Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə181/261
tarix29.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#48641
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   261
utgan kunlar ziyouz com 68ccf

www.ziyouz.com kutubxonasi 
154
Qutidor uyalish va o‘kinish orasida: 
— Jaholat kelsa, aql qochadir, qizim, — deb qo‘ydi. 
Oftob oyim bilan qutidor Homidning iblisona ishla-riga «tavba-tavba» deb muqobala 
qilsalar ham, ammo Otabekning favqulodda yurakini so‘z orasida «baraka topkur, 
umring uzoq bo‘lg‘ur» bilan qarshi olar edilar. Kumushbibi esa butunlay boshqa 
qayg‘uda edi. Eru xotinning so‘zlari Otabekning Toshkandga ketib qolishi to‘g‘risig‘a kelib 
taqaldi-da, Oftob oyim Kumushdan so‘radi: 
— Senga kelishidan aytkanmi? 
Kumushbibi siltalash nazari bilan ularga qaradi va keskin ohangda javob berdi. 
— Aytmagan! 
Eru xotin ma’nolik qilib bir-birlariga qarashib olg‘ach, orada uzoqqina sukut boshlandi. 
Kumush quti-dorg‘a savol nazari bilan bir-ikki qayta qarab ham qo‘ydi. 
— Kelib qolsa yaxshi, — dedi nihoyat qutidor, — kelmasa, Toshkandga o‘zimiz 
tushamiz-da, — deb xo-tinig‘a qaradi. 
Bu so‘z Oftob oyimg‘a yoqmag‘anliqdan yuzini chetka burdi. Ammo Kumush otasidan 
rozi qolib, onasig‘a qaradi. 
— Qizing har qaysi yerda bo‘lsa ham sog‘ bo‘lsin, — dedi xotinig‘a qutidor. — Eriga 
topshirib, sen bilan manim tinchkina duo qilib o‘lturganimiz ma’qul o‘x-shaydir. 
— Endi qizingizning bir kami kundash balosi edimi?— dedi sapchib Oftob oyim. 
Qutidor xotinig‘a kulib qaradi: 
— Eri yaxshi bo‘lsa, kundash balosi nima degan gap? 
— Eri ming yaxshi bo‘lsin, baribir kundash kundashligini qila beradir. Mashoyixlar 
bilmasdan «kundash» demaganlar. 
Qutidor qizig‘a qarab kuldi va xotinini yupatdi: 
— Hamma vaqtga emas, qo‘rqma. 
— Menga qolsa bir kunni ham ko‘b ko‘raman, kundash bilan kechirilgan kun — kunmi? 
— Kuyavingning shuncha qilg‘an jonbozlig‘ini unutdingmi? 
— Nega unutay, — dedi Oftob oyim. — Kelsin. Mana bosh usti, bolam bir emas ikki. 
Uldurki, qizimni kundash ustiga yuborishg‘a tish-tirnog‘im bilan qarshiman. 
— Besh-olti kunga ham-a? 
— Necha kunga? 
— Menga qolsa bitta-ikkita bolaliq bo‘lg‘uncha tur-sin, deyar edim. Sen bunga 
ko‘nmasang, bir-ikki oy turib kelsin, loaqal. Bir yigit qizingni deb ikki yillab sarson 
bo‘lg‘anda qizingni ikki oylik kundash azobidan hayf ko‘rish juda uyat, axir! 
Qutidor «bitta-ikkita bolaliq» so‘zini aytkanda Kumush qizarinib yerga qarag‘an edi. 
Oftob oyim eri-ning keyingi so‘zi bilan anchagina bo‘shashdi: 
— Bir oydan ortiqqa men rozi emasman, shunda ham kuyavimning yaxshilig‘i uchun, 
— dedi. 
— Ana endi o‘zingga kelding, xotin. 
— O‘zimga kelsam-kelmasam shartim haligi, shunda ham o‘zim birga borib kelaman. 
— Albatta, o‘zing birga borasan, qudalaring bilan tanishmog‘ing ham zarur. 
— Qachon yubormoqchi bo‘lasiz endi? — deb so‘radi Oftob oyim. Qutidor bir oz o‘ylab 
olg‘ach, Kumushka qarab javob berdi: 
— Otabek bilan ketma-ket chopishmog‘imiz ham uncha ma’qul ko‘rinmaydir. Undan 
so‘ng qish kuni arava safari ham qulay ish emas. Shuning uchun oradag‘i uch oy qishni 
o‘tkazib jo‘narmiz, — dedi. Kumushning uch oy muddatni eshitgach, juda ham hurpayib 
ketkani uchun bo‘lsa kerak, — balki o‘zi ham birar oylarda kelib qolar, — degan so‘zni-da 
qo‘shib qo‘ydi. 
 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 
 
 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin