Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə190/244
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#161865
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   244
Usta va Margareta

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
189
silkitib salomlashdi. 
— Yolg‘izmisan? — deb ohista so‘radi Afraniy yunonchalab. 
— Ha, — deb pichirladi juvon. — Erim ertalab Qaysarnyaga jo‘nab ketdi, — shu gapdap so‘ng 
juvon o‘girilib uy eshigiga qarab qo‘ydi-da, pichirlab ilova qildi: — Lekin oqsochim uyda. — Keyin u 
qo‘li bilan ishora qilib, mehmonni uyga taklif qildi. Afraniy oldin atrofga bir nazar tashlab, g‘ishtin 
pillapoyadan peshayvonga chiqa boshladi. Keyin esa ayol ham, u ham uy ichiga kirib ketishdi. 
Afraniy bu ayol huzurida juda oz vaqt, nari borsa, besh daqiqa bo‘ldi. Keyin u uyni va peshayvonni 
tark etdi, qaytarma qalpoqni ko‘zi ustiga tushirib ko‘chaga chiqdi. Bu payt uylarda chiroqlar yoqila 
boshlagan edi, ko‘chalar bayram oldi taraddudida hali ham tiqilinch edi, shunga ko‘ra, xachir mingan 
Afraniy ko‘chalarni to‘ldirgan piyoda va otliqlar orasida yo‘qolib ketdi. Uning shundan keyin 
qayoqlarga borganini hech kim bilmaydi. 
Afraniy Niza deb atagan juvon esa yolg‘iz qolgach juda shoshqaloqlik bilan kiyimini o‘zgartira 
boshladi. Qorong‘ida kerakli buyumlarni topish qanchalik qiyin bo‘lsa ham, u chiroq yoqmadi, 
oqsochni ham yordamga chaqirmadi. U otlanib bo‘lib, boshiga qora chodra yopingandan keyingina 
ovozi eshitildi. 
— Birov so‘rasa, meni Enantanikida deb aytarsan. Qorong‘ida oqsoch kampirning to‘ng‘illagani 
eshitildi. 
— Enantanikida? Yana o‘shanikiga bormoqchimisan? Axir ering ruxsat bermagan edi-ku! G‘irt 
qo‘shmachi o‘sha Enantang! Ering kelsin, chaqib beraman seni... 
— Hoy, hoy, o‘chir uningii, kampir, — dedi Niza va «ship» etib uydan chiqib ketdi. Uning 
kavushlari ovozi endi sahniga tosh terilgan hovlidan eshitildi. Oqsoch xotin bir nimalarni 
to‘ng‘illagancha peshayvoi eshigini zanjirlab oldi. Niza uydan chiqib ketdi. 
Xuddi shu payt Quyi Shahardagi hovuzlardan biriga olib boruvchi boshqa bir qing‘ir tor ko‘chaga 
joylashgan, orqasi ko‘chaga, derazalari ichkari hovliga qaragan ko‘rimsiz bir uyning ko‘cha eshigidan 
soqol-mo‘ylovi chiroyli qilib kuzalgan, boshiga chinniday toza, oppoq ro‘mol tashlagan, egniga 
qoshiyali yap-yangi havo rang bayram tallifi, oyog‘iga g‘archi bor yangi kavush kiygan bir yigit 
chiqdi. Ulug‘ ayyom sharofati bilan yasangan bu qirg‘iyburun, o‘ktam yigit, uy-uylariga, arafa oshiga 
oshiqayotgan o‘tkinchilardan ham jadalroq, tetikroq yurib borarkan, xonadonlarda birin-ketin chiroqlar 
yona boshlaganini kuzatardi. Bu yigit bozor yonidan o‘tib, Jome tepaligi etagiga joylashgan hazrati 
buzruk Kaifaning qasriga olib boruvchi yo‘ldan ketib borardi. 
Yana bir necha daqiqadan so‘ng uning Kaifa darvozasidan kirayotganini va oradan bir necha lahza 
o‘tar-o‘tmas qasrdan chiqqanini kuzatish mumkin edi. 
Yigit shamchirokdar va mash’alalar bilan yoritilib, bayram taraddudiga gavjum bo‘lgan qasrdan 
qaytib chiqqach, yana ham serg‘ayratroq, xushchaqchaqroq bo‘lib, shoshganicha Quyi Shahar tomon 
qayta boshladi. U bozor maydoniga yetib qolganida bir vaqt qora chodrasini deyarli ko‘zigacha 
tushirib olgan bir ayol tiqilinchda uning yonidan xiromon yurish qilib o‘tib, oldinlab ketdi. U o‘ktam 
yigitdan o‘zib ketarkan, bir lahzagina chodrasini yuqoriroq ko‘tarib, yigit tomonga bir zumlik nigoh 
tashladi, lekin qadamini sekinlatmadi, bil’aks hozirgina o‘zi o‘zib o‘tgan yigitdan tezroq qochib 
yashirinmoqchi bo‘lganday, yanada qadamini ildamlatdi. 
Yigit u ayolni nainki payqadi, balki tanidi ham, tanigach, yuragi bir orziqib tushib, yurishdan taqqa 
to‘xtadiyu uning orqasidan hang-mang bo‘lib tikilib qoldi, keyin hushini yig‘ib olgach, ayolning 
orqasidan darhol quva ketdi. U yo‘lda ko‘za ko‘targan bir odamga urilib, uni yiqitib yuborayozdi va 
axiri ayolga yetib oldi-yu, hayajonlanganidan hansirab nafas olarkan, uni chaqirdi: 
— Niza! 
Ayol orqasiga o‘girilib yigitga ko‘z suzib qaradi, qaragandayam, hafsalasi pir bo‘lganday, 
sovuqqina qaradi va yunon tilida quruqqina shunday dedi: 
— E-ha, senmiding, Iuda? Bir qarashda tanimabman. Qaytaga yaxshi bo‘ldi. Negaki, xalqimizda 
shunday bir naql bor: agar tanish odamingni tanimay qolsang, u boy bo‘larmish... 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin