Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə143/261
tarix29.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#48641
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   261
utgan kunlar ziyouz com 68ccf

www.ziyouz.com kutubxonasi 
122
munchalik an-duhlar ham yo‘q edi. Shuning uchun siz tangridan so‘rangkim, tezroq men 
mash’umani mahv etib, sizga uch-to‘rt kun tinchlik bersin, onajon! Sizni bu holda 
ko‘rishka va o‘z tilagim yo‘lida sizni qurbon etishka ortiq toqatim bitdi. Tashlandiq bu 
qizingiz, qo‘lma-qo‘l yurg‘uchi bu o‘yinchiq qizingiz kimu, sizdek bir mehribon onani qon 
yig‘latish kim? Yig‘lamangiz, ona. Sizning to‘kib kelgan ko‘z yoshlaringizning bir tom-
chisig‘a ham bu tashlandiq qizingiz arzimas, siz otamg‘a maning rizolig‘imni 
tashvishlanmay bildiraveringiz. Ul ham kishilar oldida bu baxtsiz qizining ta’nasiga 
qolmasin. Siz manim yuzimga ezilib qaramangiz, o‘ylamay-netmay rizolig‘imni 
bildiraveringiz! — dedi va yuziga to‘zg‘ib tushkan sochini to‘g‘rilab olg‘ach, davom 
etdi:— Agar siz menga ortiq achinsangiz, rizolig‘imning bir sharti qilib to‘yni kelasi kuzga 
bo‘lishini aytib o‘tingiz, agarda otam baxtsiz qizining bu tilagini qabul etsa-etsun, 
bo‘lmasa manim bu tilagim ham sizning bir tomchi ko‘z yoshingizga arzimas, onajon, 
sizning shodlig‘ingiz yo‘lida har bir og‘irliqlarg‘a bu baxti qaro qizingiz rozidir, onajon! 
Oftob oyim Kumushning bu so‘zlariga to‘zib turolmay, qizini bag‘rig‘a bosib 
quchoqladi, ona-bola tag‘in shiddatlik ravishda ko‘z yoshig‘a ko‘mildilar... 
*  *  * 
Oftob oyimning qat’iy isroriga binoan qutidor ham qizining shartini qabul etkan. 
Qudalar ham kelasi kuzgacha kutishka rozi bo‘lg‘an edilar. Demak, kelasi kuzga qutidor 
Salim sharbatdor kabi bir kishiga qudalashib olg‘anidek, Kumushbibi ham Otabek o‘rniga 
Komilbekni almashdirar edi. 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin