Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə101/261
tarix29.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#48641
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   261
utgan kunlar ziyouz com 68ccf

www.ziyouz.com kutubxonasi 
84
— Qabul qilg‘an edim. 
— Bizning ruxsatimizni olg‘ali Marg‘ilong‘a ham kelgan edingiz, shundog‘mi? 
— Shundog‘... 
— Barakalla, Marg‘ilong‘a kelib bu gapdan aynadingiz-a? 
— Aynadim... 
— Endi Toshkandga Marg‘ilondan aynab borasiz? 
— ... 
— Mana ko‘rdingizmi, faqat bu ishda bizgina yomon otliq bo‘lamiz. O‘zingizning shu 
xatongiz uchun ham bu gapni qabul qilmoqqa majbursiz. 
Otabek nima deb aytishdan ojiz qoldi va o‘zining bolaliq harakatidan seskandi va 
xijolat orasida so‘radi: 
— Otam sizga qachon xat yozg‘an edi? 
— Kecha oldim. Demak, ko‘ndingiz? 
— Men bu gapka durustlab o‘ylamasdan javob beralmayman. 
— Qancha o‘ylasangiz ham javobingiz birgina bo‘lishi kerak; ya’ni rizoliq. 
Qutidorning bu so‘zi juda ham qat’iy edi. Bu qat’i-yatni onglag‘uchi ko‘ngildan 
chiqarayozg‘an bu masalani chinlab o‘ylamoqqa majbur edi. Nima bo‘lg‘anda ham 
ko‘nglining bir chekkasini kirlatib yotqan bu «ota-ona orzusi» bir tomondan qaralg‘anda 
juda yengil ko‘chkan edi. Ammo ikkinchi tomondan masalaning yeshilmagan o‘rinlari 
ham bor edi. 
— Yaxshi, — dedi, — men sizning taklifingizga ko‘nayin, ammo ko‘nishning va 
rizoliqning zaruri qizingizda emasmi? 
Shu choqqacha mungg‘ayib o‘lturgan Oftob oyim yalt etib eriga boqdi, yana cheksiz 
bir mehribonchiliq nazari bilan Otabekka qaradi. 
— Siz qizimizning andishasini qilib o‘lturmangiz, bek, — dedi qutidor, — bu ishni eng 
yaxshisi unga bildirmaslikdir, keyinroq o‘zi ko‘nikib ketar, bu taraflardan tashvish lozim 
emas. 
— Yo‘q, — dedi bek, — men bu ishka basharti ko‘nganimda ham qizingizdan 
yashirmayman. 
— Nega? 
— Negaki uning rizolig‘ini olmasdan turib, bu ishka oyog‘ qo‘yishim mumkin emas. 
— Agar ko‘nmasa-chi? 
— Ko‘nmasa, men ham ko‘nmaslikka majburman. 
Bu uzil-kesil so‘zdan qutidor o‘ylab qoldi. Oftob oyim bo‘lsa, qizining qadrini bunchalik 
arshlargacha ko‘tarmakda bo‘lg‘an yigitka o‘zida cheksiz muhabbat, poyonsiz ehtirom 
sezmakda va nima uchundir yig‘lag‘usi va kuyavi yuzidan o‘pkusi kelmakda edi. 
— Tuzik, — dedi qutidor, — uning rizolig‘ini o‘zingiz olmoqchimisiz? 
— Yo‘q, negaki qizingiz uchun haqorat bo‘lg‘an bu so‘zni aytish manim qo‘limdan 
keladirgan ish emas, — dedi. Eru xotin bir-birlariga qarashib qo‘ydilar. Keyingi so‘zni 
aytib bitirgach, Otabekning ko‘ziga yosh kelgan edi. O‘zining holidan uyaldi shekillik, 
ularning oldidan turib tashqarig‘a chiqdi. Ul chiqg‘andan so‘ng eru xotin yana yarim 
soatcha janjallashib o‘lturdilar. 
*  *  * 
Xuftan namozidan so‘ng yangilangan tashvishlarni bir oz unutdirar umidi ila 
poychirog‘ yonig‘a o‘lturib, Fuzuliy devonini varaqlar edi. Ammo Fuzuliyning rang-barang 
she’rlari ustida qanoatlanib to‘xtamas, hamon varaqlag‘andan-varaqlar edi. Shoirning 
nafis she’rlari hozir uning uchun tuzsiz so‘zlar yig‘indisidan boshqa bir narsa ham emas 
edilar. Ul shu vaqt to‘sindan kitobni yopdi-da, ayvong‘a quloq soldi. Chunki hozirgina 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 
 
 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin