Yigirma oltinchi bob
DAFN
Ehtimol, mana shu qosh qoraya boshlagani prokuratorning chehrasida keskin o‘zgarish yuz
berganiga sabab bo‘lgandir. U shu bir zumning o‘zida go‘yo qarib, munkayib qolgandek bo‘ldi, buning
ustiga, vahimaga tushib, bezovta bo‘la boshladi. U bir marta orqasiga o‘girilib, suyanchig‘iga plash ilib
qo‘yilgan bo‘sh kresloga ko‘zi tushdi-yu, negadir ssskanib ketdi. Bayram tuni kirib kelayotgan va
kechki ko‘lankalar o‘z o‘yinini boshlagan edi, kim bilsin, shuning uchun ham charchagan
irokuratorning ko‘ziga bo‘sh kresloda birov o‘tirganday bo‘lib ko‘ringandir. Prokurator qo‘rqib ketib,
plashni paypaslab ko‘rdi, so‘ng o‘rnidan turib, balkonda u yokdan-bu yoqqa tinmay tanda qo‘yarkan,
goh qo‘llarini bir-biriga ishqalar, goh xontaxtaga yaqin kelib, qo‘liga qadah olar, goh yurishdan taqqa
to‘xtab, polga terilgan rang-barang koshinlar orasida qandaydir sirli yozuvlarni o‘qimoqchi
bo‘lganday, ularga ma’nosiz tikilib turardi.
Shu bugunning o‘zida uning ikkinchi marta yuragi g‘ash bo‘la boshladi. U ertalabki jahannamiy
dardning asoratidan endi xiyolgina simillab, zirqirab turgan chakkasini ishqalarkan, ne sababdan
bunchalik ruhiy iztirob chekayotganini anglashga urinardi. Garchi buni u tezda fahmlab olgan bo‘lsa
ham. o‘zini chalg‘itishga urinib ko‘rdi. Bugun kunduzi nimanidir butkul boy berib qo‘ygani unga
kunday ravshan edi, endi ana shu xatosini u qandaydir ikir-chikir, eng muhimi kechikkan harakatlar
bilan tuzatmoqchi. Prokurator o‘z-o‘zini aldab, mana shu, hozirgi, kechqurungi raftorlarini ertalabki
hukm kabi muhim deb o‘ziga-o‘zi ukdirmoqchi bo‘lar edi. Ammo bu urinishlari zoe ketayotgan edi.
Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman)
www.ziyouz.com
kutubxonasi
188
U balkonda u yokdan-bu yoqqa tanda qo‘yarkan, burilayotib taqqa to‘xtadi va hushtak chaldi.
Hushtakka javoban zulmat ichidan itning irillagani eshitildi va tuklari bo‘zrang, quloqlari uchli,
bo‘ynidagi tasmasiga oltin nishonlar taqilgan bahaybat bir ko‘ppak bog‘dan otilib kirdi.
— Banga, Banga, — deb chaqirdi prokurator hazin ovoz bilan.
Ko‘ppak orqa oyoqlarida turib, oldingi oyoqlarini egasining yelkasiga qo‘ydi (Pilat gandiraklab
ketdi) va uning yuzini yaladi. Prokurator kresloga o‘tirdi. Banga tilini osiltirib, halloslab nafas olarkan,
o‘z sohibining oyog‘i ostiga yotdi, ayni paytda, bu dovyurak ko‘ppakning ko‘zlaridagi quvonch
alomati, u qo‘rqadigan dunyodagi yagona narsa — momaqaldiroqning tugaganini, shuningdek bu
yerda, o‘zi sevgan, e’zozlagan va dunyodagi barcha odamlarning hukmdori — eng qudratli inson deb
hisoblagan odamning (shular tufayli ko‘ppak o‘zini ham eng imtiyozli, sarbaland va g‘ayrioddiy xilqat
deb hisoblardi) yonida yotganligidan mag‘rurlanayotganligini ifodalardi. Lekin garchi ko‘ppak o‘z
sohibining poyida uning chehrasiga emas, zulmat pardasiga burkanayotgan boqqa qarab yotgan bo‘lsa
ham, egasining boshiga og‘ir kulfat tushganligini darhol payqadi. Shunda u yotgan yeridan turib,
sohibining biqiniga o‘tdi-da, oldingi oyoqlari bilan boshini prokuratorning tizzasiga qo‘ydi va bu bilan
uning plashi etagini ho‘l qum zarralari bilan bulg‘adi. Chamasi, Banga o‘zining bu raftori bilan
sohibiga tasalli bermoqchi va uning dardiga sherik bo‘lishga tayyor ekanligini bildirmoqchi edi. Bu
niyatini u sohibiga qiyo boqqan ko‘zlarida va chimirilgan quloqlarida ifoda etgan edi. Ular ikkovi —
bir-biriga mehr qo‘ygan ko‘ppak bilan inson bayram oqshomini shu zaylda balkonda qarshi oldilar.
Bu asnoda prokuratorning mehmoni o‘z yog‘iga o‘zi qovrilib shahar kezardi. U balkon poyidagi
bog‘ning yuqori sahnini tark etib, zinadan pastki hovliga tushdi. O‘ng tomonga burilib, qasr ichiga
joylashgan kazarmalar oldiga chiqdi. Bayram munosabati bilan prokurator boshchiligida Yershalaimga
kelgan o‘sha ikki kenturiya qo‘shin, shuningdek, prokuratorning mazkur mehmon ixtiyoriga
topshirilgan xufiya soqchilari shu kazarmalarga joylashtirilgan edi. Mehmon bu kazarmalarda, nari
borsa, o‘n daqiqacha bo‘ldi, ana shu o‘n daqiqadan so‘ng bu kazarma hovlisidan yer kavlash asboblari
va bir bochka suv ortgan uchta arava chiqib ketdi. Aravalarni kul rang plash kiygan o‘n besh nafar
suvori kuzatib borardi. Aravalar va suvorilar qasrning orqa darvozasidan chiqib, g‘arb tomon yo‘l
oldilar, shahar darvozasidan chiqqach esa so‘qmoq yo‘l bilan avvaliga Vifleem yo‘liga tushib,
shimolga yurdilar. Hevroniya darvozasi yaqinidagi chorrahaga yetishgach, kunduzi o‘limga hukm
qilinganlar olib o‘tilgan Yaffa yo‘lidan yurib ketdilar. Bu payt qorong‘i tushgan va ufqda oy balqigan
edi.
Aravalar suvorilar kuzatuvida jo‘nab ketgach, sal vaqt o‘tar-o‘tmas endi egniga eski qora libos
kiyib olgan boyagi mehmon ham ot minib qasrdan chiqib ketdi. Lekin mehmon shahar tashqarisiga
emas, shahar ichiga yo‘l oldi. Yana bir oz fursatdan keyin uni shaharning shimoliga, buyuk jomening
yonginasiga joylashgan Antoniy qasriga kirib borayotganini ko‘rish mumkin edi. Mehmon qasrda ham
ko‘p bo‘lmadi, keyin uni Quyi Shaharning «gadoy topmas» qipg‘ir-qiyshiq, tor ko‘chalarida
uchratishdi. Bu yoqqa u endi xachir minib kelgan edi.
Mehmon shaharni yaxshi bilar edi, shuning uchun o‘zi istagan ko‘chani darrov topa qoldi. Bu
ko‘chaning nomi— Yunoniy edi, chunki u yerda yunonlarning bir necha do‘koni, shu jumladan, bitta
gilam do‘koni ham bor edi. Mehmon aynan shu do‘kon oldida to‘xtab, xachirdan tushdi va uning
tizginini darvoza halqasiga bog‘ladi. Do‘kon yopilgan edi. Mehmon do‘kon yonidagi eshikdan bir
mo‘‘jazgina, chor qirra hovliga kirdi, holli atrofiga «P» shaklida omborxonalar qurilgan edi. Mehmon
hovli muyulishidan o‘tib, o‘zini bir xonadonning oldi pechakgullar bilan to‘silgan peshayvoni oldida
ko‘rdi va atrofiga olazarak bo‘lib qaradi. Uy ham, omborxonalar ham hali chiroq yoqilmaganligidan
qop-qorong‘i edi. Mehmon past ovoz bilan chaqirdi:
— Niza!
Shu payt eshik «g‘iych» etib ochilib, kechki g‘ira-shirada yuziga chodra tutmagan bir juvon
peshayvonda paydo bo‘ldi. U kelgan odamning kimligini bilmoq maqsadida yuragi taka-puka bo‘lib,
peshayvon panjarasi osha engashdi. So‘ng kelgan odamni tanib, jilmayib qo‘ydi, bosh irg‘atib, qo‘l
Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman)
Dostları ilə paylaş: |