, yolg‘iz o‘zim, — deb javob qildi Niza. 
— Maylimi seni kuzatib borsam? — hayajonlanganidan entikib so‘radi Iuda. U esankirab qoddi, 
butun borliqni xayolidan faromush qilib, Nizaning hozir tim qora bo‘lib ko‘rina boshlagan ko‘k 
ko‘zlariga iltijo bilan bokdi. 
Niza hech nima demay, qadamini ildamlatdi. 
— Nega indamayapsan, Niza? — deb so‘radi Iuda yolboruvchi ohangda u bilan baravar qadam 
tashlashga urinarkan. 
— Meni zeriktirib qo‘ymaysanmi? — dedi birdan Niza va yurishdan to‘xtadi. Shunda Iudaning esi 
butkul og‘ib qoldi. 
— Ha, yaxshi, — dedi Niza nihoyat ko‘ngli yumshab, — ketdik. 
— Qayoqqa, qayoqqa boramiz? 
— Shoshma... kel, yaxshisi, manavi hovliga kirib kelishib olaylik, tag‘in bitta-yarimta tanish-bilish 
ko‘rib qolib, Nizani ko‘chada o‘ynashi bilan chaqchaqlashib turganini ko‘rdim, deb gap tarqatib 
yurmasin. 
Shu zahoti Niza bilan Iuda bozorgohdan g‘oyib bo‘lishdi. Ular qaysiyam bir hovlining bostirmasiga 
kirib pichirlashardilar. 
— Sen juvozkashlik mulkiga bor, — dedi Niza pichirlab va ayni paytda chelak ko‘tarib 
bostirmadan o‘tayotgan bir begona erkakdan yuzini chetga burib, chodrasini ko‘zigacha tushirib oldi, 
— Kedronning paryog‘idagi Hefsimaniya bog‘iga, tushundingmi? 
— Ha, ha, ha. 
— Men oldinda boraman, — deb davom etdi Niza, — lekin sen orqamdan izma-iz yurma, ancha 
keyinda qolib bor. Soydan o‘tganingdan keyin... g‘or bor... bilasan-a uning qaerdaligini? 
— Bilaman, bilaman... 
— Objuvoz yonidan o‘tib tepaga ko‘tarilasan-da, keyin g‘or tomonga burilasan. Seni o‘sha yerda 
kutaman. Lekin hoziroq izimga tushma, to men ancha yerga borib olgunimcha bardosh qilib, shu yerda 
kutib tur. — Niza shu so‘zlarni aytib bostirmadan chiqib ketdi va go‘yo, Iuda bilan 
suhbatlashmaganday, g‘oyib bo‘ldi-qoldi. 
Iuda parokanda xayolini bir yerga jamlashga urinib, ancha vaqtgacha qimir etmay turib qoldi. 
Chunonchi u xeshlarining hayit oshida bo‘lolmaganini qanday izohlashi haqida o‘yladi. U turgan 
yerida allaqanday bahonalarni o‘ylab topar, ammo, qattiq hayajonlanganidan miyasiga durustroq bir 
vaj kelmasdi, shu zayl beixtiyor oyoqlari uni bostirma ostidan olib chiqib ketdi. 
Endi u yo‘lini o‘zgartirdi. Quyi Shaharga borishdan aynib, yana Kaifaning qasri tomon burildi. Iuda 
endi atrofida bo‘layotgan voqealarni deyarli ko‘rmasdi. Bayram ruhi shaharga endi kirib kelayotgan 
edi. Iuda o‘tib borayotgan ko‘chalarga ochilgan derazalar nainki charog‘on, balki u yerlardan 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin