Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/261
tarix29.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#48641
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   261
utgan kunlar ziyouz com 68ccf

2. UNUTMAYSIZMI?.. 
Uning bu galgi Marg‘ilon yo‘liga qo‘zg‘alishi ortiqcha bir og‘irliq bilan, ikkilanish bilan 
o‘ralg‘an edi. Kumushbibi uchun dunyoga sig‘masliq bir shodliqning, ko‘rguchi ko‘zlariga 
ishona olmasliq bir baxtning bu gal ko‘tarib bo‘lmayturg‘an bir qayg‘u, chidab 
bo‘lmayturg‘an bir hasrat bo‘lib borishini ul yaxshi tushunar edi. Har bir gal Marg‘ilon 
borg‘anida olib boraturg‘an nafis sovg‘alari bu gal juda zaharlik, ortiqcha alamlik bir 
sovg‘ag‘a aylangan, Kumushbibi bu sovuq kundash sov-g‘asini ko‘rganda ehtimol... 
nimalar bo‘lar va qandog‘ hollarga tushar edi. Bu mudhish sovg‘ani ehtimolki, uning ota-
onalari ham qabul qilmaslar: birdan-bir yolg‘iz qizlari uchun bunday gapning 
yarashmasini aytib: «Sovg‘ang ham kerak emas, o‘zing ham» degan javob bilan yuziga 
ham urarlar. Mana, uning bu galgi og‘ir harakati va qo‘zg‘alishig‘a nimalar sabab edi. 
Bu og‘riqqa orzu egalarining qistoqlari nihoyat berdi. Ya’ni chor-nochor bu tuturiqsiz 
sovg‘ani ko‘tarib yo‘lg‘a tushishka majbur bo‘ldi. 
Otning boshini o‘z ixtiyoriga qo‘yg‘an, ilgarigidek yurak oshiqishlari ichida otni tez 
yurishka qistamay suvga tushkan nondek bo‘kib-bo‘shashib, yuz xil sovuq, yaramas 
xayollar qo‘lida ezilib, o‘zining dunyoda bormi-yo‘qmilig‘ig‘a ham tushunmay keta 
beradir. 
Hozir ko‘klam kunlari: qirlar, tog‘lar, soylar; ko‘k-qizil, oq-qora, sariq-zangor, pushti-
go‘las va tag‘in allaqancha ranglik chechaklar bilan ustlarini bejab, qishi bilan to‘nggib 
arang yetishkan oshiqlarig‘a yangi hayot, yangi umid beradilar. Qish bo‘yi alla qaysi go‘r 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 
 
 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin